|
Xalqaro bozorlarda ishtirok etadigan korxonalarning tashkiliy jihatlari
|
bet | 7/9 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 53,29 Kb. | | #160021 |
Bog'liq 36 bet5. Xalqaro bozorlarda ishtirok etadigan korxonalarning tashkiliy jihatlari
1993- yilda boshqaruv masalalariga oid maslahat berish bo’yicha yetakchi “McKinsey & Co” korxonasi tomonidan o’tkazilgan istemol tovarlarni ishlab chiqaruvchi 43-ta yirik amerikalik korxonalarni tadqiqot qilish jarayonida bu korxonalarni halqaro va global bozorlardagi sotuvlari hajmini va foydasini tez oshishiga ko’p yoki kam darajada ta’sir ko’rsatgan tashkiliy tuzilmalarni o’zgartirish bilan bog’liq tadbirlar alohida e’tiborda bo’ldi
Tashkiliy tuzilmalarni o‘zgartiradigan va korxonaning halqaro muvaffaqiyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadligan tadbirlar
- Yangi tovarlarni ishlab chiqish masalalardan tashqari barcha jabhalarda halqaro miqyosidagi qarorlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish.
- Menejmentni rivojlantirishni keng ko’lamdagi dasturlarini mavjudligi va oliy darajadagi rahbarlik lavozimlarga chet elliklarni jalb etish.
- Oliy darajadagi rahbarlik lavozimlarga nomzodlarni taklif etishda halqaro miqyosda ishlash tajribasi borligi talabi.
- Global bo’g’inda ishlaydigan menejerlarni elektron pochtadan foydalanish hamda videoyig’ilishlarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan texnik vositalar bilan ta’minlash.
- Chet el filiallardagi mahsulotlar bo’yicha menejerlarni mazkur mamlakatda korxonaning barcha turdagi faoliyatini boshqaradigan rahbariga shartli ravishda hisobot berishi.
- Mahalliy bajaruvchilarni chet ellardagi korxona amallariga rahbarlik qilish uchun jalb etish (ammo, bu omil qisqa vaqtda muvaffaqiyatli ishlayotgan
korxonalarni farqlantiradigan alomat deb saqlanib qolmaydi, Chunki bunday yondashuv deyarli hamma korxonalar o’z amaliyotida qo’llay boshlaydi).
Tashkiliy tuzilmalarni o‘zgartiradigan va korxonaning halqaro
muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadigan tadbirlar
Global bo’linmalarni tashkil etish.
Halqaro strategik biznes-birliklarni tashkil etish.
Mahoratlik markazlarni tashkil etish (bu erda bitta korxona, faqat o’zining
imkoniyatlariga tayangan holda, asosiy tovarlar yoki paydo bo’ladigan
texnologiyalarga – ularni ma’qullash yoki rad etish bahoni berish uchun ular hali o’ta yangi – mas’uliyatni oladi).
Turli mamlakatlar korxonalarini mutaxassislardan iborat halqaro komandalarni turli masalalar va muammolarni hal etishga jalb etish.
Global integratsiyalashgan axborot boshqaruv tizimlarni yaratish.
Yaxshi asoslangan va ustalik bilan hayotga tatbiq etilgan ta’minlovchi tizimlar faqat strategiyani amalga oshirish mexanizmini yaxshilamay qolib, balki korxonanitashkiliy imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkin va shu bilan uning raqiblardan ustunroq kelishiga ko’maklashadi. O’z tovarlari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga intilayotgan korxonalar uchun xarajatlarni kamaytiradigan barcha yo’llardan foydalanishga imkoniyat beruvchi tizim zarur.
|
| |