|
Rostlagich qo‘yidagicha ishlaydi
|
bet | 14/14 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #159601 |
Bog'liq 3-Maruza (1)Rostlagich qo‘yidagicha ishlaydi: generator kuchlanishi kirish bo‘lgichi A1 orqali integrator-kuchaytirich A3 ga uzatiladi va A5 dan kelayotgan tayanch kuchlanish bilan taqqoslanadi. Agar generator kuchlanishi nominal qiymat darajasida bo‘lsa, sxema bistabil trigger A6 va chiqish kuchaytirgichi A7 orqali chiqish tranzistorini ochiq va yopiq xolati bir xil vaqtga teng bo‘lishini ta’minlovchi signal uzatadi. Generator kuchlanishi nominal kuchlanishdan qanchalik katta yoki kichik bo‘lsa, integrator kondensatorining zaryad-razryad bo‘lish vaqti ham shunchalik katta yoki kichik bo‘ladi. Kondensatordagi kuchlanishga ko‘ra bistabil trigger A6 chiqish kuchaytirgichi A7 orqali chiqish tranzistori VT1 uzoqroq ochiq yoki yopiq holda bo‘lishiga majbur qiladi. Teskari aloqa komparatori A4 integrator A3 ga qo‘shimcha kuchlanish uzatish hisobiga sxemani ishlashini tezlatadi.
Shunday qilib, rostlagich uyg‘otish zanjiridagi jarayonlarini 460 Gs – 2,5 kGs doirasidagi chastota bilan amalga oshirilishini ta’minlaydi. Kuchlanishni belgilangan qiymat darajasida ushlab turish esa an’anaviy rostlagichlardagi kabi uyg‘otish toki qiymatini o‘zgartirilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Nazorat savollari:
Avtomobil va traktorlarning elektr ta’minot tizimi qanday qismlardan iborat?
O‘zgarmas tok generatorining asosiy kamchiliklarini keltiring
O‘zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi va ishlashini tushintiring
O‘zgaruvchan tok generatorlarida qaysi turdagi to‘g‘rilagichlar ishlatiladi va ular qanday ishlaydi?
O‘zgaruvchan tok generatorlarining elektr tavsifnomalarini qisqacha taxlil qilib bering.
Kontaktsiz generatorlarning turlari va ularni tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini tushuntiring
Generator kuchlanishini rostlash zarurati va uning asosiy tamoili
Elektromagnit kuchlanish rostlagichini tuzilishi va ishlashini tushuntiring
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarining asosiy tenglamasini taxlil qilib bering
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarning ish jarayonini tushuntiring
Elektromagnit kuchlanish rostlagichining tavsifnomasini yaxshilashning qanday usullari mavjud?
Elektromagnit kuchlanish rostlagichning tezlatuvchi qarshilikli sxemasini ishlashini tushuntiring
Elektromagnit kuchlanish rostlagich kontaktlari orasidagi uchqun quvvati qaysi omillarga bog‘liq va uni kamaytirishni qanday yo‘llari mavjud?
Ikki bosqichli kuchlanish rostlagichining ishlashini tushuntiring(RR-380 misolida)
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarida termokompensatsiya zarurati va uni amalga oshirish usullarini tushuntiring.
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarining kamchiliklari va elektron rost-lagichlarining afzalliklarini taxlil qilib bering.
Kontakt-tranzistorli rostlagichning ishlash printsipini tushuntiring
Kontaktsiz-tranzistorli rostlagichning ishlash printsipini tushuntiring
Integral rostlagichlarning konstruktsiyasining o‘ziga xos tomonlari va ishlash printsipini tushuntiring
|
| |