• Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bogʻliqligi




    Download 227,5 Kb.
    bet3/13
    Sana10.06.2024
    Hajmi227,5 Kb.
    #262161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    tarbiyaviy tadbirlarning shaxs faolligini oshirishdagi ahamiyati

    1.2 Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bogʻliqligi.
    Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos ravishda bir qancha ta’lim-tarbiyaga oid fanlarga bogʻliq holda olib borish maqsadga muvofiq boʻladi.
    Har qanday fanlarni oʻqitishning maqsadi yosh avlodga toʻgʻri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil boʻlib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos boʻlib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shugʻullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bogʻliqdir.
    Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish shugʻullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bogʻliqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni oʻqitish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bogʻliq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bogʻliq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
    Tarbiyaviy ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib boʻlmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini oʻrganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bogʻliq boʻlganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
    Tarbiyaviy ishlar metodikasining fanlar bilan bogʻliqligini quydagicha chizmada ifodalash mumkin:

    Oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e’tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki oʻquvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta’sir koʻrsatib boʻlmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini oʻrgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bogʻliq ish koʻradi.
    Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda oʻquvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol oʻynaydi. Koʻrinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham bogʻlangan.
    Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini oʻquvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shugʻullanadi. Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bogʻliqdir.
    Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:

    Download 227,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 227,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiyaviy ishlar metodikasining xususiyatlari va boshqa fanlar bilan bogʻliqligi

    Download 227,5 Kb.