|
Kontaktsiz (cho‘tkasiz) o‘zgaruvchan tok generatorlari
|
bet | 3/14 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #159601 |
Bog'liq 3-Maruza (1)Ishchi tavsifnomasi, deb generator salt yoki har xil qiymatdagi yuklamalar bilan ishlaganda uning kuchlanishi Ug ni aylanishlar chastotasi n ga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Ug = f(n). Generatorning ishchi tavsifnomalaridan ko‘rinib turibdiki (1.12-rasm), yuklama tokining qiymatidan qat’iy nazar, rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi o‘sib boradi va uning qiymati tok iste’mol-chilari uchun xavfli bo‘lgan darajagacha ko‘tarilishi mumkin. ( Masalan, 12V li avtomobil tok tarmog‘i uchun - 28...30 V gacha). Bundan tashqari, generator harakatni dvigatelning tirsakli validan olganligi uchun, uning aylanishlar chastotasi juda katta chegarada o‘zgarib turadi. Shuning uchun, avtomobil generatori beradigan kuch-lanishni avtomatik ravishda rostlab turish zarur. I shchi tavsifnomalaridan generatorning unum va to‘la unum bilan ishlash nuqtalari aniqlanadi.
Unum bilan ishlash nuqtasi deb generator salt ishlaganda, nominal kuchlanishli tok ishlab chiqish uchun rotorning zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasi n0 ga aytiladi va u Iyu = 0 bo‘lgandagi ishchi tavsifnoma nominal kuchlanish UN chizig‘ini kesib o‘tgan nuqta 0 bilan belgilanadi (1.12- rasm).
To‘la unum bilan ishlash nuqtasi deb generator nominal yuklama toki bilan ishlaganida nominal kuchlanish ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasi nN ga aytiladi va u IYU = IN bo‘lgandagi ishchi tavsifnoma nominal kuchlanish UN chizig‘ini kesib o‘tgan nuqta N bilan belgilanadi (1.12-rasm).
Ishchi tavsifnomalarning tahlilidan yana bir muhim amaliy xulosa chiqarish mumkin - generatorning yuklama toki ortishi bilan nominal kuchlanish ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasi ham oshib boradi.
Unum bilan ishlash n0 va to‘la unum bilan ishlash nN nuqtalari generatorning texnik holatini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlar bo‘lib, generatorlarning texnik tavsifnomalarida keltiriladi.
|
| |