• 2.2 O’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi
  • II Bob O’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi




    Download 49,03 Kb.
    bet9/10
    Sana07.01.2024
    Hajmi49,03 Kb.
    #131580
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    aaaqs

    II Bob O’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi
    2.1 Ta`lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish-barcha o‘qitish texnalogiyalarining asosi
    Prezidentimiz I.A.Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechog‘li faol munosabatda bo‘lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi – ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
    Bizningcha, bu g‘oyani ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari ro‘yobga chiqarish mumkin:

    • faoliyat turlari (moddiy, amaliy ijtimoiy, ma’naviy);

    • ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);

    • ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);

    • moddiy, ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldirilgan boyliklar).

    Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, «Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi».
    Kadrlar tayyorlash sohasida hozirga qadar amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar faqat mavjud ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan edi. U shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlari bilan kasbiy tayyorgarlikning amaldagi tizimi o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etishni ta’minlamas edi. Xalqaro tajribani, mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ahvoli va muammolarini tahlil qilish asosida uning prinsip jihatidan yangi modeli ishlab chiqildi.
    Kadrlar tayyorlash tizimi yangi modelining mohiyati va o‘ziga xos xususiyati unga asosiy tarkibiy qismlari sifatida quyidagi komponentlar kiritilganligidadir:

      • shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti, ta’limga oid xizmatlarning iste’molchisi va ularning yaratuvchisi;

      • uzluksiz ta’lim – kadrlar tayyorlashning poydevori asosi;

      • fan – yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ularning iste’molchisi;

      • ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning istiqbolini belgilashni, ularning tayyorgarlik darajasi sifatini baholashni, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini qisman moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minlashni amalga oshiruvchi asosiy buyurtmachi;

      • davlat va jamiyat – kadrlarning tayyorgarligi sifatini nazorat qilish va baholashni amalga oshiruvchi, kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning bosh kafillari.

    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» umumiy madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi hayotga moslashtirish, kasb-korga va ta’limga oid dasturlarni ongli ravishda tanlash hamda keyinchalik ro‘yobga chiqarish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-o‘qitishva boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, oila va jamiyat, davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglovchi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi.
    Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur’atlar bilan kirib borish jarayoni respublikamiz aholisi uchun ta’lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu birinchi navbatda bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalar ustuvor bo‘lgan va xalq xo‘jaligining rivojlangan tarmoqlariga, ta’lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog‘liq bo‘ladi.
    Kadrlar tayyorlash muammosining samarali yechimi birinchi navbatda bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o‘xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, har tomonlama chuhur bilimga ega bo‘lgan ûqituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida ta’kidlab o‘tganlaridek: «Domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o‘z ustida ishlamasa, o‘z sohasi bo‘yicha chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasa, tajriba almashtirilmasa, albatta bunday ahvol ûquv jarayoniga va uning samarasiga salbiy ta’sir qiladi».1
    Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash quyidagilar hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan:

      1. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali aloqadorligi.

      2. Ta’lim korxonalari va professional ta’lim dasturlari turlarining xilma- xilligi, ularning fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va ko‘rinishlaridan foydalanish.

      3. Professional ta’lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirish.

      4. Ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaratish hamda ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash. Professional ta’lim tizimiga eng yuqori malakali ûqituvchilarni va mutaxassislarni jalb ettirish.

      5. O‘quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish.

      6. Kadrlar tayyorlashning sifat bahosini va obektiv nazorat tizimini qo‘llash.

      7. Shaxsning rivojlanishi, o‘lchovi, sifat va xulqini, qobiliyat intellektini baholash va kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan psixologik- o‘qitishizlanishlarni bajarish.

