|
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlari
|
bet | 10/14 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #159601 |
Bog'liq 3-Maruza (1)1.3.5. Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlari
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichining umumiy sxemasi 1.29-rasmda keltirilgan. Rostlagich chulg‘ami - RCh generatorning to‘la kuchlanishiga ulangan. Tranzistor VT1 ning emitteri E musbat potensialga ega. Tranzistorning bazasi B ga Rb qarshilik orqali manfiy potensial uzatiladi. Kuchlanish rostlagichi KR ning kontaktlari tutashganda, tranzistorning bazasiga musbat potensial uzatiladi. Generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCh tok manbaiga tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi orqali ulangan.
Rostlagich quyidagicha ishlaydi . Generator kuchlanishi rostlanadigan kuchlanishdan kichik bo‘lganda, rostlagich kontaktlari prujinaning tortish kuchi hisobiga uzilgan holda bo‘ladi. Tranzistorning bazasi manfiy potensialga ega bo‘ladi va emitter-baza o‘tish joyi orqali boshqarish (baza) toki o‘tadi. Tranzistor VT1 ochiladi va uning emitter-kollektor o‘tish joyidan generatorning uyg‘otish chulg‘ami UCh ga akkumulatordan yoki to‘g‘rilagichdan tok o‘tadi.
Generatorning kuchlanishi belgilangan rostlash qiymatiga yetganda, rostlagich o‘zagidagi elektromagnit maydonning tortish kuchi hisobiga kontaktlar tutashadi va tranzistorning bazasiga musbat potensial uzatiladi. Natijada tranzistor cho‘rt bekilish holatida, ya’ni juda keskin yopiladi. Tranzistor yopiq holda bo‘lganda uyg‘otish toki zanjiriga qo‘shimcha qarshilik Rq ulana nadi va natijada, uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok qiymati kamayadi, generator kuchlanishi pasayadi. Rostlagich kontaktlari yana uziladi, tranzistor ochiladi va tok uyg‘otish chulg‘amiga tranzistorning qarshiligi keskin kamaygan emitter-kollektor o‘tish joyi orqali uzatiladi. Generator kuchlanishi yana orta boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda davom etadi va generatorning kuchlanishi belgilangan qiymat darajasida ushlab turiladi.
Kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlarning amalda eng keng tarqalgani GAZ-53A, GAZ-5204, Moskvich-412" avtomobillariga o‘rnatilgan RR-362 belgili rostlagichdir.
|
| |