• Iqtisodiy protsessual huquq
  • Kurs ishi Mavzu: Iqtisodiy protsessual huquqi tushunchasi, mohiyati Ilmiy ish rahbari: Namangan 2024 Mundarija Kirish




    Download 78,85 Kb.
    bet6/21
    Sana30.05.2024
    Hajmi78,85 Kb.
    #257799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Xazratqulov Baxtiyor

    Iqtisodiy protsessual huquqning maxsus qismida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 2-bo’limiga kirgan “Birinchi instansiya sudida ish yuritish”ga bag’ishlangan normalar (17–30-boblar)ni; 3-bo’limiga kirgan “Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish”ga bag’ishlangan normalar (31–33-boblar)ni; 4-bo’limiga kirgan “Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini qayta ko’rish bo’yicha ish yuritish”ga bag’ishlangan normalar (34–37-boblar)ni; 5-bo’limiga kirgan “Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro etish”ga bag’ishlangan normalar (334–347-moddalar)ni o’z ichiga qamrab oladi4.
    Iqtisodiy protsessual huquqning manbasi deb vakolatli organlar tomonidan iqtisodiy protsessual huquqi sohasini tartibga solishga qaratilgan, iqtisodiy sudlov faoliyatiga bevosita va bilvosita daxldor bo’lgan, iqtisodiy nizo (ish)larni hal qilishda moddiy va protsessual huquq normalarini qo’llashda asos bo’ladigan normativ-huquqiy hujjatlar turkumi tushuniladi. Iqtisodiy protsessual huquqning manbalariga O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; O’zbekiston Respublikasining qonunlari; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining buyruqlari hamda qarorlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.
    O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi iqtisodiy protsessual huquqi uchun ham bosh manba hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O’zbekiston Respublikasining sud hokimiyati” deb nomlangan 22-bobi normalari bevosita iqtisodiy sudlar faoliyatiga ham tegishlidir5.
    Jumladan, Konstitutsiyaning 110-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
    Iqtisodiy protsessual huquqning asosiy manbalaridan biri O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni (2021-yil 28 iyulda qabul qilingan) hisoblanadi.
    “Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida ko’rsatilgan “Sudning vazifalari” ham bevosita iqtisodiy sudlarga tegishli bo’lib, unga ko’ra Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
    Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
    Bundan tashqari, “Sud himoyasida bo’lish huquqi” deb nomlangan 14-moddada O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar davlat organlari hamda boshqa organlarning har qanday g’ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan), shuningdek hayoti va sog’lig’i, sha’ni hamda qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida bo’lish huquqiga ega. Yuridik shaxslar ham sud himoyasida bo’lish huquqiga egadir.
    Iqtisodiy protsessual huquqining maxsus manbasi sifatida 2018-yil 1-apreldan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini ko’rsatish mumkin. Mazkur kodeks bevosita 5 ta bo’lim, 37 bob, 347 moddadan iborat bo’lgan normalarni o’z ichiga olgan. Ushbu manbaning xususiyati shundaki, bevosita mazkur Kodeksda ifodalangan normalar orqali iqtisodiy sudlar faoliyati huquqiy tartibga solinadi, jumladan ushbu manbada ish bo’yicha da’vo arizasi (ariza) ni ish yuritishga qabul qilishdan boshlab, sudga tegishli nizoli (nizosiz) talabni hal qilish va ish bo’yicha qonuniy, asosli va adolatli sud qarori chiqarish hamda uning ijrosini ta’minlashgacha bo’lgan harakatlarni amalga oshirishning protsessual tartibi qat’iy mustahkamlangan.

    Download 78,85 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 78,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi Mavzu: Iqtisodiy protsessual huquqi tushunchasi, mohiyati Ilmiy ish rahbari: Namangan 2024 Mundarija Kirish

    Download 78,85 Kb.