      8. O‘qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilish.

    Bu holatlarning barchasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z aksini topgan. Bugungi kunning mutaxassisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega bo‘lgan, fan asoslarini chuqur o‘rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli va ma’naviyatli inson bo‘lishi kerak. U o‘z mutaxassisligidan tashqari, xorijiy tillardan birini egallagan bo‘lishi hamda kompyuter texnikasidan foydalana olishi shart.
    Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi o‘qitishtexnologiyalar, ta’lim-tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha sifatli bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni ta’minlovchi o‘qitishusullarni qo‘llay bilishi lozim. U o‘qitishtexnologiyalarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o‘rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, amaliy yo‘llanmalar ishlab chiqishi, ilg‘or o‘qitishva axborot texnologiyalarini o‘zlashtirganidan so‘ng, uni ta’lim tizimiga joriy eta olishi kerak.
    2.2 O’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan hayotimizning barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Bu o‘zgarishlar butun ta’lim sohasini qayta qurishni maqsad, vazifa, ta’lim muassasalarining faoliyati mazmunini o‘zgartirishni talab etdi. Milliy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlatimiz olib borayotgan islohotlarni amalga oshirish uchun jamiyat barqarorligi va davlat xavfsizligi talab etiladi. Shunga ko‘ra, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zamonaviy o‘qitish vositalari va axborot texnologiyalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etib amalga oshirish zarurligiga ahamiyat berilgan. Yangi turdagi ta’lim muassasalari zamonaviy jihozlar, jumladan: yangi kompyuter sinflari, telemarkazlar, multimedia texnologiyalari, o‘quvlaboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Birinchi yondashuv doirasida intellktual rivojlanishdagi tafovut intellekt rivojlanishining umumiy modeli bilan bog‘liq. Ko‘pincha bu tafovutlar “umumiy aqliy qobiliyat” tushunchasi bilan sharhlanadi. “Insonning bilish qobiliyati” kitobi muallifi D.B. Kerrollning ta’kidlashicha, qobiliyatni o‘rganishdagi asosiy muammo, qobiliyatning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi psixologik sifatlarni aniqlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, umumiy aqliy qobiliyat deganda rivojlanishning ma’lum miqdordagi ko‘rsatkichlaridan tashkil topgan intellekt sifati tushuniladi. Bu sifat va ko‘rsatkichlar intellektni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri hisoblangan statistik modellar orqali aniqlanadi. Aqliy qobiliyat rivojining darajasi esa, an’anaviy ravishda intellektni testlash orqali belgilanadi. Tabiiyki test tizimlarini yaratish va ulardan olingan natijalarni sharhlash ham intellekt rivojining u yoki bu konsepsiyasiga asoslanadi. Bu yo‘nalishda birinchi qadam Annotatsiya L.Termen modifikatsiyalarida keng tarqalgan Bine testi hisoblanadi. Intellekt rivojida individual farqlanish uning miqdori bilan aniqlanadi va u IQ bilan o‘lchanadi. IQ da farqlanish o‘quvchilarni aqliy qoloqlikdan toki aqliy ista’dodlilikkacha bo‘lgan intellectual qobiliyatlarini farqlash imkonini beradi. Bu farqlanishlarga mos tavishda hozirgi kunda o‘quvchilar bilan ishovchi, va turli aqliy qobiliyat darajalariga mos keladigan ta’lim dasturlari va tizimlari ishlab chiqilmoqda. D. Veksler intellekt rivojida jiddiy burilish yasagan. U intellektni strukturali ta’lim sifatida qaragan. D. Veksler intellektni markazlashgan holda faoliyat ko‘rsatish, ratsional fikrlash va atrof-muhit voqyeligi bilan effektiv aloqa qilish qobiliyati sifatida tushungan.
