|
Muhim bo‘lmagan ishlarni tashqi ijrochilarga berish asoslari
|
bet | 4/9 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 53,29 Kb. | | #160021 |
Bog'liq 36 betMuhim bo‘lmagan ishlarni tashqi ijrochilarga berish asoslari. Korxonada tovar qiymatini yaratuvchi har qanday qo’llab-quvvatlovchi faoliyatni shtab vakolatlari doirasida «xizmat ko’rsatish» sifatida qarash mumkin. Ustama xarajatlarning ko’pchiligi – kompaniyaning o’zi bajarishni istaydigan xizmatlardir.
Bunday xizmatlarni tashqari ijrochilardan sotib olish mumkin. Muayyan xizmatlarni bajarishga ixtisoslashgan ijrochi boshra ijrochilarga nisbatan ularni ham sifatli ham arzon bajarishi mumkin. Kompaniya trategiyasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmagan faoliyatlarni tashqi ijrochiga berilishi kompaniyaning mablag’larini, resurslarini asosiy foyda beradigan sohalarga yo’naltirish, kompaniya tayanch ko’nikmalarini strategik nazorat qilish, raqobatdoshlik ustunligini ta’minlash, xaridorlar bilan muloqotlarni yo’lga qo’yish imkonini yaratadi. Ko’pchilik vaziyatlarda menejerlar qo’llab-quvvatlovchi funksiyalarni guruhlar va byurokratik bo’g’inlar bilan kurashish uchun o’zining kuch-g’ayratini, mehnatini sarflaydi.
Strategik nuqtai-nazardan yordamchi ishlarni tashqari ijrochiga berilishi (balkim ba’zi qiymat yaratuvchi asosiy ishlarni ham tashqariga berilishi raqobat ustunligini oshirishi mumkin) kompaniyadagi byurokratik to’siqlarni kamaytirishi, boshqaruv tuzilmasini soddalashtirishi, maqsadga nisbatan strategik safarbarlikni oshirishi mumkin Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, ishlarning haddan tashqari katta hajmini tashqi ijrochilarga berilishi kompaniyani zaiflashtiradi. Malakali menejerlar kompaniya o’z taqdiriga o’zi ho’jayin bo’lishi uchun tashkiliy qobiliyatlarni va ko’nikmalarni rivojlantirishi kerak deb ta’kidlaydilar. Lekin bir qator kompaniyalar detal va buyumlar ta’minotini, mahsulot dizaynini, mahsulotni sotishni qo’shimcha kanallarini, reklama agentlarini va moliyaviy xizmat ko’rsatish korxonalarini tashqaridan izlaydilar. Uzoq yillar davomida davomida «Polaroid Corporation» video tasma ishlab chiqarish uchun materiallarni – «Eastman Kodak»dan, elektronikani – «Texas Instruments»dan, kameralarni – «Timex»dan sotib oladi. Bunda u asosiy e’tiborini sifatli fotoapparatlarning keyingi avlodini yaratishga qaratadi.
|
| |