• Kurs ishining hajmi
  • Kurs ishi Mavzu: Iqtisodiy protsessual huquqi tushunchasi, mohiyati Ilmiy ish rahbari: Namangan 2024 Mundarija Kirish




    Download 78,85 Kb.
    bet3/21
    Sana30.05.2024
    Hajmi78,85 Kb.
    #257799
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Xazratqulov Baxtiyor

    Mavzuni ilimiylik darajasi: Kurs ishi amalda foydalanib kelinayotgan (Alimova R., Otaxo’jaev S. Sud ekspertizasini tashkil qilish va o’tkazish masalalari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001; Q. Avezov – (Toshkent viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʼyicha sudyasi, yu.f.f.d), N.Imomov – (Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi mudiri, professor, yu.f.d), - “Iqtisodiy protsessual huquq”., darslik, Toshkent: TDYUU, 2021;) kitoblar va O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 28 iyulda qabul qilingan “Sudlar to’g’risida”gi Qonunlari, “Iqtisodiy protsessual kodeksi” lari orqali yozildi.
    Bu jihatdan kurs ishida Q. Avezov va N. Imomovlarning “Iqtisodiy protsessual huquq” darslik kitobidagi fikrlar, qarashlar ham keng o’rin olgan.
    Kurs ishining hajmi: Ushbu kurs ishi 30 betdan iborat bo’lib, 2 ta bob va ularni to’ldirib turuvchi 7 bobni o’z ichiga oladi, kurs ishi kirish qismi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bandidan tashkil topgan.


    1. IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQ

      1. Iqtisodiy protsessual huqu tushunchasi

    O’zbekiston Respublikasining milliy huquq tizimida iqtisodiy protsessual huquq protsessual huquq sohalari ichida mustaqil protsessual huquq sohasi hisoblanadi. Iqtisodiy protsessual huquqning vujudga kelishi va rivojlanishi O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishishi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy huquqiy islohotlar bilan uzviy ravishda bog’liq. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti asosini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etar ekan, ushbu tizimda tadbirkorlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Asosiy Qonunimiz iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
    Davlat tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, uni rivojlantirish va mustahkamlash uchun huquqiy asoslar negizini to’liq shakllantirishga erishdi. Ushbu huquqiy asoslarning bir qismi iqtisodiyot sohasida, tadbirkorlik sohasida vujudga keladigan nizolarni hal qilish uchun asosiy huquqiy maydon vazifasini o’taydi1.
    Iqtisodiy protsessual huquq, garchi boshqa huquq sohalari kabi qadimiy va tarixiy bo’lmasa ham bugungi kunda odil sudlov tizimida o’z o’rniga va o’ziga xos protsessual mexanizmga ega. Iqtisodiy protsessual huquq o’zining konstitutsiyaviy asoslariga ega va bu asoslar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Iqtisodiy protsessual huquq predmeti doirasida qamrab olinayotgan munosabatlar, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlari o’rtasidagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq nizolarni hal etish, mamlakatimiz iqtisodiyoti sohasida vujudga keladigan iqtisodiy nizolarni hal etish va mamlakatimiz iqtisodiyotini boshqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi2.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 78,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi Mavzu: Iqtisodiy protsessual huquqi tushunchasi, mohiyati Ilmiy ish rahbari: Namangan 2024 Mundarija Kirish

    Download 78,85 Kb.