• Termokompensatsiya .
  • Rostlagich quyidagicha ishlaydi




    Download 0,73 Mb.
    bet8/14
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,73 Mb.
    #159601
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    3-Maruza (1)

    Rostlagich quyidagicha ishlaydi . O‘t oldirish kaliti O‘OK ulanganda uyg‘otish toki quyidagi zanjir bo‘yicha o‘tadi: generatorning musbat qisqichi (+) - O‘OK – rostlagichning (15) belgili qisqichi - drossel (Dr) ning o‘zagi - birinchi bosqich kontaktlari K1 - yakorcha 2 - yarmo - rostlagichning va genera-torning (67) belgili qisqichi - uyg‘otish chulg‘ami (UCh) - qobiq - generatorning manfiy qisqichi (-).
    Generator kuchlanishi belgilangan rostlanish qiymatiga yetganda, rostlagich chulg‘ami RCh o‘zagida hosil bo‘lgan magnit maydonning tortish kuchi prujinaning tortish kuchini yengib, K1 kontakt larni uzadi. Kontaktlar uzilganda , uyg‘otish toki K1 kontaktlarga parallel ulangan drossel Dr chulg‘ami va qo‘shimcha qarshilik Rq orqali o‘tishga majbur bo‘ladi va uning qiymati keskin kamayadi. Uyg‘otish tokining kamayishi generator kuchlanishi, demak, rostlagich chulg‘amiga uzatilayotgan kuchlanishning pasayishiga olib keladi. Natijada, rostlagich o‘zagidagi magnit maydon kuchsizlanadi va K1 kontaktlar prujinani tortish kuchi ta’sirida yana tutashadi, generatorning kuchlanishi esa o‘sa boshlaydi. Bu jarayon uzluk siz davom etadi. Xullas, birinchi bosqichda ikki bosqichli rostlagich oddiy bir juft kontaktli rostlagich kabi ishlaydi. Birinchi bosqich kontaktlari K1 ning ishlash chegarasi generatorning aylanishlar chastotasi doirasining taxminan yarmini egallaydi (1.28-rasm). Rotorning aylanishlar chastotasi bundan keyin yanada ortib, ma’lum qiymatga etganda (masalan no‘rt ) uyg‘otish zanjiridagi qo‘shimcha qarshilik Rq ning qiymati uyg‘otish tokini pasaytirishga yetmay qoladi. Chunki, kontaktlar orasidagi uchqun kuchini kamaytirish maqsadida (1.17 ifodaga qarang) uyg‘otish zanjiriga ataylab qiymati 10-1
    5 marta kamaytirilgan qarshilik ulanadi.
    Natijada rotorning aylanishlar chastotasi no‘rt dan oshganda K1 kontaktlar butunlay ochilib qoladi va generatorning kuchlanishi o‘sa boshlaydi. Generatorning kuchlanishi birinchi bosqichda rostlangan kuchlanish qiymatidan 0,4 - 0,7 V ga ortganda, tabiiy ravishda rostlagich chulg‘amida ham kuchlanish qiymati ortadi, o‘zakdagi magnit maydon yanada zo‘rayadi va yakorchani pastga kuchliroq tortib, ikkinchi juft kontaktlar K2 tutashtiradi. K2 kontaktlar tutashishi uyg‘otish tokini birdaniga nolgacha kamayishiga olib keladi, chunki uyg‘otish chulg‘amining ikkinchi uchi ham yarmo, yakorcha va K2 kontaktlar orqali "massa" ga ulanib qoladi. Uyg‘otish tokining nolga tushib qolishi generator kuchlanishini ham keskin kamayishiga olib keladi, natijada rostlagich chulg‘amidagi kuchlanish ham kamayadi va K2 kontaktlar yana uziladi. Uyg‘otish toki uyg‘otish chulg‘amiga, drossel Dr chulg‘ami va qo‘shimcha qarshilik Rq orqali o‘ta boshlaydi. Demak, ikkinchi bosqichda tok uyg‘otish chulg‘amiga bir gal butunlay bormaydi (kontaktlar K2 tutash) yoki drossel chulg‘ami Dr va qo‘shimcha qarshilik Rq orqali boradi (kontaktlar K2 uzilgan). Ikki bosqichli kuchlanish rostlagichlarini tatbiq qilish birdaniga ikkita muammoni hal qilish imkonini beradi. Birinchidan, qo‘shimcha qarshilik qiymati kam bo‘lganligi tufayli kontaktlar orasidagi kuchlanish qiymati keskin kamayadi va hosil bo‘layotgan uchqunlarning uzilish quvvati ancha pasayadi. Ikkinchidan, uzilish quvvatinining pasayishi uyg‘otish tokinining qiymatini 2,6-2,7 A gacha oshirish, demak, generatorning quvvatini orttirish imkonini beradi.
