Lapchik M. P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb posobie dlya stud ped vuzov \




Download 385,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana03.08.2024
Hajmi385,24 Kb.
#269104
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni

Informatika o’qitish uslubiyoti
— yosh fan, lekin u bo’sh joyda 
shakllanmagan. Ilgarilab ketgan umumiy kibernetika ta’limi fundamental didaktik 


tadqiqotlarining maqsadi va mazmuni, informatika kiritilishidan avval maktab 
tomonidan to’plangan pedagogik tajribalar: 

O’quvchilarga kibernetika elementlarini o’qitilishi; 

 Algoritmlashtirish va dasturlashtirish;

 Mantiq elementlari;

 Hisoblash va diskret matematika elementlarining 
informatkaga o’qitishda 
muhim umumta’lim yondashuvdagi masalalarini ishlab chiqish qariyib yarim asr 
tarixiga ega. Informatika o’qitish uslubiyoti o’zinig rivojlanishida falsafaga, 
pedagogikaga, 
psixologiyaga, 
informatikaga 
(shu 
jumladan, 
maktab 
informatikasiga), shuningdek umumta’lim maktabining umumlashgan amaliy 
tajribasiga tayanadi.
Informatika uslubiyotini birlashtiruvchi barcha uslubiy-pedagogik bilimlar 
va tajribalar ichidan, davlat ta’lim standartlariga mos holda «Informatika o’qitish 
uslubiyoti» mutaxassisligi bo’yicha tayyorlash ta’limiy-kasbiy dasturining 
«Informatika o’qitish nazariyasi va uslubiyoti» o’quv predmeti ajralib turadi.
Dastlab, fizika-matematika fakultetlari negizida matematika o’qituvchisi 
mutaxasissligiga qo’shimcha sifatida tayyorlashni tashkil etish munosabati bilan 
pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o’quv rejalariga 1985 yili «Informatika 
o’qitish uslubiyoti» o’quv kursi kiritilgan. Tezlikda ushbu kurs bo’yicha birinchi 
o’quv qo’llanma paydo bo’ldi
1
. Maktablarda «Informatika va hisoblash texnikasi 
asoslari» predmetini o’qitishga na darslik va na kompyuterlar bo’lgan. Kompyuter 
o’rnida mikrokalkulyatorlar, keyinroq «Pravets» kompyuterlaridan foydalanila 
boshlangan. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika darslarini turli 
adabiyotlardan yoki Rossiyada chop etilgan darsliklardan foydalanib tashkil etilar 
edi.
Respublikada dastlab foydalanilgan darslik (Ershov A.P., Kushnirenko A.G. 
i dr. Osnovi informatiki i vo’chislitelnoy texniki (uchebnoe posobie dlya sred. ucheb. 
zaved.), 1989 g. va Kushnirenko A. G. i dr. Osnovi informatiki i VT. Uchebnik dlya 
1
Lapchik M.P. Metodika prepodavaniya informatike, 1987 г.


sr. uch. zavedeniy, 1990 g.)lar A.Abduqodirov tomonidan tarjima etilib respublika 
umumta’lim maktablari darslik bilan ta’minlanishiga zamin yaratildi. 1993 yildan 
e’tiboran 10-11-sinflarda o’qitilayotgan IHTA predmeti respublikamizda 8-9-
sinfdan o’qitila boshlandi.
1993 yildan e’tiboran Nizomiy nomli pedagogika institutiga matematika va 
informatika mutaxassisligi bo’yicha o’qituvchilar tayyorlash uchun dastlabki qabul 
amalga oshirildi. 1995 yildan boshlab «Informatika» mutaxassisligi bo’yicha Davlat 
ta’lim standartlari joriy etilgan. Respublikada informatika o’qituvchilarini 
tayyorlash tobora kengaya bordi. Lekin informatika o’qitish uslubiyoti bo’yicha mos 
adabiyotlarni ancha vaqtgacha yo’qligi, oliy ta’lim muassasalarida tashkil 
etilayotgan mashg’ulotlar aksariyat vaqtlarda davriy nashrlarga tayanilgan holda 
olib borildi. Bo’lajak o’qituvchilarning uslubiy tayyorgarligi uchun rasmiy mo’ljal 
bo’lib, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini namunaviy 
o’quv dasturlari xizmat qildi. Ushbu o’quv kursning asosiy mazmunini dasturiy-
texnik vositalari, shuningdek maktab kursining aniq mavzularini tayanch va kasbiy 
o’qitish bosqichlarida o’qitish uslublari bilan birgalikdagi informatika o’qitish 
uslubiyotining umumiy nazariy asoslari tashkil etadi. 
1994 yildan boshlab umumta’lim maktablarining «Informatika va hisoblash 
texnikasi asoslari» predmetini o’qitishga mo’ljallangan A.Abduqodirovning 
darsliklari o’zbek tili bilan bir vaqtda qoraqalpoq tilida, 1997 yildan esa tojik, 
qozoq, turkman, qirg’iz, rus tillarda ham chop etila boshlandi.
Informatika o’qitish uslubiyotining informatika fani, psixologiya
pedagogika va boshqalar bilan aloqadorligi

Download 385,24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 385,24 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lapchik M. P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb posobie dlya stud ped vuzov \

Download 385,24 Kb.
Pdf ko'rish