7
1-BOB: TEXNOLOGIK JARAYONLARNING AVTOMATLASHTIRISH
VA BOSHQARISH TIZIMLARI ASOSLARI
1.1. Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirish va boshqarish tizimlari
asoslari
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini
sanoatga tatbiq etish ishlab chiqarish unumdorligini, texnologik uskunalar quvvati
o’zgarmagan olda mahsulot qiymatining ko’payishini ko’rsatadi: xom ashyo, yarim
fabrikatlar va energiya keragicha sarflangan holda
tayyorlangan mahsulotning
sifati yaxshilangan. SHunisi diqqatga sazovorki, bu tizimlarni yaratishga ketgan
mablag’lar, odatda bir, bir yarim yilda o’zini
qoplagan; mahsulotlarning sifati,
iqtisodiy ko’rsatiichlar yaxshilanibgina qolmay, balki mehnatning xarakteri va
sharoitiga ham ijobiy ta’sir etgan.
TJABT larni quyidagi belgilari bo’yicha sinflarga bo’lish mumkin: 1)
avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xarakteri bo’yicha ; 2)
boshqarish
ob’ektlarining murakkabligi bo’yicha; 3) funktsional algoritmik belgisi
bo’yicha(tizim hisoblaydigan boshqarish masalalari ko’lami va axborot hajmi); 4)
tizimning texnik darajasi bo’yicha;.
Boshqarishning ob’ektlarining murakkablik darajasi sifatida nazorat
qilinayotgan parametrlar va boshqaruv ta’sirlarining qiymati ifodalanadi. Bunday
sinflarga ajratish TJABT ning nomenklatura asosini
oldindan taxminan belgilab
beradi va tadqiqot planiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt
masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda
boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan
massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy
ketma-ketliklar shaklida
beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi,
8
ularning qiymati boshqarish vazifasi va ob’ektlarning dinamik xususiyatlariga
bog’liq. Bundan TJABT larni algoritmik ta’minlashda qo’shimcha talablar vujudga
keladi: ular o’zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni
birinchidan,
axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt bo’yicha, ikkinchidan esa BHM ning
xotirasidan foy-dalanish hajmi bo’yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan
axborotni o’z vaqtida «ko’rib chiqish» kerak. Bu talablarga iterativ tsiklik
hisoblash (staxostik approksimatsiya yo’li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo’li
va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi
masalalarni hal qilishda
foydalanish mumkin: 1) texnologik nazorat va texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarni
hisoblash vazifalarini o’rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish; 2) ko’p
o’lchashli, raqamli boshqarishda; 3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda; 4)
optimallash va koordinatlashda [5 ].
Texnik darajasi va murakkabligining
ortishiga qarab TJABT ni lokal,
kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin.
Lokal TJABT lar
— kam sonli bir turli asosiy yoki yordamchi
operatsiyalar texnologik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari
(apparat, qurilma, agregat). Bu oraliq bosqich bo’lib, u yanada murakkab tizimga
o’tishi lozim. Bunday tizimlar avtomatik ravishda bajargan vazifalarining kamligi
bilan xarakterlanadi va bunda TJABT ning 0,1, 2-sinflarini qo’llash
maqsadga
muvofiqdir.