25
Masofadan boshqarish tizimida 2.6- rasmda ko‘rsatilganidek operator
stansiyasi boshqaruv markazida joylashgan bo‘lib texnalogik jarayoni nazorat
qilinishi va boshqaruvi masofadan turib aloqa tarog‘i orqali amalga oshiriladi.
Kontroller o‘lchov qurilmasi va texnalogik jarayonga ulangan bo‘lib jarayonni
mahalliylashtirilan holda ko‘radi. Kontroller o‘ziga topshirilgan vazifalarni va
avtomatlashtirish funksiyalarini mahaliy tarmoq orqali operator stansiyasi
yordamisiz amalga oshiradi va boshqaruv markazidagi operator stansiyasi bilan
aloqada bo‘ladi. Operator stansiyasinig vazifasi texnalogik jarayonni faqat
kuzatishdan iborat bo‘lib, zarurat bo‘lgandagina bo‘shqaruvni o‘z zimmasiga olishi
mumkin. MBT , odatda tarmoqni ikkala tarafida ham ketma-ket aloqa interfeysidan
foydalaniladi. Boshqaruv markazidagi tizim ko‘pincha asosiy stansiya deyiladi.