18
1.- rasm.
Avtomatlashtirilgan boshqarishni markazlashtirishniig turli darajalariga
misol.
Hamma masalalar uchun va dastavval odam ishtirokida xal qilinadigan
masalalar uchun tizimning axborot vazifalarini aniqlash zarur, ya’ni qaror qabul
qilish uchun kerak bo’ladigan yoki xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga ma’lumot
uchun beriladigan axborotni berishning umumiy hajmi va shakli.
Tizimning
vazifalarini
aniqlash
uchun
birinchi
yaqinlashishda
avtomatlashtirilgan boshqarishni markazlashtirish darajasini ham aniqlash zarur,
ya’ni hamma vazifani BHMga va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga yuklash yoki
mustaqil ishlay oladigan yohud BHM dan boshqarilishi mumkin bo’lgan mahalliy
avtomatik qurilmalarga qoldirish ham zarur.
Tizimning vazifalari belgilangandan so’ng bu vazifalarning qaysi biri
texnologik jarayon uchun muhim va javobgarli ekanini aniqlash lozim. Tizimning
hamma vazifarini ularning muhimligi va tizim bajarishi zarurligi darajasi bo’yicha
terib chiqish zarur, ya’ni ular orqasidan texnologik jarayonni tahlil qilish asosida
va boshqarishning umumiy maqsadli vazifasiga ega bo’lib, biror afzalligini
aniqlash zarur.