• Rostlagich kontaktlarida uchqun chiqishni kamaytirish
  • Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash




    Download 0,73 Mb.
    bet7/14
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #159601
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    3-Maruza (1)

    1.3.3. Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash


    Rostlagich yakorchasining tebranish chastotasini orttirish . Yuqorida ko‘rsatilganidek, rostlangan kuchlanishning tebranishi tok iste’molchilariga sezilmasligi uchun rostlagich yakorchasining tebranish chastotasi 30 Gs dan kam bo‘lmasligi kerak. Yakorchaning tebranish chastotasini orttirish uchun avvalo, uning mexanik inersiyasi kamaytiriladi. Buning uchun u mumkin qadar yupqa va engil qilinadi va unga uchburchak yoki yarim doira shakli berilib, og‘irlik markazi aylanish o‘qiga yaqinlashtiriladi.
    Ammo yakorchaning mexanik inersiyasini kamaytirish hisobiga tebranish chastotasini orttirish, quvvati uncha katta bo‘lmagan ( 100 Vt gacha) generatorlardagina samara beradi. Generatorning quvvati ortishi bilan uning o‘zaklaridagi magnit oqimi va uyg‘otish chulg‘amidagi induktivlik ham ortadi va natijada, rostlagich o‘zagining magnit inersiyasi kuchayishi hisobiga kuchlanishning o‘sish va pasayish jarayonlari sekinlashadi.
    Rostlagichning magnit inersiyasini kamaytirish uchun kontaktlar tutash holda uning o‘zagini sun’iy ravishda magnitlash va kontaktlar uzilganda esa magnitsizlash zarur. Buni amalga oshirish uchun rostlagich o‘zagiga maxsus tezlatuvchi chulg‘am o‘raladi yoki rostlagich chulg‘ami zanjiriga tezlatuvchi qarshilik ulanadi.
    Hozirgi vaqtda, ishlatishga qulay bo‘lgan, rostlagichning tezlatuvchi qarshilik ulangan sxemasi kengroq tatbiq topgan (1.27-rasm). Bu sxemada rostlagich chulg‘ami (RCh) generator bilan qo‘shimcha qarshilik Rq ga ketma-ket ulangan tezlatuvchi qarshilik Rt orqali bog‘langan. Yakorchani tebranish chastotasini tezlatish quyidagicha amalga oshiriladi:

    • K
      ontaktlar tutash bo‘lganda, rostlagich chulg‘ami RCh ga uzatilayotgan kuchlanish generatorning kuchlanish qiymatiga deyarli teng bo‘ladi, chunki tezlatuvchi qarshilik Rt orqali o‘tayotgan rostlagich chulg‘amining toki iCH ning qiymati juda kichik va Rt da (ya’ni "a" nuqtada) kuchlanishning pasayishi hisobga olmasa ham bo‘ladigan darajada kam bo‘ladi



    URCh = UG – ich  Rt  UG .



    • Kontaktlar uzilganda tezlatuvchi qarshilik orqali ich bilan birgalikda qiymati nisbatan katta bo‘lgan uyg‘otish toki IU ham o‘ta boshlaydi, natijada "a" nuqtada kuch-lanishning pasayishi ancha sezilarli bo‘ladi va rostlagich chulg‘amiga uzatilayotgan kuchlanish ham keskin kamayadi



    URCh = UG - ( ich + IU ) Rt .,

    Kontaktlar uzilgandan so‘ng, rostlagich chulg‘amidagi kuchlanishning bunday pasayib ketishi, undagi tokni ham, demak rostlagich o‘zagidagi magnit oqimini ham keskin kamayishiga va kontaktlarning tezlik bilan yana tutashishiga olib keladi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi va rostlagich yakorchasining tebranish chastotasi sezilarli darajada (150-250 Gs gacha) ortadi.


