• Muammoli о‘qitish texnologiyasi.
  • ‘qitishning informatsion va telekommunikatsiya texnologiyasi.
  • Avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimi
  • Dasturlanadigan о‘qitish texnologiyasi.
  • О‘qitishning kreativ texnologiyasi




    Download 49,03 Kb.
    bet7/10
    Sana07.01.2024
    Hajmi49,03 Kb.
    #131580
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    aaaqs

    О‘qitishning kreativ texnologiyasi. Ta’lim oluvchi ijodiy fikrlashini uzluksiz shakllantirib boruvchi va qobiliyatini rivojlantiruvchi texnologiyadir. Uning maqsadi insonda ijodkorlikni uyg‘otish va uning о‘zida mavjud bо‘lgan ijodiy imkoniyatni rivojlantirishdir.
    Loyihalash usulini qо‘llab о‘qitish texnologiyasi. Pedagogik jarayon chizmasi asosida dars olib boriladi va texnologik xarita tuziladi. Uning maqsadi ta’lim oluvchining ijtimoiy-madaniy muhitda loyihalash faoliyatiga faol kirishishi uchun о‘zining mavjud bilimlarini faollashtirishga va yangilarini olishga yо‘naltirilgan.
    Muammoli о‘qitish texnologiyasi. Rivojlantiruvchi о‘qitish texnologiyasi bо‘lib, faol bilim ortirish jarayonini rag‘batlantiradi va fikrlashning mantiqiy ketma-ketlik stilini shakllantiradi. Muammoli о‘qitish mohiyati ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning о‘qitishda muammoli vaziyatlarni ashkil etish va о‘quv masalalar, muammolar va savollarni yechish yо‘li bilan yangi bilimlarni о‘zlashtirish faoliyatini boshqarishdan iborat.
    О‘qitishning informatsion va telekommunikatsiya texnologiyasi. Bu kompyuterlar va telekommunikatsion vositalari yordamida axborot uzatish usullarining majmui, bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish. О‘qitishdagi informatsion texnologiya darajasi, ham dasturlar, ham apparatlar bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab baholanadi.
    Avtomatlashtirilgan о‘qitish tizimi. О‘quv kursini yoki uning katta bо‘limini mustaqil о‘zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim о‘zida oddiy darslik masalalar tо‘plami, laboratoriya mashg‘ulotlari, ma’lumotnoma va о‘zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlashtiradi:

      • О‘quv materialini о‘rganishning maqbul yо‘lini ta’minlaydi.

      • Taxlil va tadqiqotchilik faoliyati kо‘nikmalarini singdiradi.

      • Ta’lim oluvchining vaqtini tejashga imkon beladi.

    Dasturlanadigan о‘qitish texnologiyasi. Bu maxsus ishlab chiqilgan dasturlar asosida о‘rgatuvchi qurilmalar yordamida bilim, mahorat, kо‘nikmalarini mustaqil olish imkonini ta’minlovchi texnologiyadir. О‘qitish texnologiyasida quyidagi dasturlar bо‘lishi mumkin: Chiziqli; Tarmoqlangan; Adaptiv; Umumlashtirilgan; Dastur r-algoritmik; Blokli о‘qitish; Modulli о‘qitish; Bilimlarni tо‘liq о‘zlashtirish
    Bu texnologiyalarni qо‘llash orqali ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va kо‘nikmalari rivojlantiriladi hamda samaradorlikka eirishiladi. О‘qitish natijasini ta’lim oluvchi hatti-harakatlariga о‘tkazish muammosini ikki xil usul bilan hal etish:

    1. О‘quv maqsadlarining shunday tizimini yaratish kerakki, uning ichida о‘quv maqsadlarining toifalari va darajalari ketma-ketligi aniq belgilangan bо‘lsin. О‘quv maqsadlarining bunday tizimi pedagogik taksonomiya deb ataladi.




    Download 49,03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 49,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘qitishning kreativ texnologiyasi

    Download 49,03 Kb.