• Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxtaligi tamoyili.
  • Axborot – retseptiv metod
  • O’quvchilarning shaxsiy, o’ziga xos (individual) imkoniyatlarini




    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/9
    Sana03.08.2024
    Hajmi385,24 Kb.
    #269104
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni

    O’quvchilarning shaxsiy, o’ziga xos (individual) imkoniyatlarini 
    hisobga olish tamoyili. 
    Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy (jismoniy, ruhiy va b.) 
    xususiyatlariga egaki, ular uning o’quv faoliyatiga katta ta’sir etadi. Pedagogning bu 
    xususiyatlarni o’rganish va hisobga olishi o’qitish sifatini oshirish va har bir 
    o’quvchining ijobiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
    O’quvchining kuchli va ojiz tamonini bilib olishga, uning qiziqishlari, 
    tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganishga, 
    uning fe’l-atvori va irodasini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, o’quvchilarning 
    hayotiy va mehnat tajribalarini, ularning faoliyati xususiyatlarini o’rganadi.


    Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxtaligi tamoyili. 
    Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini 
    o’zlashtirib olishda asos bo’lib xizmat qilishi uchun, ular puxta o’zlashtirilgan, 
    yaxshi mustahkamlangan bo’lishi va o’quvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanishi 
    kerak. Puxtalik tamoyilining talablari shulardan iborat bo’lib, bularga rioya 
    qilmaslik o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga, o’qishda orqada qolishga sabab 
    bo’ladi. O’qitish tamoyillari bilan bir qatorda o’qitishning asosiy qoidalari ham 
    bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: tushunarlidan-tushunarsizga; yaqindan-uzoqqa
    osondan-qiyinga; aniqdan-mavhumga; umumiydan-xususiyga. 
    Masalan, informatika o’qitishda o’quv-bilish faoliyatni tashkil etish va 
    amalga oshirish ma’lum uslublari, ya’ni o’qitishning umumdidaktik uslublari (M.N. 
    Skatkin va I.Ya.Lerner bo’yicha): axborot-retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon 
    etish, evristik, tadqiqiy va sh.k. uslublari foydalaniladi.
    1. 
    Axborot – retseptiv metod
    . Bu uslubdan boshlab darsda bilish jarayoni 
    boshlanadi. Ta’lim beruvchi axborotni beradi, ta’lim oluvchilar uni qabul qiladilar, 
    eslab qoladilar, fikr yuritadilar, eslab qoladilar. Axborotni boshlang’ich manbai 
    kitob, o’quv qo’llanma, ko’rgazmali qurol va vositalar xizmat qilishi mumkin. 

    Download 385,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarning shaxsiy, o’ziga xos (individual) imkoniyatlarini

    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish