butun masalani echishga o’rgatish uchun, ularni har bir echim bosqichlarini mustaqil
bajarishga o’qitish zarur bo’ladi.
Birinchi
holatda – muammoni ko’rish, hujjatlarga tasvirlangan isbot yoki
hodisaga rasmga savollar qo’yishni taklif qilish,
ikkinchi
holatda –
isbot qilish,
uchinchidan
ko’rsatilayotgan dalillardan xulosalar chiqarish,
to’rtinchidan
tahlillarni aytib berish,
beshinchidan
echimni tekshirish rejasini tuzish.
5.
Tadqiqiy uslub
ijodiy faoliyatning asosiy o’qitish uslubi bo’lib
hisoblanadi.
Bu uslub, uning oddiy variantlarida ham muammoli masalani to’liq echishda
uning kerakli bosqichlaridan mustaqil o’tishda ta’lim oluvchidan maxsus
tayyorgarlikni talab etadi.
Mashg’ulotlarni tashkil etish shakllari
— frontal, individual va guruhiy yoki
boshqacha sinflashtirishda ma’ruza, suhbat, so’rov, sayohat,
laboratoriya ishi,
praktikum, seminar va sh.k. lardan iborat bo’lishi mumkin.
Psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar turli yoshlardagi sinflarda
mashg’ulotlarni tashkil etishda hisobga olinadi. «EHM bilan tanishuv» yoki «Grafik
muharrirni o’rganish» kabi bir mavzu bo’yicha mashg’ulotlar quyi, o’rta va yuqori
stinflarda turlicha tashkil etiladi. Nafaqat vazifalar, balki mashg’ulotlarni o’tkazish
shakli, o’qituvchining darsdagi o’zini tutishi ham turlicha bo’ladi.
Informatika o’qitish uslubiyotini ixtiyoriy fan bilan aloqasini o’rnatish
mumkin.
Informatikani o’qitish zamonaviy darajada turli ilmiy bilim sohalaridagi
ma’lumotlarga asoslanadi: biologiya (odam, boshqa tirik
organizm kabi biologik
o’zini-o’zi boshqariladigan tizimlar), tarix va jamiyatshunoslik (jamoat ijtimoiy
tizimlari), o’zbek tili (grammatika, sintaksis, semantika va boshq.), mantiq (fikrlash,
formal amallar, rost, yolg’on), matematika (son, o’zgaruvchilar, funktsiyalar,
to’plamlar, beligilar, amallar), psixologiya (qabul qilish, fikrlash, kommunikatsiya).
Informatikaga o’qitishda
falsafani
(dunyoning
tizimli-axborot tasvirini
o’rganishda dunyoqarashli yondashuv),
filologiyaning
(matn muharrirlarni
o’rganish, sun’iy intellekt tizimlari),
matematika
va
fizika
ning (kompyuterli
modellashtirish),
naqqoshlik va grafika
ning (grafik
muharrirlarni, multimedia
tizimlari) va hokazolarning muammolariga mo’ljallanishi zarur. Shunday qilib
informatika o’qituvchisi o’z bilimini doimiy ravishda to’latib boradigan keng irodali
odam bo’lishi lozim.