• Kurs ishining tuzilishi va hajmi
  • Mavzuning maqsad va vazifalari




    Download 227,5 Kb.
    bet2/13
    Sana10.06.2024
    Hajmi227,5 Kb.
    #262161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    tarbiyaviy tadbirlarning shaxs faolligini oshirishdagi ahamiyati

    Mavzuning maqsad va vazifalari: Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayoni, unga ta’sir etuvchi omillar, shaxsni shakllantirish jarayonida muhitning o‘rni haqida ma’lumotlarni o’rganish.

    • Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni

    • Shaxs tushunchasini tahlil qilish;

    • Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha;

    • Shaxs kamolotida irsiyatning ta'siri;

    • Shaxs rivojlanishida muhitning o’rni;

    • shaxs rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning ta’sirini adabiyotlardan tahlil qilishdan iborat.

    Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, uch bob, 8 paragraf, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
    I-BOB TARBIYAVIY JARAYONNI VA TARBIYAVIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
    1.1 Tarbiyaviy tadbirlarning shaxs faolligini oshirishdagi ahamiyati
    Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga toʻliq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqildi. Birgina “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga , istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilganligini keltirish kifoya.
    Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyat boʻlib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan boʻlib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur boʻlgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
    Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan boʻlib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
    Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar boʻlibgina qolmay, uning yetakchi gʻoyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham oʻz ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq boʻlgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Albatta, ta’lim – tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni oʻzgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib boʻlmaydi...
    ... har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni koʻrish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boʻlishi lozim ...”[1]
    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy – tarixiy jarayonida samarali foydalanish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak qilib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil etishga koʻp jihatdan bogʻliq.
    Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
    - maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
    - faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
    - bolalar tarbiyasidagi faoliyatni oʻqituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta’minlash muhimdir.
    Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish koʻp jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bogʻliq. Ular quyidagi omillarni qoʻllash asosida vujudga keladi:
    - tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir;
    - tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qoʻyilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
    - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda boʻlishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
    - Oʻquvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda oʻquvchi yoshlarning faolligi koʻp jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bogʻliq;
    - Tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uygʻun boʻlishi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy gʻoyani singdirishda har tamonlama ta’sir koʻrsatadi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, oʻz qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim toʻgʻrisida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim boʻlgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi.
    Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning oʻz vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. Oʻqish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita oʻquv jarayoni bilan bogʻlangandir.
    Har bir fanning predmeti, oʻrganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud boʻlganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, oʻrganish obyekti va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda , sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yoʻnalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.
    Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti boʻlajak oʻqituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yoʻllari hamda bilim, koʻnikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
    Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining oʻrganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.
    Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi boʻlajak oʻqituvchi va tarbiyachilarning tarbiyaviy ish va tadbirlarning mazmunli boʻlishini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiyaviy ta’sirga ega boʻlgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
    Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, milliy istiqlol talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu oʻqituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham oʻqituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermogʻi lozim. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarbiyaviy ishlar shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta’minlaydi. Shu jihatdan har tarbiyaviy ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir.

    Download 227,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 227,5 Kb.