• Matematik boshqarish vositalari.
  •  Boshqarishning texnik vositalari




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/26
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #266165
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
     
    1.2. Boshqarishning texnik vositalari
    .
    Bular avvalambor boshqaruvchi hisoblash mashinalari (BHM), keyin 
    boshqaruv ob’ekti bilan aloqa qilish (bog’lanish) qurilmasidir, bu qurilma 
    texnologik jarayon haqidagi axborotni qabul qilishni va boshqaruvchi ta’sirlarning 
    yoki axoborot signallarining shakllanishini ta’minlaydi:
    - mashinaga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan axborot kiritiladigan 
    turli qurilmalar (masalan, teletayp, perfolentalardan ,perfokartalardan kiritish, 
    boshqarish organlari bo’lgan pultlar va hakazo) va axborotni avtomatik qayd etish 
    qurilmalari (bosuvchi qurilmalar, turli xil qayd etuvchilar, indiqatorli panellar va 
    hokazo). Keyingi paytlarda hisoblash texnikasining agregat vositalari rivojlanishi
    bilan BHM tushunchasi ko’pincha «boshqaruvchi hisoblash kompleksi» (BHK)
    tushunchasi bilan almashtirilmoqda. Bu tizimning markaziy yadrosi endi agregat 
    blanklardan komplektlash bilan bog’liq bo’lib, ularni protsessorga (operatsion 
    qurilma va markaziy boshqaruv bloki) va operativ xotirlash bloklari (OXB) ga 
    bo’lish qabul qilingan. 


    12 
     Matematik boshqarish vositalari.
    Tizimning matematik (MT) yoki 
    dasturli (DT) ta’minotini tashqi va ichki MT ga bo’lish qabul qilingan. 
    Tashqi MT - bu boshqariluvchi ob’ektda turli holatlarda boshqarish tartibini 
    belgilovchi dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, tashqi MT tizimning 
    vazifalarini belgilab beradi, ya’ni uning boshqarish jarayonida qila oladigan 
    ishlarini va bunda uning ob’ektga nisbatan faoliyat ko’rsatishi qanday ekanini 
    belgilaydi. 
    Ichki MT - bu tizim texnik vositalarining ajralmas qismi bo’lib, u 
    buyurtmachiga tayyorlovchi - zavod tomonidan shu vositalar bilan birgalikda 
    yetkazib beriladi. Unga tizimning turli qismlarining bir-biri bilan o’zaro 
    ta’sirlanishini tashkil etish uchun mo’ljallangan dasturlar to’plami kiradi. Bu hol, 
    uning boshqarish algoritmini kiritish va qayta ishlashni, bu algoritmni BHM da 
    amalga oshirishni va tizimdan ishchi dasturlarni bajarish natijalarini chiqarishni 
    ta’minlashni anglatadi. Bundan tashqari, ichki MT tarkibiga, odatda, nazorat 
    dasturi va texnik vositalar diagnostikasi dasturi, shuningdek, masalan, tizimni 
    ob’ektda sozlash uchun mo’ljallangan ba’zi yordamchi dasturlar kiradi. 

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish