|
Ilmiy-texnik taraqqiyot va ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish vazifalari
|
bet | 2/10 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 49,03 Kb. | | #131580 |
Bog'liq aaaqs1.1 Ilmiy-texnik taraqqiyot va ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish vazifalari
O‘qitish texnologiyaning samaradorligi shundan iboratki, unda turli o‘qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo‘yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa barcha o‘quv yurtlariga yagona Davlat ta’lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, O‘zbekistonlik pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir. Barcha o‘qituvchilar qanday qilib deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkinligini, ya’ni o‘quv jarayonini takrorlanuvchanligini ta’minlashni tushunish uchun muloqotni davom ettiramiz.
An’anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati, o‘qituvchi ma’lum axbarotni gapirib beradi, tushuntiradi, talab esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axbarot ma’nosida tushuniladi. Talabada bilim bor-yo‘qligi imtixonda shu axabrotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u kupincha yuzaki bo‘lishi xam mumkin. Bunday bilim xotirada o‘zoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi, ba’zan eslay olmasligi xam mumkin.
An’anaviy o‘qitish usulida ta’lim maqsadi dastur talabiga binoan anik ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati xaqida muallim anikq tasavvurga ega bo‘lmaydi.
An’anaviy ta’lim mamlakatimiz o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jixatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba tuplangan. An’anaviy ta’lim usulini takomillashtirish soxasida izlanishlar davom etayotir, lekin uning obektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim soxasidagi isloxatlar, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika talablari - ta’lim usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan extiyoji o‘rtasida nomunosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta’limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yuli bilan xal etish lozim.
|
| |