|
Korxona boshqaruvi funksional tuzilmalarining strategik afzalliklari va kamchiliklari
|
bet | 3/9 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 53,29 Kb. | | #160021 |
Bog'liq 36 betStrategik biznes birliklar. Keng diversifikatsiyalashgan kompaniyalarda markazlashmagan xo’jalik birliklari soni haddan tashqari oshib ketadi. Bunda o’zaro yaqin bog’liqliklarga ega kompaniyalarni boshqarish vakolatini katta menejerga yoki yetakchi mutaxassisga berish mumkin. Bu hol yana bir boshqarish pog’onasini keltirib chiqarsa ham, turli yo’nalishga ega biznes birliklarini tezkor boshqarish imkonini beradi.
Strategik ustunlik
|
Strategik kamchiliklar
|
Keng diversifikatsiyalashgan
kompaniyalarning biznes portfelini
strategik asoslash orqali tashkil etishni
ta’minlaydi.
SBB doirasida o’zaro bog’liq
operatsiyalarni muvofiqlashtirishni
osonlashtiradi.
Kompaniyaning muayyan boshqaruv
pog’onalarida strategik rejalashtirish
imkonini beradi
Oliy rahbariyatning strategik tahlil
etishini samaraliligini va
obyektivligini ta’minlaydi
Kompaniyaning resurslarini o’sish
kelajagi mavjud bo’lgan sohalarga
yo’naltirish imkonini beradi.
|
SBB tarkibiga korxonalarni
birlashtirish shunchalik erkin bo’lishi
mumkinki, u natijada faqat rahbariyat
maqsadiga xizmat qiladi
Boshqarish pog’onasining yana bittaga
ko’payishiga sabab bo’ladi
Bosh rahbarning, vitse prezidentning
va SBBga xizmat qiladigan boshqa
rahbarlarning rolini va boshqarish
vakolatini aniq belgilash lozim, aks
holda vitse prezidentlarning
vakolatlari noaniq.
Faoliyat natijalarini tan olinishi,
kimning yutug’i ekanligi noaniq bo’lib
qoladi. YUtuq sababchisi bosh rahbar,
SBB rahbari va oxirgi navbatda guruh
rahbari vitse prezident deb qabul
qilinishi mumkin
|
SBBga asoslangan tashkiliy struktura
SBB ta’limoti keng diversifikatsiyalashgan kompaniyaga har xil turdagi korxonalarni boshqarishda, strategik rejalashtirishda va moliyalashda ustunlikni
Ta’minlaydi. Markazlashgan tashkilotning salbiy tomoni shundan iboratki, vertikal boshqaruv ierarxiyasi byurokratiyani xaddan tashqari rivojlantiradi, boshqaruv pog’onalarida qaror qabul qilishni sekinlashtiradi. Markazlashmagan tashkilotlarda esa menejerlar vakolat doirasida mustaqil qaror qabul qiladi. Masalan, diversifikatsiyalashgan kompaniyalarda tashkiliy birlik rahbarlari keng huquqlarga ega bo’lib, qaror qabul qilishda mustaqildirlar. Keyingi yillarda avtoritar, ko’p pog’onali ierarxik tuzilmalardan voz kechib, gorizontal, markazlashmagan, xodimlarning vakolatlarini kengaytiradigan tuzilmalar
Qo’llanilmokda. Bunda:
1. Qaror qabul qilish vakolatini muammoni yaxshi bilib, unga yaqin turgan,hamma omillarni tahlil etish imkoniyatiga ega, o’z vaqtida va asoslangan qarorlarni qabul qilish qobiliyatiga ega quyi pog’onasida faoliyat ko’rsatadigan menejerlarga va oddiy xodimlarga berish lozim. Markazlashmagan strategik boshqaruv nuqtai-nazaridan har bir tashkiliy birlikning menejerlari nafaqat o’z bo’linmasi uchun strategiyani yaratish shartini balki, uni tatbiq etishni ham nazarda tutadi.
Demak arkazlashmagan boshqaruv samarali menejerlarni tanlashni va ularni o’z bo’linmalari uchun strategiyani yaratishni va tatbiq etishni ildiradi. Muntazam ravishda qoniqarsiz natijalarga ega bo’ladigan, mos strategiyalarni yaratish va tatbiq etish qobiliyatiga ega bo’lmagan menejerlardan voz echish lozim.
2. Menejer toifasida bo’lmagan xodimlarga ham o’z faoliyatiga tegishli
qarorlarni qabul qilish vakolati berilishi lozim. Xodimlarni o’ z faoliyati natijalari uchun qaror qabul qilish vakolatini berish prinsipi asosida quyidagi ishonch yotadi: g’oyani boshliqdan ijrochiga ya’ni, oddiy xodimlarga etkazishga asoslangan boshqaruvga qaraganda o’z xodimlarining jamoaviy bilimlariga asoslanadigan boshraruv yaxshiroq natijalarga erishadi. Xodimlar har tomonlama asoslangan qarorlarni qabul qilishi uchun ular yetarli axborot hajmiga ega bo’lishi va o’z mehnati bilan kompaniya faoliyati natijalari o’rtasidagi bog’liqlikni tushunishi lozim.
Gorizontal boshqaruv tuzilmalarining rivojlanishi va zamonaviy xborot texnologiyalarining keng tarqalishi boshqaruv vakolatlarini ham engaytirishni talab qiladi. Xodimlar yetarli axborot hajmiga ega bo’lib, mustaqil qaror abul qilsalar, bu ularga haqiqiy qoniqish keltiradi. O’zaro bog’liq sohalarda aoliyat ko’rsatadigan diversifikatsiyalashgan ompaniyalarda strategiyalarga tegishli markazlashmagan qarorlarni qabul qilish bundan mustasno hisoblanadi.
Ushbu vaziyatlarda strategik muvofiqlik yoki markazlashgan qarorlarni joriy etish yoki hamkorlik asosida qaror qabul qilish hisobiga ta’minlanadi. Masalan, agar korxonalar o’zaro bog’liq jarayonlarga va texnologiyalarga ega bo’lsa va ularning har biri o’z yo’nalishini afzal ko’rsa, masshtab ko’lamini kengaytirishni, ya’ni mahsulotlarni ishlab chiqarishni va xaridorlarni yangi guruhlarini jalb etishni istaydigan bosh kompaniya bir qancha muammolarga duch keladi. Agar sotish kanallaridan, servisdan, ta’mirlash xizmatlaridan va boshqa shu kabilardan umumiy foydalanish imkoniyati mavjud bo’lsa, korxonalarni markazlashgan boshqaruvi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
|
| |