tushunarliligini va o’qitish jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab
qilsa, ikkinchidan, u bevosita ish jarayonida va real holatda o’qitishni taqozo etadi.
O’qitishning tushunarli bo’lishi tamoyili
o’rganilayotgan materialning
mazmuni, hajmi va o’qitish uslublari o’quvchilarning yoshiga,
tayyorgarlik
darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo’lishini talab etadi.
Namunalardan foydalanish tamoyili.
O’qituvchi o’quv materialining
mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni
tanlashga harakat
qilishi kerak. Yaxshi nusxa (model), amaliyotdan namunaviy misollar,
yaxshi
hamda yomon mahsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo’lishi
yoki bo’lmasligini aniq ko’rsatadi.
Didaktik reduktsiya tamoyili.
O’quvchi bilimlarni yuqori darajada
o’zlashtirishi uchun o’quv materiali kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim.
Umumiy (kompleks) va murakkab topshiriqlar
doimo didaktik ravishda
osonlashtirilishi lozim. O’quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va
nihoyatda ko’p va keng o’quv materiali bilan o’quvchilarni qiynamaslikka harakat
qilish darkor.