Rostlagich quyidagicha ishlaydi




Download 0,73 Mb.
bet13/14
Sana20.02.2024
Hajmi0,73 Mb.
#159601
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-Maruza (1)

Rostlagich quyidagicha ishlaydi (1.35-rasm).Generatorning kuchlanishi rostlanish qiymatidan past bo‘lganda, stabilitron VD1 va tranzistor VT1 berk bo‘ladi, qo‘shma tranzistor VT2, VT3 ochiq bo‘ladi, chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - UOK - generator va rostlagichning - "V" qisqichi - R5 - VD2 - VT2 tranzistorning baza - emittor o‘tish joyi - VT3 tranzistorning baza - emitter o‘tish joyi - "massa" - "-"qutb. Qo‘shma tranzistor ochiq holda generatorning uyg‘otish toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - "V" qisqich - uyg‘otish chulg‘ami UCH - "SH" qisqich - qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ning kollektor - emitter o‘tish joyi - "massa" - "−"qutb.
Generator kuchlanishi belgilangan qiymatga yetganda, stabilitron VD1 va tranzistor VT1 ochiladi. Ochiq tranzistor VT1 ning kollektor-emitter o‘tish joyi qarshiligi juda kichik bo‘lganligi tufayli unga parallel ulangan, VD2 va R6 dan tashkil topgan zanjirdan o‘tayot-gan tok kuchi keskin kamayadi. Natijada, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ning baza va emitterining manfiy potensiali bir-biriga teng bo‘lib qoladi, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 yopiladi va uyg‘otish toki zanjiri uziladi. Generator kuchlanishi kamaya boshlaydi. Kuch-lanish ma’lum belgilangan qiymatgacha kamayganda stabilitron va VT1 tranzistor yopila di, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ochiladi, uyg‘otish chulg‘amiga yana tok o‘ta boshlaydi. Bu jarayon davriy ravishda qaytariladi. R4 va C1 dan iborat bo‘lgan teskari aloqa zanjiri tranzistorlarning ochilib-yopilishi tez va ravon bo‘lishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. S2 kondensator filtr vazifasini bajaradi. VD3 diod, qo‘shma tranzistor VT2-VT3 keskin berkilganda uyg‘otish chulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUK ni so‘ndiradi va shu tarzda qo‘shma tranzistorni kuyishdan saqlaydi.

YA-120 belgili integral rostlagich nominal kuchlanishi 28 V bo‘lgan G273 generatori bilan ishlatishga mo‘ljallangan. YA-120 rostlagich YA-112 rostlagichdan asosan kuchlanish bo‘lgichidagi qarshiliklarning qiymati, ketma-ket ulangan ikkita stabilitron va uyg‘otish tokining tok manbasiga ulanish uslubi bilan farq qiladi. YA-120 rostlagichining ishlash prinsipi YA-112 rostlagichi ishlashiga aynan o‘xshashdir.
Elektronikaning oxirgi yillarda jadal rivojlanishi, elektron asboblarni yaratishda yangi texnologiyalarni joriy qilinishi kuchlanish rostlagichlarning yangi avlodini yaratilishiga olib keldi. Endi avtomobillarda ishlatilayotgan rostlagichlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
a) an’anaviy sxema bo‘yicha yig‘ilgan, chiqish tranzistorini ochilib-yopilish chastotasi generator-ning ish rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan rostlagichlar;
b) kenglik-impulsli modullash (KIM) prinsipiga asoslangan va chiqish tranzistorini ochilib-yopilishi barqarorlashtirilgan rostlagichlar.
Kenglik-impulsli modullash asosdagi rostlagichlar gibrid texnologiya yoki to‘la ravishda kremniy monokristallida yig‘ilishi mumkin. Kenglik-impulsli modullashli rostlagichlar generator kuchlanishini juda barqaror ravishda rostlash va tashqi muhit ta’sirini mustasno qilish imkonini beradi.
KIMli rostlagichga misol tariqasida Bosch firmasining FLIYU LC va Rossiyada ishlab chiqilgan YA212 A11E belgili rostlagichlarni keltirish mumkin. Bu rostlagich gibrid texnologiya asosda metall shishali korpusga yig‘ilgan. Rostlagichning tarkibiy sxemasi 1.36 rasmda keltirigan.
Rostlagich asosini kremniy kristalliga yig‘ilgan mikrosxema tashkil qiladi. Mikrosxema qo‘yidagi elementlardan iborat: kirish bo‘lgichi A1, parametrik kuchlanish stabilizatori A2, integrator-kuchaytirgich A3, teskari aloqa komparatori A4, tayanch kuchlanish manbasi A5, bistabil trigger A6 va chiqish kuchaytirgichi A7.
Parametrik kuchlanish stabilizatorining posangi qarshilik R1, tok cheklovchi qarshilik R2, so‘ndiruvchi diod VD1 va chiqish tranzistori VT1 mikrosxemadan tashqarida joylashtiriladi.

Download 0,73 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 0,73 Mb.