• Kirish
  • Kurs ishi mavzu: Animatsiya hosil qiluvchi dasturlar bilan ishlash




    Download 1,42 Mb.
    bet1/9
    Sana25.05.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #253501
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Animatsiya hosil qiluvchi dasturlar bilan ishlash



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    Matematika va Informatika fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi Kompyuter grafikasi va vizuallashtirish fanidan

    Himoyaga tavsiya etilsin


    Matematika va informatika fakulteti dekani U.B. Berdiyev “____”2024 yil


    KURS ISHI
    Mavzu: Animatsiya hosil qiluvchi dasturlar bilan ishlash
    Himoyaga tavsiya etilsin:
    Informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri
    p.f.f.d. PhD Sardor Abdimurodovich Sattorov.
    2024- yil
    Ilmiy rahbar: o‘qituvchi M.Q. Mamayusufov 2024- yil


    Talaba MI 402- guruh talabasi O’razova Mehriniso Ravshan qizi
    Termiz-2024


    MUNDARIJA



    Kirish 4
    I BOB. KOMPYUTER YORDAMIDA YARATILGAN ANIMATSIYA TURI 7
    1.1.Komputer animatsiyasi 7
    1.2. Animatsiya turlari 12
    II BOB. ANIMATSIYA HOSIL QILUVCHI DASTURLAR BILAB ISHLASH 16
    2.1. ADOBE CHARACTER ANIMATOR DASTURI 16
    2-rasm. Harakat studiyasini to'xtatish 17
    3-rasm. Moho animatsiyasi 18
    2.2. Toon Boom dasturi 19
    5-rasm. Synfig studiyasi 20
    6-rasm. 2D qalam 20
    2.3. Cartun Animator 4 dasturi 21
    7-rasm. Multfilm Animator 4 21
    2.4. MACROMEDIYA FLASH da animatsiya yaratish. 22
    Xulosa 25
    Foydalanilgan adabiyotlar 29


    Kirish


    «Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz»
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
    Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida pedagoglarning saviyasini oshirish, ta’lim-tarbiya tizimini kompleks rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Ayni paytda xalq ta’limi tizimida pedagoglarning kasbiy va ma’naviy saviyasini yanada yuksaltirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
    Darhaqiqat, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun, tabiiyki, o’qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati yuksak bo’lmog’i lozim. Ayniqsa, bugun yoshlar juda ilg’or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos, yuqori darajada tashkil etish uchun o’qituvchi muntazam ravishda har bir mashg’ulotga alohida tayyorgarlik ko’rishi zarur. Shu nuqtai nazardan, xalq ta’limi tizimiga yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, o’quv dasturlarini joriy etish bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini izchil oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
    2017 yil 14 yanvarida bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’lim-tarbiya tizimida o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini qayd etdi.1
    Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha ta’lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, etuk kadrlar bilan bir qatorda ta’limga doir me’yoriy hujjatlar, o’quv-metodik ta’minotning o’rni ham benihoyat ahamiyatlidir. Prezidentimiz tomonidan o’qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o’quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqilgan holda qo’yilmoqda. Haqiqatan ham, globallashuv jarayonining jadallashuvi o’quv dasturlarimizni tubdan qayta ko’rib chiqishni, keng bilimga ega bo’lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga etkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me’yoriy hujjatlar, o’quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda.
    2017 yilning 20 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar belgilab berildi. Har bir oliy
    ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatishi, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilishi ta’kidlandi. Buning uchun o’quv pedagogik faoliyatga , master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor- o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo’yicha konkret tadbirlar sanab o’tilgan.
    Qarorda belgilangan vazifalarni bekami ko’st bajarish bo’yicha 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi ham belgilangan bo’lib, uning tarkibida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jixozlash bo’yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi. Besh yillik ushbu Dasturning moliyaviy xarajatlar parametrlari ham belgilangan.
    Umuman olganda, insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarining yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to’siqlarga duch keladi va shu to’siqlarni yengib o’tish mobaynida yangi- yangi ixtirolar yuzaga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma’lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni bartaraf qilish jarayonida vujudga keladi.

    Download 1,42 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Animatsiya hosil qiluvchi dasturlar bilan ishlash

    Download 1,42 Mb.