    Termokompensatsiya . Yuqorida, elektromagnitli rostlagichning asosiy tenglamasi (1.14 ifoda) tahlil qilinganda, rostlagich chulg‘ami qarshiligi ro ning temperaturaga bog‘liqligi hisobga olinmasdan, u sartli ravishda o‘zgarmas deb qabul qilingan edi. Lekin amalda, rostlagich ishlaganda chulg‘amning temperaturasi atrof muhit harorati va undan o‘tayotgan tok ta’sirida +80O C gacha ko‘tarilishi, qarshiligi ro esa 25-30 % ga ortishi mumkin. Natijada rostlagich chulg‘amidan o‘tayotgan tok qiymati kamayadi, o‘zak magnitlanishi susayadi va generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi belgilangan qiymatdan oshib ketadi. Masalan,14V li generatorning kuchlanishi belgilangan qiymatdan 3,4-3,8 V ga; 28 V li generatorniki esa - 6,8-7,6 V gacha ortishi mumkin. Bu, akkumulatorlar batareyasining me’yoridan ortiq zaryadlanib, "qaynab" ketishiga, yoritish lampalar chug‘lanish tolalarining tezroq kuyishiga va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
    Chulg‘am haroratining ortishini, rostlagich ishiga ta’sirini kamaytirish maqsadida rostlagich chulg‘amiga ketma-ket nixrom yoki konstantandan tayyorlangan qarshilik Rtk ulanadi. Bu materiallarning qarshiligi temperatura ta’sirida deyarli o‘zgarmaydi, shuning uchun rostlagich chulg‘ami zanjiridagi umumiy qarshilikning issiqlik ta’sirida ortishi bir necha bor kamayadi. Masalan, chulg‘am temperaturasi +80O C ko‘tarilganda RTK ulangan chulg‘am zanjirining qarshiligi, asosan mis chulg‘amning qizishi hisobiga 12,5 % ga ortadi. Demak generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi ham taxminan 12,5% ga oshadi. Shunday qilib, termokompensatsiya qarshiligi - Rtk hisobiga, temperatura ta’siridan generator kuchlanishining ortishini qisman cheklash mumkin. Rostlagich chulg‘amining temperaturasi o‘zgarganda generator kuchlanishini mumkin qadar belgilangan qiymatda ushlab turish uchun Rtk qarshiligini ulash bilan birga, rostlagich yakorchasi termobimetall plastinaga (TBP) o‘rnashtiriladi. TBP - bir-biriga kavsharlangan ikkita plastinadan iborat bo‘lib, plastinalarning biri issiqlikdan kengayish koeffitsienti juda kichik bo‘lgan invar-36 dan (tarkibida 63% temir, 36% nikel va boshqa metallar bo‘lgan qotishma) va ikkinchisi issiqlikdan kengayish koeffitsienti yuqori bo‘lgan materialdan, masalan xrom-nikelli yoki molibden-nikelli po‘latlardan tayyorlanadi.
    TBP ning issiqlikdan kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan plastinasi rostlagichning o‘zagiga qaratib (ya’ni pastga ), kengayish koeffitsienti katta bo‘lgan plastina esa yakorchaga ( ya’ni yuqoriga ) qaratib joylashtiriladi. Rostlagich chulg‘amining harorati oshganda TBP ham qiziydi va plastina-larning issiqlikdan kengayish koeffitsienti har xil bo‘lganligi tufayli u rostlagichning o‘zagi tomonga egilib, yakorchani prujinaning tortish kuchiga qarama-qarshi bo‘lgan tomonga tortadi va shuning uchun temperatura oshganligi sababli o‘zakdagi magnit oqimi kuchsizlansa ham kontaktlar generatorning belgilangan kuchlanish qiymatida uziladi. Ya’ni, o‘zakdagi magnit maydonining susayishi yakorchani o‘zak tomonga egib, ular orasidagi tirqishcha ni kamaytirish yo‘li bilan kompensatsiya qilinadi.



    Download 0,73 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 0,73 Mb.