    Intellektni bunday umumiy ta’riflashda D. Veksler aqliy qobiliyatni verbal va noverbal (tasavvur qilish qobiliyati) turlarga bo‘lgan va har bir o‘quvchida u yoki bu qobiliyatlar guruhi baland turishini ko‘rsatgan. 1949-yil o‘quvchilarning aqliy rivojlanishlarini aniqlashuchun verbal va noverbal shkalali testlar nashr qilingan.
    Verbal shkalada quyidagi testlar mavjud bo‘lgan:
    ◄ informatsiya (o‘quvchining atrof-muhit voqeligi haqidagi bilimi),
    ◄ zehinlilik (bilimlarni qabul qilish va tashkil etish),
    ◄ o‘xshashlik (obyektlarni bir necha prinsplari bo‘yicha o‘xshashligini aniqlash),
    ◄ arifmetika (arifmetik amallarni o‘zlashtirish darajasi, shuningdek, diqqatni jamlash va qisqa muddatli xotira rivoji darajasi),
    ◄ lug‘at (so‘zlarni aniqlash),
    ◄ sonli qatorlar (qisqa muddatli xotira va diqqat rivojini aniqlash uchun sonli
    qatorlarni takrorlash),
    ◄ gap (gapni takrorlash – qisqa muddatli xotira va diqqatni rivojlantirish).
    Noverbal shkalada esa masalalar qo‘yilgan:
    ◄ rasmni to‘ldirish (rasmni yetishmaydigan qismini to‘ldirish),
    ◄ rasmlar ketma-ketligi (aniqlangan syujetga mos rasmni topish),
    ◄ qirqilgan rasmlar (rasm qismlaridan uni to‘la holga keltirish),
    ◄ kodlash (berilgan koddan foydalanish),
    ◄ labirintlar (labirintdan yo‘lni topish),
    ◄ geometrik shakllar (geometrik shakllarni ko‘chirish),
    ◄ hayvonlar uchun qoziqlar (rangli silindrlar yordamida hayvonlar rasmlari ketmaketligini kodlash),
    ◄ simvolni izlash (simvollar orasidan talab etilganini topish).
    Bu ikki shkala bo‘yicha o‘quvchining aqliy rivojini tabaqalarga ajratgan holda baholash nafaqat o‘suvchi, balki intellekt rivojida sifatli individual qobiliyatni aniqlash imkonini beradi. Shunga o‘xshash L.Terstoun intellektni uning umumiy faktorlari rivojlanishi nuqtayi nazaridan baholashga qarshi chiqqan. U turli guruhdagi qobiliyatli o‘quvchilar borligini, bunday o‘quvchilar boshqalariga nisbatan bir xil qobiliyat rivojining yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishlarini ko‘rsatib bergan. Ularda quyidagi yetti asosiy aqliy qobiliyat ajralib turadi:
    ◄ Verbal tushuncha (so‘z ma’nosini tushunish),
    ◄ Og‘zaki (gapirish) qobiliyat (so‘zlardan iborat materialni tez manipulyatsiya qilish),
    ◄ Sonlar bilan ishlash, fazoviy tasavvur qilish, xotira,
    ◄ Anglash tezligi (turli obyektlar orasida joylashgan rasm detallarini tez farqlash),
    ◄ Fikrlash.
    L.Terstoun shuningdek, bu qobiliyatlar nafaqat o‘quvchining aqliy rivojlanishini individual xarakteristikasi ekanligini, balki inson hayoti davomida (tug‘ilganidan 20 yoshgacha) rivojlanishning turli dinamikasiga ham ega bo‘lishini ko‘rsatgan. Intellektual qobiliyat rivojining eng differensiallashgan (tabaqalarga ajratilgan) modelini Dj. Gilford ishlab chiqqan. U aqliy qobiliyatni amallar birligi sifatida qaragan.
    Uning modelida intellektni quyidagilarga ajratilgan:
    1. Beshta turli amallar (operatsiya):
    ◄ dunyoni anglash – axborotni topish va tushunish;
    ◄ xotira – axborotni saqlab turish va tasvirlash;
    ◄ divergent produksiyalash – axborotni umumlashtirish orqali yechimning turli variantlarini ishlab chiqish;
    ◄ baholash – yechimning qanoatlantiruvchanligini aniqlash;
    2. To‘rt turdagi mazmun (soderjaniya):
    ◄ obrazli – axborot obrazlar ko‘rinishida taqdim etiladi;
    ◄ simvolli – axborot shartli belgilar ko‘rinishida beriladi;
    ◄ semantik – axborot so‘zlar orqali beriladi;
    ◄ povedenik (xulq-atvorli) – asosan, noverbal axborotning insonlar bilan o‘zaro aloqasi.
    3. Olti ko‘rinishdagi mahsulot (produkt):
    ◄ o‘lchov – axborotning alohida o‘lchovi;
    ◄ sinflar – o‘lchovlarni ularning umumiy xususiyatlari bo‘yicha birlashtirish;
