|
Boshqaruvning biznes birliklariga moslashgan markazlashmagan
tuzilmaning strategik afzalliklari va kamchiliklari
|
bet | 2/9 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 53,29 Kb. | | #160021 |
Bog'liq 36 bet2. Boshqaruvning biznes birliklariga moslashgan markazlashmagan
tuzilmaning strategik afzalliklari va kamchiliklari
Ishlarni tovar belgilari asosida guruhlash orqali tashkiliy tuzilmani yaratish uzoq vaqt davomida qo’llanildi. Ushbu tashkiliy (mahsulotli) tuzilma 20 yillardan boshlab, «Du Pont» va «General Motors» korxonalarida qo’llanildi5. Funksional ixtisoslashgan menejerlar faoliyati murakkablashganligi korxonaning diversifikatsiyalashishi oqibatida ro’y beradi. (Shu sababli mustaqil tovar bo’linmalari paydo bo’ldi). Masalan, ishlab chiqarish rahbari va menejerlari 50 dan ortiq zavodlar 20 dan ortiq texnologiyadan foydalanib, 30 dan ortiq mahsulotni 8 ta tarmoqqa etkazib berishini tasavvur etish ularning mehnati qanchalik murakkab ekanligini tushuntiradi.
Ko’p tarmoqli korxonalarda boshqaruv chizig’i bosh ma’muriy idoradan quyi
pog’onadagi funksional bo’limlarga emas, balki har bir korxona rahbariyatiga
yo’naltiriladi. Demak, agar korxona bitta korxonadan iborat bo’lib, standart bloklar funksional bo’limlar va geografik bo’linmalardan iborat bo’lsa, ko’p fillialli korxonalarda tashkiliy tuzilma elementlari korxonalardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir xo’jalik birligining boshqarish uning menejmentiga yuklatiladi. Bunda tashkilotning strategiyasini yaratish uni tatbiq etish va foyda uchun javobgarlik ham menejment zimmasida bo’ladi. Korxona tњlig’icha mustaqil faoliyat ko’rsatishi ham
mumkin. Keng diversifikatsiyalashgan korxonalarda markazlashmagan xo’jalik birliklari soni haddan tashqari oshib ketadi. Bunda o’zaro yaqin bog’liqliklarga ega korxonalarni boshqarish vakolatini katta menejerga yoki yetakchi mutaxassisga berish mumkin. Bu hol yana bir boshqarish pog’onasini keltirib chiqarsa ham, turli yo’nalishga ega biznes birliklarini tezkor boshqarish imkonini beradi. Strategik biznes birlik (SBB) – bu bir korxona tarkibida paydo bo’lgan korxonalar bo’lib, ular ma’lum strategik elementlar asosida birlashtirilgan.
Ular umumiy xususiyatga ega bo’lganligi uchun bir guruhga jamlanadi. Ushbu elementlar tarkibiga keskin toqnashadigan raqobatchilar, chambarchas bog’langan faoliyat turlari va narxni belgilovchi maqsadlar, muayyan ustunliklarga tayanib ish ko’rish (kam xarajatlar yoki differensiyalash), muvaffaqiyatning umumiy tayanch omillari va boshqalar kiradi.
|
| |