AVTOMOBIL GENERATORINING KUCHLANISHINI




Download 0,73 Mb.
bet4/14
Sana20.02.2024
Hajmi0,73 Mb.
#159601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-Maruza (1)

AVTOMOBIL GENERATORINING KUCHLANISHINI
AVTOMATIK ROSTLASH


1.3.1. Generator kuchlanishini rostlash asoslari

Avtomobil generatori o‘ziga xos sharoitlarda ishlaydi. U harakatni tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan olganligi sababli, rotorining aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqargan kuchlanishi ham nisbatan keng doirada o‘zgarib turadi. Generatorning yuklamasi unga ulanayotgan iste’molchilar soni va ularning quvvatiga qarab o‘zgarib turadi. Yuklama tokining o‘zgarishi ham generatorning kuchlanishiga ta’sir ko‘rsatadi (1.9-rasmga qarang). Avtomobilga o‘rnatilgan elektr toki iste’molchilari kuchlanishning ma’lum belgilangan (12 yoki 24 V), o‘zgarmas qiymatida ishlashga mo‘ljallangan. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, generator ishlab chiqqan kuchlanishni rostlab, uni belgilangan darajada o‘zgarmas holda saqlash zarurati tug‘iladi. Bu vazifani kuchlanish rostlagichlari bajaradi. Ishlash prinsipiga ko‘ra rostlagichlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: kontaktli (vibrasiyali), kontakt-tranzistorli , kontaktsiz-tranzistorli va integral.


Generator kuchlanishini rostlashning asosiy prinsipi quyidagidan iborat. Ichki qismiga to‘g‘rilagich bloki o‘rnatilgan o‘zgaruvchan tok generatorining qisqichlaridagi kuchlanishni quyidagi bog‘lanish orqali ifodalash mumkin:


UG= EG- UO- ZIG= cnF - UO- ZIG . (1.10)
Bunda EG = cnF - generatorning EYUK, c- generatorning tuzilishiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas koeffisient, n - rotorning aylanish chastotasi, F - magnit oqimi, UO - to‘g‘rilagich blokida kuchlanishning pasayishi, Z - stator chulg‘amlarining to‘la qarshiligi, IG - to‘g‘rilangan tokning o‘rtacha qiymati.

Rotorda vujudga keladigan magnit oqimi F ning qiymati quyidagicha




F = IU ( a + b IU ) .

Bunda IU - uyg‘otish toki, a va b - generatorning tuzilishi va ishlatilgan materiallarning magnit xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas koefisientlar.


Magnit oqimining bu ifodasini (1.10) ga qo‘ysak hamda to‘g‘rilagich blokidagi va stator chulg‘amlaridagi kuchlanish pasayishini hisobga olmasak,


UG  c n IU ( a + bIU) . (1.11)


Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki, generator rotorining aylanishlar chastotasini va yuklama o‘zgarganda generator kuchlanishini belgilangan darajada saqlab turish uchun faqat uyg‘otish toki IU qiymatini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. Rotorning aylanish chastotasi ortishi bilan uyg‘otish tokini kamaytirish va yuklama toki ko‘payishi bilan uyg‘otish tokini ham oshirish zarur.
Generator qurilmaning kuchlanishini rostlashning funksional sxemasi (1.22-rasm) kuchlanish rostlagichi 1 va generator 2 dan iborat. Rostlagich esa, o‘z navbatida, taqqoslash 3, rostlash 4 va o‘lchov 5 elementlaridan tarkib topgan. O‘lchov elementi 5 generator kuchlanishini qabul qilib oladi va uni Uo‘lch. signaliga aylantiradi. Uo‘lch signali solishtirish elementi 3 da uning belgilangan etalon qiymati UE bilan taqqoslanadi. Ular orasidagi farq generator kuchlanishi - UG bilan belgilangan rostlanish kuchlanishi UR orasidagi farqga proporsionaldir. Agar UE bilan Uo‘lch orasida farq bo‘lsa, taqqoslovchi element 3 da UO signal hosil bo‘ladi. Bu signal rostlash elementi 4 ga keladi va natijada u uyg‘otish toki qiymatini, va demak, generator kuchlanishi UG ni UO signal nolga, ya’ni Uo‘lch signal UE ga, UG esa UR ga teng bo‘lguncha o‘zgartiradi.
Amaliy rostlagichlarda etalon signal sifatida kuchlanish bilan bir qatorda o‘zining qiymatini yetarli darajada barqaror saqlab turadigan fizik kattalik, masalan prujinani tortish kuchi ishlatilishi mumkin.



Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AVTOMOBIL GENERATORINING KUCHLANISHINI

Download 0,73 Mb.