    ◄ aloqa – sinflar va o‘lchovlar aro aloqa prinsiplari;
    ◄ tizimlar – sinflar, o‘lchovlar va aloqalarni tashkiliy va strukturali birlashtirish;
    ◄ trasformatsiya – mavjud axborotni modifikatsiyalash (tuslash);
    ◄ implikatsiya – axborotni ekstrapolyatsiyalash.
    Ushbu strukturalashgan modelga muvofiq intellektning 120 aqliy qobiliyat variantlarini ajratish va ularni uch turga: aniq, abstrakt va ijtimoiy guruhlash mumkin. Shunday qilib bu model o‘quvchilarni ularning intellektual rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratish imkonini beradi.
    Hozirgi kunda 120 xil turli qobiliyat borligiga shubhalar bildirilmoqda. Lekin Dj. Gilford modeli: bir tomondan umumiy aqliy rivojlanishda o‘quvchilarning alohida qobiliyatlari rivojlanishi va ular bilan mavjud ta’lim ishlarini tashkil etish uchun, boshqa tomondan konvergant va divergent qobiliyatlarni ajratish uchun ta’kidlanadi.
    Ushbu model asosida bajarilgan tadqiqot ishlari o‘quvchilarda konvergent va divergent qobiliyatlar rivojlanishi mos kelmasligini ko‘rsatdi va bu ikki qobiliyat turlarini aniqlash uchun boshqa diagnostik tizimlardan foydalanish kerakligi ma’lum bo‘ladi.
    Sal keyinroq R. Kettell intellektni ikki turga ajratdi, bular:
    1. Flyuid.
    2. Kristallashgan.
    Flyuid intellekning rivojlanish darajasi genetik aniqlanadi va aynan u intellectual qobiliyatning yuqori chegaralarini aniqlaydi. Kristallashgan intellekt rivoji atrof-muhit ta’sirlariga va o‘quvchini o‘qitish xususiyatlariga asoslanadi. R. Kettell intellektning bu ikki turini turli o‘quvchilarda turli bo‘lishini ko‘rsatib bergan. “Sonli qatorlar” va “Arifmetika” subtestlari flyuid intellektni, “Axborot” va “Lug‘at” subtestlari esa kristallashgan intellektni xarakteristikalash uchun ishlatilgan. Shunday qilib, bu guruhda o‘quvchining aqliy rivojida individual tafovut xarakteristikani o‘rganish strukturalashgan komponentlar ifodasi orqali amalga oshiriladi.
    Psixologik tadqiqotning statistik dizaynini qurish prinsiplarini ishlab chiqish va undan foydalanish ushbu yondashuvning eng katta yutug‘i hisoblanadi. Ushbu yondashuvda mavjud bo‘lgan test tizimlari nazariy va amaliy psixologiyada keng tarqaldi. Bu yondashuv ustida ishlovchi psixologlar o‘quvchilarga qo‘yiladigan masalalar ichidan aniq bilimlardan foydalanish imkoniyati bo‘lganlarini olib tashlashga intilishmoqda, ya’ni ular o‘quvchining haqiqiy intellektual imkoniyatlarini (uning aniq imkoniyatidan tashqari) aniqlash maqsadini ilgari surishmoqda. Bu kabi intilish (tamoyil) larni amalga oshirish jiddiy kelishmovchilikka olib keldi:
    Bir tomondan o‘quvchining intellektual qobiliyati “sof holda” aniqlandi, boshqa tomondan bu qobiliyatlar o‘quvchi intellektining paydo bo‘lishida, ayniqsa o‘quv jarayonida qanday munosabatda bo‘lishi umuman tushunarsizligicha qoldi. Bunday kelishmovchiliklarga ikkinchi yondashuv asosida sezilarli darajada barham berildi.
    Ikkinchi yondashuvni o‘quvchi intellktual rivojida tafovutni tahlil qilishda psixo-ta’lim sifatida tavsiflash mumkin. Bu yondashuvda o‘quvchining aqliy rivojlanishini ta’lim kontekstida ko‘rib o‘tiladi.
    Bir tomondan, maxsus ishlab chiqiladigan testlar yordamida o‘quvchilarni ta’lim, ayniqsa matematika va o‘qishning turli sohalariga erishishlari tahlil qilinadi. Ushbu testlardan olingan natija asosida o‘quvchilar bilan ularning turli bilim sohalaridagi harakatlariga qarab individual ishlash rejalashtiriladi. Boshqa tomondan o‘quvchilar aqliy qobiliyatining rivojlanish xususiyatlari ularning ta’lim sohalaridagi yutuqlari bilan, ularning akademik muvaffaqiyatlari bilan muhokama qilinadi.
