|
Laboratoriya mashG’ulotlari 1-LABORATORIYA mashG’uloti mavzu
|
bet | 2/8 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 170 Kb. | | #146801 |
Bog'liq 1 Лаборатория машгулотиInterfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar;
Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinamazina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-sxema”, “BBB”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar;
Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar.
Ta’lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etilganda ta’lim oluvchilarning intellektual, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, o‘z fikrini asoslab berishga o‘rganishi, o‘zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat qilishi, ijodiy va axloqiy rivojlanish jarayonlariga samarali ta’sir etadi. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim metodlaridan foydalanganda, avvalo, ushbu metodning mohiyati, undan foydalanish metodikasini bilishi muhimdir.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat o‘qituvchi va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
O’qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday interfaol
metodni tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi
aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda talaba larning bilim saviyasi,
guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan,
natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki
tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak
bo’lar. Bularning hammasi o’qituvchi va talabalarga bog’liq. Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi, talabalarning imkoniyati va ehtiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim va tarbiya jarayonini samarali loyihalashtirish, tashkil etishda o’quv mashg’uloti yoki muayyan mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirning texnologik pasportini ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Texnologik pasport (pedagogikada) - ta’lim yoki ma’naviym a’rifiy tadbiming asosiy ко'rsatkichlari va ularning texnologik tavsifini yorituvchi hujjatdir. Pedagog o'quv mashg’uloti yoki tarbiyaviy tadbiming texnologik pasportini ishlab chiqishda barcha elementlami inobatga ola bilishi zarur. Zero, texnologik pasport bir qarashdayoq o'quv mashg’uloti (dars) yoki tarbiyaviy tadbiming umumiy holati, yaxlit tuzilmasi to’g’risida batafsil ma’lumotlami berishga xizmat qiladi. Texnologik pasportni ishlab chiqishda o’quv mashg’uloti (dars) yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini yorituvchi barcha elementlar bevosita tanlangan (yoki o’rganilishi rejalashtirilgan) mavzudan kelib chiqqan holda belgilanadi. Binobarin, dars yoki tarbiyaviy tadbir mavzusi pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli, samarali tashkil etishga yordam beradigan shakl, metod va vositalarni tanlash imkonini yaratadi.
|
| |