19
2-BOB. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMI TURLARI
2.1 Mahalliylashtirilgan jarayon
Avtomatlashtirish tizimi quyidagi ikki fizik jarayonlarga bo`lish mumkin.
-Mahalliylashtirilgan jarayonlar (kichik maydonda joylashgan).
-Taqsimlangan jarayonlar (kata geografik hududni joylashgan).
2.1
rasmda
shahardagi
elektr
energiyasini
tarqatish
jarayonini
(mahalliylashtirilgan hamda taqsimlangan tizimlari) ko‘rsatilgan. Umumiy tarzda
olganda tizimlar strukturasi, avtomatlashtirish zarur bo‘lgan bu ikki turdagi jarayon
bir biridan tubdan farqlanadi.
Mahaliy jarayon nisbatan olganda juda ham kam fizik muhitda joylashgan,
shuningdek texnalogik jarayonni boshqarish joyi huddi shu fizik hududiga yaqin.
2.2- rasmda mahalliylashtirilan (fizik va mantiqiy) jarayon uchun avtomatlashtirish
tizimi strukturasi ko‘rsatilgan. Bu yerda kontrollerni operator stansiyasiga aloqa
interfeysi orqali mahalliy tarmoq linyasiga ulanganligini ko‘rish mumkin. Odatda
Ethernet interfeysi controller bilan operator stansiyasi o‘rtasidagi aloqani
ta‘minlash uchun ishlatiladi.
20
Mahalliylashtirilgan
jarayonlar
uchun
avtomatlashtirish
tizimi
markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan yoki taqsimlangan bo‘lishi ham mumkin,
bu haqda keying bo‘limlarda aytib o‘tamiz.
2.2- Rasm. Mahalliylashtirilgan jarayoning avtomatlashtirish tizim
strukturasi
Markazlashtirilgan boshqaruv tizimi
Markazlashtirilgan boshqaruv tizimi (MBT ) har doim bitta uzatuvchi
kontroller ishtirokida amalga oshiriladi, avtomatlashtirish jarayoni butun og‘irligini
u o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari tizimda bitta operatorlik stansiyasi yoki bir
nechta operatorlik stansiyalari bo‘lishi mumkin. MBT bir necha operatorlik
stansiyalari mavjud bo‘lgan holatda, operatorlar texnalogik jarayon boshqaruvini
taqsimlab olishadi. Bunday turdagi boshqaruvda operatorlarni ish unumdorligi
oshadi, bu hol juda katta texnalogik jarayonlarni boshqarishda qo‘l keladi.
Kelishilgan boshqaruv odatda funksional asosiga ko‘ra yoki hududiy bo‘linishiga
ko‘ra taqsimlanishi mumkin. Misol tariqasida elektr stansiyasini ko‘rib chiqamiz.
Elektr stansiya odatda uchta funksional jarayonlarga bo‘linadi – bug‘ni hosil qilish,
21
elektr energiyasini hosil qilish va qo‘shimcha yordamchi funksiyalar bo‘lib, ular
yordamida ko‘mir va suvdan elektr energiyasini olish 2.3- rasmda ko‘rsatilgandek
amalga oshiriladi. Birgina katta kontroller yordamida, butun stansiyaning
avtomatlashtirish jarayoni, bir yoki bir nechta operator stansiyalari, ishlatilgan
bo‘lishi mumkin.
MBT ning avfzaliklari va kamchiliklari quyidagilardan iboratdir:
Avfzaliklari:
- Kichik va kam tarqalgan tashqi jarayonlarni mavjud bo‘lgan boshqaruv
uchun idial mos keladi, chunki o‘lchov nuqtalari o‘rtasidagi minimal kabellar
ularni qayta ishlash kontrollerlari bor.
- Texnik jixatdan tuzilishi sodda.
- Moliyaviy jixatdan nisbatan arzon.
Kamchiliklari:
- Katta va keng tarqalgan tashqi jarayonlari mavjud bo‘lgan tizimlarga,
o‘lchov nuqtalari o‘rtasida ko‘p kabellar isrof bo‘lishi va ularni qayta ishlash va
kontrollerlar borligi uchun iqtisodiy jixatdan sarf ko‘payishi mumkin.
- Kontrollerni ishdan chiqishi bilan, operator stansiyasidan to‘liq
avtomatlashtirishni amalga oshira olmaydi.
22
- Ma‘lumot almashinuvi, nosozliklarni bartaraf etish, texnik xizmat
ko‘rsatish shuningdek katta kontrollerni boshqarishdagi qiyinchiliklar.
|