    Bunday holda pedagoglar oldida o‘quvchilar bilan ularning aqliy qobiliyatlari rivojlanishi xususiyatlaridan kelib chiqib individual ishlash strategiyasi ma’lum bo‘ladi.
    Demak, “tadrijiy” o‘quvchilar uchun axborotni kichik bo‘laklarga ajratib qayta ishlashni tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday o‘quvchilar harflar va so‘zlar guruhini yodlashga, yongi yozuvni o‘zlashtirishga, tafsilotlarni yodlashga, grammatika qoidalarini o‘zlashtirishga, ketma-ket yo‘riqnoma (instruksiya) larni bajarish kabi ishlarga qobiliyatli bo‘lishadi. Lekin ular o‘qilgan, ishlatilagan aniq materiallar, sxemalar, xarita va boshqalarning ma’nosini “anglash”da qiyinchilikka duch kelishadi. Shunday qilib, bunday o‘quvchilar bilan ishlashda pedagoglarga axborotni ma’lum qismlarga ajratgan holda taqdim etishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu ularni o‘qiganlarini gapirish; tanishgan materiallarini va boshqa narsalarni qayta tahlil qilishlari imkonini beradi.
    “Simultan” o‘quvchilar uchun ayni bir vaqtda keluvchi axborot qismlarini sintezlash va birlashtirish tavsiya etiladi. Bunday o‘quvchilar harflarni tez farqlashadi; rasm mazmunini oson tushunishadi; matematik yoki ilmiy prinsiplarni o‘zlashtirishadi. Shu bilan birgalikda ularga mantiqiy instruksiyalarni, o‘yinlar qoidalarini tushunish, detallar tavsifini bilish va yodlash qiyin bo‘ladi. “Simultan” o‘quvchilar bilan ishlaganda ularga muammo yoki savolning to‘liq tavsilotini berish kerak. Ularga yod olinishi kerak bo‘lgan axborotni vizuallashtirishga (tasvirlashga) ruxsat berish, belgili va ko‘rgazmali materiallar bilan ishlashlariga imkon berish tavsiya etiladi.
    Uchinchi yondashuvda aqliy rivojlanishda individual xususiyatlarni aniqlash tamoyillari batafsil ko‘rib chiqiladi. Bu yondashuvda kognitiv usullarni tahlil qilinadi. G. Uitkin va Dj. Kaganlarning kognitiv usullari klassifikatsiyalari (tasnifi) keng tarqalgan. G. Uitkin qabul qilinadigan axborotni tashkil etish va anglashdagi farqlar asosida ikki: jinsga bog‘liq va jinsga bog‘liq bo‘lmagan kognitiv usullarni ta’kidlagan.
    Jinsga bog‘liq bo‘lmagan subyektlar uchun atrof-muhit voqea-hodisalarini qayta strukturalash va sharhlash xosdir. Jinsga bog‘liq subyektlar, aksincha, vaziyatni boricha qabul qilishlari bilan xarakterlanadi.
    G. Uitkinning ta’kidlashicha, kognitiv usullar inson hayoti davomida yetarlicha turg‘un xarakteristika hisoblanadi va akademik saviyani hamda ijtimoiy xulq-atvorni aniqlaydi. U yoki bu usulni ustun ko‘rish tarbiya bilan bog‘liqdir. Dj. Kagan kognitiv usullar tipoligiyasining boshqa prinsiplarini taklif etadi. Uning fikricha, berilgan masalani o‘quvchining yechish usuliga qarab impulsiv va refleksiv turlarga ajratish mumkin.
    O‘quvchining aqliy rivojlanishdagi tafovutni o‘rganuvchi, yuqorida sanab o‘tilgan yondashuvlardan tashqari o‘quvchining u yoki bu guruhga tegishliligi nuqtayi nazaridan farqlarni tavsiflovchi katta tadqiqot guruhlari ham mavjud. Bu intellektual rivojlanishda o‘quvchi jinsi, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, irqiy va etnik farq, irsiyat kabi faktorlarning ta’sirini tahlil qiluvchi jarayonlardir. Shunday qilib, o‘quvchining intellektual rivojlanishida individual tafovutni tahlil qiluvchi asosiy yondashuvlar uch muhim muammo yuzasidan guruhlarga ajratiladi.
    Bulardan birinchisi – intellektual qobiliyat strukturasi va rivojlanishda bu strukturadagi u yoki bu komponentning ustunligi. Ikkinchi muammo turli usullarni qo‘llash nuqtayi nazaridan olganda kognitiv strukturani aytish mumkin (turli kognitiv usullarning mavjudligi). Va nihoyat, uchinchisi bu – o‘quvchining aqliy rivojlanishi sharoitlarini tashkil etishda individual yechimlarni aniqlash va ularni aniq bir ta’lim jarayonlarida ta’minlash.
