|
Ta`limda texnologik yondashish variantlari
|
bet | 6/10 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 49,03 Kb. | | #131580 |
Bog'liq aaaqsTa`limda texnologik yondashish variantlari. O‘qitishga texnologik yondashish, ya’ni o‘quv jarayonini ham ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan xarakterga ega bo‘lishini ta’minlashga oid dastlabki izlanishlar o‘tgan asrning 50-yillarida amerikalik pedagog olimlar tomonidan olib borilgan. Xususan, «o‘qitish texnologiyasi» iborasi ham birinchi marta amerikalik olim B.Skinner tomonidan ishlatilgan. U - «o‘qitish texnologiyasi-psixologiya fani yutuqlarining o‘qitishamaliyotda qo‘llanishidan iborat», deb ta’riflagan. Bunga asosan shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda «o‘qitishtexnologiya»
tushunchasiga «yangi», «ilg‘or» va «progressiv» kabi so‘zlarni qo‘shib aytilishi ham nisbiy mazmunga ega. Xususan, O‘zbekistonda o‘qitishga texnologik yondashishni ommalashmaganligining sababi, bu usulni «test» va «bixeviorizm» tushunchalari bilan bog‘liqligi, sobiq ittifoq miqyosida ulardan o‘qitishamaliyotda foydalanishni uzoq vaqt ma’n qilinganligidir.
Lekin, haqqoniylik nuqtai nazardan shuni ta’kidlash lozimki, buyuk pedagog A.S.Makarenko o‘tgan asrning 30-yillarida bunday degan edi: «Bizning o‘qitishishlab chiqarishimiz hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, balki u ahloqiy vazxonlikka asoslangan. Aynan shuning uchun ham: texnologik jarayon, mehnat operatsiyalarini hisobga olish,... yordamchi uskunalar, meyorlash, qo‘yimlar, yaroqsiz mahsulotlar bo‘limi kabi, ishlab chiqarishga xos bo‘lgan muhim bo‘g‘inlar unda o‘zidan-o‘zi ishtiroksiz qolmoqda». Hozirga kunda jahon pedagogikasida «o‘qitishtexnologiya» tushunchasiga 12 xil tarif berilganligi ma’lum.
Masalan: «Ta’lim texnologiyasi ilmiy va boshqa bilimlarning amaliy masalalarni hal etishda tizimli ravishda qo‘llashdan iborat» (Golbrayt).
«O‘qitish texnologiya ta’limini tizimlashtirish yoki sinfda o‘qitishni tizimlashtirish g‘oyalarini pedagogikaga tadbiq etishdan iborat» (T.Sakomoto).
«O‘qitish maqsadlarga erishishda foydalaniladigan barcha shaxs, amaliy va uslubiy vositalarning tizimlashgan majmui va ularni faoliyat ko‘rsatish tartibi» (Klarin M.V).
Yuqoridagi ta’riflarda o‘qitishtexnologiyaning tub mohiyati o‘quv jarayoniga tizimiy yondashishdan iborat ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan o‘qitishtexnologiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Ta’lim jarayonini, unga mukammallik, aniqlik, yo‘lga solinganlik, tartiblik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshirish va optimallashtirish yo‘llarini izlash pedagogika sohasida doimo olib borilgan. Yan Amos Kamenskiy o‘quv jarayonida “vaqt, predmetlar va usullar”ni shunday ustalik bilan taqsimlagan va uning ideal variantini izlab topishga harakat qilgan. Shunda, Kamenskiyning fikricha, “hamma narsa, to‘g‘ri vazminlikdagi toshlari bo‘lgan soat kabi, hamda bunday turdagi avtomatni ko‘rish kabi yoqimli va quvonchli va oxir- oqibatda, bunchalik mohirlik bilan yaratilgan instrumentda erishish mumkin bo‘lgan to‘g‘rilik bilan ilgariga qarab yuradi”.
Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga, ishlab chiqarish-texnologik jarayon, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko‘zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.
O‘qitishtexnologiya oqimi AQSH da dunyoga kelgan bo‘lib, XX asrning 70- 80 yillarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab oldi va YUNESKO tomonidan ma’qullandi. Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi. Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. Ta’lim texnologiyalarning predmeti
ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan.
Bizning ta’lim nazariyasi va amaliyotida, o‘quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50 – yillardan boshlangan. Ular, an’anaviy o‘qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o‘z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda,
o‘qitishtexnologiyaga oddiygina «o‘qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo‘llash yo‘li bilan hamda qo‘llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadida tadqiqotlardir». (Mejdunarodno‘y yejegodnik po texnologii obrazovaniya i obucheniya, 1978-79, London, Nyu-York, 1978. S. 258. (ingliz tilida ) – sit(16).
V.P.Bespalko bo‘yicha, barcha ta’lim va tarbiya ishlarini o‘qitishtexnologiya yo‘liga o‘tkazish – o‘quv amaliyotini, o‘qitishjarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi. О‘qitish texnologiyalari quyidagilardan iborat:
Kreativlik; Loyihalash; Muammoli; Informatson va telekommunikatsion;
Avtomatlashtirilgan; Programmalashtirilgan.
|
| |