9
asosan, 4 va 5-sinf TJABT larini qo’llash maqsadga muvofiq. SHuningdek, EHM
larda tizimning matematik ta’minotini yaratganda, texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarni
hisoblashda va texnologik jarayon hamda texnologik komplekslarni to’la
optimallashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar ishlab chiqarish
bo’limlarining ishini tahlil qilib, uning kelgusidagi rivojlanishini belgilaydi.
TJABT lar murakkab, ko’p funktsiyali tizimlar turiga kiradi. Bu sinfning
ko’p funktsiyaliligi qator omillar bilan ifodalanadi, ya’ni:
identifikatsiyalash,
nazorat, himoya va blokirovka, rostlash va boshqarish kabi ayrim funktsional
yordamchi tizimlarning borligi; lokal, ayrim boshqarish masalalarining umumiy,
global maqsadga bo’ysunishining natijasi; yordamchi tizimlar orasidagi( ko’p sonli
aloqalarning borligi; ayrim ob’ektlarni boshqarishning markazlashuvi va, nihoyat,
turli funktsiyalarni bajarishda bir xil texnik vositalardan foydalanish imkoniyati
mavjudligidir. TJABT lar bajargan funktsiyalarni quyidagi uch guruhga bo’lish
mumkin: axborot, boshqaruv va yordamchi.
TJABT larning axborot funktsiyalari ishlab chiqarish xodimlariga
(operatorlarga, dispetcherlarga) texnologik jarayonda bo’layotgan o’zgarishlarni
o’z vaqtida
bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi aniq
axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlar kamayishiga olib keladi. TJABT
larning axborot funktslari quyidagichadir: 1) texnik va texnologik axborotdarni
to’plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2) jarayon va texnologik uskunalar
holatining parametrlarini bilvosita o’lchash; 3) texnologik jarayon va uskunalar
parametrlarining holatini belgilash hamda signal berish; 4)
texnologik jarayon va
texnologik uskunlarning ishlashi haqida texnika-iqtisodiy va foydalanish
ko’rsatkichlarini hisoblash; 5) yuqori va qo’shni tizimlarga hamda boshqarish
bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6) texnologik jarayon parametrlari,
texnologik uskunaning holati va natijalarni qayd qilish; 7) jarayon parametrlari va
uskunalar holatida berilgan qiymatdan
farqlarini nazorat qilish; 8) texnologik
uskunalarning himoya va blokirovka vositalari ishini tahlil etish; 9) texnik
vositalar komplekslari holatini diagnoz qilish va oldindan aytish; 10) texnologik
10
jarayonlarni olib borish,
shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun
axborot va ko’satmalarni operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va
qo’shni boshqarish tizimlari bilan axborotning avtomatik almashinishini
ta’minlash.
Texnologii jarayonni bevosita boshqarish masalasi TJABT larning
boshqarish funktsiyasini tashkil qiladi. Bunda boshqarish ta’sirlari operatorning
ishtirokisiz avtomatik tarzda
amalga oshirilishi mumkin, yoki operatorga ma’lum
bir ko’rsatmalar ko’rinishida berilishi (bularni operator qabul qilishi yoki rad etishi
mumqin), yoxud operator ko’rib chiqqandan so’ng avtomatik tarzda ta’sir etishi
mumkin. TJABT larning boshqarish funktsiyalari quyidagilardan iborat: 1)
texnologik jarayonning ayrim parametrlarini rostlash; 2) bir marotaba mantiqiy
boshqarish (himoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko’p aloqali rost-
lash; 5) diskret boshqarishda dasturli va mantiqiy operatsiyalarni bajarish; 6)
texnologik jarayonning turg’un
holatini optimal boshqarish; 7) texnologik
jarayonning noturg’un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8) boshqarish
tizimini moslashtirgan holda butun texnologik ob’ektni optimal boshqarish.
TJABT larning yordamchi funktsiyalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor
mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o’zgartishlar
kiritish; 2) hisoblash masalalarini hal etish; 3) texnologik uskunalarning to’la
ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g’ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko’rsatish;
5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta’minlab berish; 6) tizimning texnologik
vositalar buzilishini oldindan ko’rsatish.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT) axborotni to’plash, ishlov
berish va taqdim etishning texnik vositalari va algoritmlarining majmuasidan iborat
bo’lib, u korxonani yoki ayrim jarayonlarni kibernetika usullari asosida
boshqarishni ta’minlaydi [ 6,7 ].
Boshqarish ob’ektiga qarab texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi va
korxonalarni tashkiliy-ma’muriy boshqarish tizimlari farq qilinadi. Ham u, ham bu
11
vazifalarni qo’shib olib boruvchi - integrallangan ABT (IABT) deb ataluvchi ABT
ham bo’lishi mumkin.
ABT avtomatik tizimlardan farqli o’laroq odam-mashina tizimlaridir.
Bunday tizimlarda boshqarish vazifalari odam va texnik vositalar o’rtasida
bo’linadi. Biroq avtomatlashtirilgan tizimlarning
odam-mashina tabiati ABT da
ayrim vazifalarni to’liq avtomatlashtirish mumkinligini, ayniqsa, texnologik
jarayonlarni bevosita raqamli boshqarish darajasida inkor etmaydi.
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining asosiy tarkibiy qismlarini sanab
o’tamiz.