    Ushbu uchala muammo ham keyinchalik ularni o‘rganishda keng miqiyosdagi imkoniyatlarni yaratadi. Bunda yana yangi muammo: o‘quvchining intellktual rivojlanishdagi xususiyatlariga tizimli yondashishda ko‘rib o‘tilgan usullarni integratsiyalash, ta’limni individuallashtirish va intellektual rivojlanish tipologiyalarini ishlab chiqish muammosi vujudga keladi.
    Xulosa
    O‘zbekiston milliy taraqqiyotning eng mas’uliyatli bosqichi-ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshdan kechirmoqda. 20 asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqorosi 21 asr ibtidosida, ortda qolgan yo‘llarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi.
    Bunday hollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiqbolli rejasini tuzib, uning ustivor yo‘nalishlarini belgilab olish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
    O‘qitish texnologiyasining falsafasi tahlil etildi.“Texnologiya” - yunoncha so‘z bo‘lib “techne” maxorat”, “san’at” va “ logos” “tushuncha” “o‘rgatish” demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari xaqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, obektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushuniladi. O‘qituvchilar o‘z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga buysindirishlari kerak: tartibga solish, bir tizimga keltirish, oldindan loyxalashtirilgan ta’lim jarayonini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.
    O‘qituvchining faolligiga yunaltirilgan darsning metodik ishlanmasidan farqli ularok ta’limning o‘qitishtexnologiyasi ta’lim oluvchi (o‘quvchi)larga yunaltirilgan bo‘lib, shaxsiy xamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini xisobga olgan xolda, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga qaratiladi. O‘qitishtexnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini maqsadga erishishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchining aqliy rivojlanishdagi tafovutni o‘rganuvchi, yuqorida sanab o‘tilgan yondashuvlardan tashqari o‘quvchining u yoki bu guruhga tegishliligi nuqtayi nazaridan farqlarni tavsiflovchi katta tadqiqot guruhlari ham mavjud. Bu intellektual rivojlanishda o‘quvchi jinsi, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, irqiy va etnik farq, irsiyat kabi faktorlarning ta’sirini tahlil qiluvchi jarayonlardir. Shunday qilib, o‘quvchining intellektual rivojlanishida individual tafovutni tahlil qiluvchi asosiy yondashuvlar uch muhim muammo yuzasidan guruhlarga ajratiladi.
    Bulardan birinchisi – intellektual qobiliyat strukturasi va rivojlanishda bu strukturadagi u yoki bu komponentning ustunligi. Ikkinchi muammo turli usullarni qo‘llash nuqtayi nazaridan olganda kognitiv strukturani aytish mumkin (turli kognitiv usullarning mavjudligi). Va nihoyat, uchinchisi bu – o‘quvchining aqliy rivojlanishi sharoitlarini tashkil etishda individual yechimlarni aniqlash va ularni aniq bir ta’lim jarayonlarida ta’minlash. Shunga ko‘ra, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zamonaviy o‘qitish vositalari va axborot texnologiyalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etib amalga oshirish zarurligiga ahamiyat berilgan. Yangi turdagi ta’lim muassasalari zamonaviy jihozlar, jumladan: yangi kompyuter sinflari, telemarkazlar, multimedia texnologiyalari, o‘quvlaboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Birinchi yondashuv doirasida intellktual rivojlanishdagi tafovut intellekt rivojlanishining umumiy modeli bilan bog‘liq.

    Download 49,03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 49,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II Bob O’quvchilarning intellektual qobiliyatini shakllantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi

    Download 49,03 Kb.