• O‘qitish tizimi
  • Курс иши Рохила




    Download 49,03 Kb.
    bet3/10
    Sana07.01.2024
    Hajmi49,03 Kb.
    #131580
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    aaaqs

    Tizimli yondashuv. Tizim so‘zi - tuzilma, qismlardan tuzilgach, birikkan yaxlit narsa yoki xodisa ma’nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so‘zi, boshqa ma’nolarga xam ega. Masalan, tizim-ip, sim kabilarga terilgan narsa; tizim- shoda (bir tizim marvarid, bir shoda marjon kabilar). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, xarakatlar tizimi, o‘qitishtizim kabi tushunchalar shaklida xam qo‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilariga ko‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavxum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.
    Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va o‘qitishamaliyotning bir yunalishi sifatida universal tavsifga ega, pedagogikada keng qo‘llaniladi, ta’lim- tarbiyaga xam o‘qitishtizim sifatida qarash lozim.
    “Tizimli yondashuv” tushunchasi kupincha “tizimli metod”, “tizimli taxlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘lik xolda qo‘llaniladi. Chunki tizimli taxlil usullari xam obektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, aynqsa, tuzilish - vazifasiga ko‘ra bajariladigan taxlilga juda yaqin. Tizimli taxlilning obektni yaxlit narsa yoki xodisa (tizim) xisoblanadi, u, birinchidan, obektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va tutrtinchidan, tizimning atrof-muxit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.
    Tizimli yondashuvda bir qancha qoida-prinsiplar majmuidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday qoida-prinsiplar qatoriga, jumladan, qo‘yidagilar kiradi: mavxumlikdan yaqqollikka karab borish; analiz bilan sintezning, mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi; obektda bog‘lanishlar va o‘zaro ta’sirlarning turlichaligi; obektning tuzilishi - vazifalari va kelib chiqishi xaqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.
    O‘qitish tizimi - inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy - o‘qitishxodisa bo‘lib, uning tarkibi o‘qitishjarayonning obektlari va su’bektlari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi
    munosabatlar, o‘zaro ta’svirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogika va tor (jins va tur) tushunchalarni ichiga oladi; pedagogika - fan; pedagogika – o‘quv predmeti; o‘qitish- inson faoliyatining bir soxasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning xar biri ma’lum qismlardan tuzilgan tizim xisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilariga ko‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. O‘qitishfanlar tizimiga - pedagogika nazariyasi va tarixi; o‘qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogika; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy-ma’rifiy ishlar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika kabilar kiradi.
    Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta’lim- tarbiyaning yunalishlari, turlari tizimi; uzluksiz ta’lim tizimi; ta’lim muassasalari tizimi; o‘qitishixtisosliklar tizimi; o‘quv vazifalari, o‘quv axbarotlari tizimi kabilar xam o‘qitishtizim tarkibiga kiradi.

    Download 49,03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 49,03 Kb.