    Tezlatuvchi moslamalar qo‘llanilgan rostlagichlarning salbiy tomoni shundan iboratki, rotorning aylanish chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi ham sekin asta o‘sib boradi. Bu kamchilik rostlagich sxemasiga baravarlashtiruvchi chulg‘am yoki baravarlashtiruvchi qarshilik ulash yo‘li bilan bartaraf qilinadi.
    Rostlagich kontaktlarida uchqun chiqishni kamaytirish . Rostlagich kontaktlari uzilganda uyg‘otish toki o‘z qiymatini darhol o‘zgartira olmaydi va kontaktlar uzilgan birinchi daqiqalarda o‘zining oldingi qiymati IU ni saqlab qoladi. Bu tok qo‘shimcha qarshilik orqali tutashib, unda kuchlanish pasayishi sodir bo‘ladi va u kontaktlar orasidagi kuchlanish UK ga teng bo‘ladi:


    UK = IU Rq (1.16)

    Uyg‘otish tokining va uyg‘otish zanjiridagi qarshilik qiymatining ortishi, kontaktlar orasidagi kuchlanish ortishiga va demak, ularda hosil bo‘layotgan uchqunning kuchayishiga olib keladi. Bu uchqun ta’sirida kontaktlarning oksidlanish va yemirilish jarayoni tezlashadi, natijada rostlagichning va umuman generator qurilmasining ishonchlilik darajasi keskin pasayadi.


    Kontaktlar orasida hosil bo‘ladigan uchqunning yemirish xususiyati, kontaktlar uzilishi oldidan ulardan o‘tgan uyg‘otish toki IU ni kontaktlar uzilgandan keyin ular orasida mavjud bo‘ladigan kuchlanish UK ning ko‘paytmasiga teng bo‘lgan uzilish quvvati PK bilan belgilanadi


    PK = UK Iu
    (1.16) ni hisobga olsak


    PK = UK Iu = (1.17)

    Kontaktlar ishonchli ishlashi uchun uzilish quvvati 150-200 VA dan ortmasligi kerak.


    Avtomobildagi elektr toki iste’molchilarinining tobora ko‘payib borishi, generator quvvatini oshirishni taqozo qiladi. Rostlagichlardagi qo‘shimcha qarshilik qiymatini kamaytirib bo‘lmaydi, chunki u kuchlanishni rostlash mumkin bo‘lgan maksimal aylanish chastotasining chegarasini belgilaydi. Uyg‘otish tokining qiymatini kamaytirish generator o‘lchamlarini va massasini ortishiga olib keladi.
    Bu muammoni hal qilish uchun, generatorning uyg‘otish chulg‘ami ikki parallel tarmoqqa bo‘linadi yoki ikki bosqichli rostlagichlar qo‘llaniladi. Misol tariqasida VAZ-2101, 2103, 2106 avtomobillarida tatbiq qilingan va G221 generatori bilan birga ishlaydigan RR380 belgili ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichini keltirish mumkin (1.28-rasm).
    Rostlagich «U» simon yarmo, o‘zak, termobimetall plastinaga joylashtirilgan yakorcha va prujina 1 dan iborat. Rostlagich ikki juft kumush kontaktlar K1 va K2 ga ega.
    Birinchi juft kontaktlar K1 ustuncha 3 ga o‘rnatilgan ustki qo‘zg‘almas kontaktdan va yakorchaning ustki tomonidagi qo‘zg‘aluvchan kontaktdan iborat. Rostlagich ishlamayotganda prujina birinchi bosqich kontaktlari K1 ni tutashib turishini ta’minlaydi. Ikkinchi juft kontaktlar K2 yakorchani pastki tomonidagi qo‘zg‘aluvchi kontaktdan va ustuncha 4 ga o‘rnatilgan pastki qo‘zg‘almas kontaktdan iborat. Rostlagich ishlamaganda, ikkinchi bosqich kontaktlari K2 uzilgan holda bo‘ladi.
    Birinchi juft kontaktlar K1 ning ustki qo‘zg‘al-mas kontakti rostlagichning (15) belgili qisqichiga ulangan. Har ikkala qo‘zg‘aluvchi kontaktlar yakorcha va yarmo orqali rostlagichning (67) belgili qisqichiga ulangan. Ikkinchi juft kontaktlar K2 ning pastki qo‘zg‘almas kontakti "massa" ga ulangan. Rostlagichning (15) va (67) belgili qisqichlari orasiga, birinchi juft kontaktlar K1 ga parallel ravishda drossel Dr va qo‘shimcha qarshilik Rq dan iborat elektr zanjir ulangan. Drossel, po‘lat o‘zakga sirlan gan mis simdan o‘ralgan g‘altak bo‘lib, ancha katta induktivlikga ega. Rostlagich, asos 1 ga izolyatsiya qistirmasi 2 orqali o‘rnatilgan.

    Download 0,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash

    Download 0,73 Mb.