• Tashqi tavsifnoma
  • Tezlik-rostlash tavsifnomasi
  • O‘zgaruvchan tok generatorlarining elektr tavsifnomalari




    Download 0,73 Mb.
    bet2/14
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #159601
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    3-Maruza (1)
    11, ijtimoiy pedagogika
    O‘zgaruvchan tok generatorlarining elektr tavsifnomalari


    O‘zgaruvchan tok generatorlarining ishlash samarasi asosan salt ishlash, tashqi, tok-tezlik, tezlik-rostlash va ishchi tavsifnomalari bilan belgilanadi.
    Salt ishlash tavsifnomasi  deb n = const va IYU = 0 bo‘lgan holda generator ishlab chiqqan EYUK E ni uyg‘otish toki IU ga bog‘liqligiga aytiladi. Salt ishlash tavsifnomasi (1.8 - rasm) bo‘yicha generator rejadagi kuchlanishga erishishi uchun rotorning zaruriy aylanishlar chastotasi aniqlanadi. Amalda salt ishlash tavsifnomasi fazaviy EYUK qiymati (Ef=4,44kchfF) orqali hisoblanadi.
    Tashqi tavsifnoma  deb n = const, Ru=const bo‘lganda generator kuchlanishini yuklama tokiga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Ug = f(Iyu ). Generatorning yuklama toki ortishi bilan kulanishni kamayishi quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: stator chulg‘amlarining aktiv va induktiv qarshiliklaridagi kuchlanishni pasayishi, yakor reaksiyasi natijasida yuzaga keladigan magnit oqimning magnitsizlantiruvchi ta’siri hamda to‘g‘rilagich zanjiridagi kulanishni pasayishi hisobiga. Tashqi tavsifnoma, generator o‘z-o‘zini uyg‘otish (1.9-a rasm) va tashqaridan uyg‘otilish (1.9-b rasm) hollarida olinishi mumkin.

    Tezlik-rostlash tavsifnomasi deb, Ug=const bo‘lganda uyg‘otish tokining aylanishlar chastotasiga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Iu=f(n). Tezlik-rostlash tavsifnomasi odatda yuklama tokining bir qator qiymatlarida aniqlanadi (1.10-rasm).Uyg‘otish tokining minimal qiymati yuklama toki nolga teng bo‘lganda va maksimal aylanishlar chastotasida aniqlanadi.Tezlik-rostlash tavsifnomasi Ug=const bo‘lganda, yuklama tokining qiymati o‘zgarganda, uyg‘otish tokining o‘zgarish doirasini aniqlash imkonini beradi.
    Tok-tezlik tavsifnomasi  deb Ug = const, Iu= const bo‘lganda, generator yuklama tokining rotor aylanishlar chastotasiga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Iyu=f(n) (1.11-rasm). Tok-tezlik tavsifnomasi generatorlarni loyihalashda va tanlashda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon avtomobil generatorlarining barchasi yuklama tokining maksimal qiymatini cheklash xususiyatiga ega. Bu xususiyat generator rotorining aylanishlar chastotasi ya’ni, stator chulg‘amlarida induksiyalangan o‘zgaruvchan tok chastotasi ortishi bilan stator chulg‘amlarining induktiv qarshiligini faza chulg‘amlaridagi o‘ramlar soni kvadratiga proporsional ravishda o‘sishi bilan bog‘liq. Stator chulg‘amlaridagi o‘ramlar sonini o‘zgartirib, ularni shunday tarzda tanlash mumkinki, bunda maksimal aylanishlar chastotasida ham yuklama tokining eng katta qiymati generator uchun belgilangan maksimal miqdordan oshmaydi. Shuning uchun, bu xususiyatga ega bo‘lgan generatorlarga tok cheklash relesini o‘rnatish zarurati yo‘qoladi.
    Ishlayotgan generatorga yuklama berilsa, ya’ni u tashqi iste’molchilarga ulansa, stator chulg‘amlaridan I tok o‘tadi
    , ( 1.7 )

    Bunda Ra - stator chulg‘amlarining aktiv qarshiligi, RYU - yuklama qarshiligi, XL - induktiv qarshilik, E - stator chulg‘amlarida hosil bo‘lgan EYUK.


    f = pn/60 ni hisobga olgan holda, induktiv qarshilik RL ni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin



    O‘zgarmas kattaliklarni orqali belgilasak
    ,

    Endi, hisobga olinsa, (1.7) quyidagi ko‘rinishga keladi


    , (1.8)

    Aylanishlar chastotasi past bo‘lganda qarshilikning induktiv qismi (Sxn)2 aktiv qismi (Ra + Ryu)2 ga nisbatan juda kichik va uni hisobga olmasa bo‘ladi



    Bu ifodadan ko‘rinib turibdiki aylanishlar chastotasi past bo‘lganda, tok aylanishlar chastotasiga proporsional ravishda o‘sadi (1.11-rasmning boshlang‘ich qismi).
    Aylanishlar chastotasi ortishi bilan qarshilikning induktiv qismi tez o‘sadi va aksincha qarshilikning aktiv qismi hisobga olmaslik darajagacha keskin kamayadi. Bu holda


    ,
    Demak, rotorning aylanishlar chastotasi katta bo‘lganda, tokning qiymati generator chulg‘amlarining ko‘rsatkichlari va magnit oqimining kattaligi bilan belgilanib, aylanishlar chastotasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
    O‘zgaruvchan tok generatorlarining tok-tezlik tavsifnomasini yetarli darajada aniqlik bilan (n ns bo‘lganda) quyidagi ifoda yordamida hisoblash mumkin
    (1.9)

    Bu yerda ns - generator salt ishlagandagi aylanishlar chastotasi; Iyumax generator uchun belgilangan maksimal yuklama toki.
    Yuklama tokini cheklash xususiyatiga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlar uchun nominal quvvat degan tushuncha o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shuning uchun, generatorning asosiy ko‘rsatkichlari R/n nisbatning (bunda R -generator quvvati ) maksimal qiymatiga qarab belgilanadi. Demak, R/n = f (n) egri chiziqning eng katta qiymatiga to‘g‘ri keladigan tok IN va aylanishlar chastotasi nN shu generator uchun nominal hisoblanadi (1.11-rasm). Iyu = f(n) tavsifnomada generatorning nominal rejimiga to‘g‘ri keladigan nuqtani R/n = f(n) egri chiziqsiz ham aniqlash mumkin. Buning uchun koordinata boshidan Iyu = f(n) egri chizig‘iga urinma o‘tkaziladi va urinish nuqtasi IN va nN ning qiymatlarini belgilaydi.



    Download 0,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zgaruvchan tok generatorlarining elektr tavsifnomalari

    Download 0,73 Mb.