Tadqidiy-ijodiy yondashuv




Download 49,03 Kb.
bet5/10
Sana07.01.2024
Hajmi49,03 Kb.
#131580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
aaaqs

Tadqidiy-ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta’limning maqsadi talabada biror muammoni yechish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, xarakatning yangi usullarini topish, shahsan tashabbus kursatishni ko‘zda tutadi.
Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xarakteri bilan bg‘lik.
Bu yondashuvda talabaning o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda raxbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusini qo‘llab- quvatlaydi, bola bilan xamkorlik qiladi, talabaning fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha xam o‘qitishtexnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida an’anaviy yondashuv o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘ldi, tizimli texnologik, tizimli va tadqiqiy
yondashuvlardan xar birining ta’lim tizimida o‘z o‘rni bor va o‘z joyida qolishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning turli darajalari uchun (repraduktiv, maxsuldor, tadqiqiy-ijodiy) o‘qitishtexnologiya variantlari ishlab chiqilgan.
Keng qo‘llamda amalga oshirilayotgan ta’lim isloxatlari ta’limnig ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqozo qiladi. Bu o‘z navbatida pedagog xodimlardan ta’lim soxasiga texnologik yondashuvni, o‘qitish texnologiya usulini egallashni va O‘zbekistonning milliy, ma’naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg‘or an’analarini xisobga olgan xolda o‘qitishamaliyotda qo‘llash va rivojlantirishni talab etadi.
Texnologik yondashuv mavjud an’anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich, ayrim elementlari amalga oshirilaverishi xam mumkin. Bu birinchi navbatda o‘qitishtexnologiyaning muxim qismi - predmetlar va mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.
O‘qitishtadqiqotchilar ta’lim-tarbiya xodisalarini o‘rganganda ma’lum darajada bu yondashuvlarni qo‘llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar xam bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samardorligi ancha yukori bo‘lar edi.

Download 49,03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 49,03 Kb.