• O’qitishning tarbiyalovchi xarakteri
  • O’qitishda muntazamlilik va izchilik tamoyili.
  • O’qitishda o’quvchilarning ongliligi va faolligi tamoyili
  • Lapchik M. P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb posobie dlya stud ped vuzov \




    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/9
    Sana03.08.2024
    Hajmi385,24 Kb.
    #269104
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni

    Ilmiylik tamoyili. 
    O’quvchilarga o’rganish uchun ilmiy jihatdan 
    asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab 
    olishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va kashfiyotlardan foydalanish kerak. 
    O’qitishning tarbiyalovchi xarakteri
    . O’qitish va tarbiyalash jarayonlari 
    bir-biriga uzviy bog’liq. Ta’lim o’quvchilarga juda katta tarbiyaviy ta’sir ham 
    ko’rsatadi. U o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini 
    rivojlantirishga, ularning o’quv va mehnat faoliyatidagi faolligi va mustaqilligini, 
    bilimga qiziqishini oshirishga yordam beradi. 
    O’quv mashg’ulotlarining to’g’ri tashkil etilishi va ularni o’tkazish 
    uslubiyoti o’quvchilarga juda katta tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim-tarbiya 
    jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida tarbiyaviy yo’nalishning 
    ustuvorligini ta’minlash asosiy mezon hisoblanadi. 


    Tarbiya orqaligina inson o’z shaxsini anglab etadi. O’zini-o’zi anglagan 
    kishigina o’z qobiliyatlari va imkoniyatini bilgan holda ehtiyojini shakllantirish 
    zarurligini tushunadi. 
    O’qitishda muntazamlilik va izchilik tamoyili. 
    Muntazamlilik va izchillik 
    tamoyili o’quv jarayonining hamma bo’g’inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari 
    darsliklar va dasturlarni tuzishda o’z aksini topadi. Ulardagi material didaktik 
    talablar hamda fanning mantig’i bo’yicha joylashtiriladi. O’quv dasturida nazariy va 
    amaliy mashg’ulotlarning bir-biriga uzviy bog’lanishi saqlanishi kerak. Har bir 
    darsda o’quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi 
    mazmunini tarkib toptirish lozim.
    O’qitishda o’quvchilarning ongliligi va faolligi tamoyili
    o’qitishni 
    shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda 
    ularni amalda qo’llash uslublarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijobiy 
    tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqil, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo’lsin.
    O’qitishdagi onglilik tamoyili o’quvchilarning o’z o’quv ishlarining aniq 
    maqsadlarini aniq tushunishlarini, o’rganilayotgan fakt, hodisa, jarayonlarni va ular 
    o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda o’zlashtirib olishlarini, olingan bilimlarni 
    amaliy faoliyatda qo’llay olishlarini bildiradi.
    O’quvchilarning faolligi ularning nazariy materialini egallab olishlarida va 
    sinfda, laboratoriyada topshiriqlarini bajarishlarida namoyon bo’ladi.

    Download 385,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lapchik M. P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb posobie dlya stud ped vuzov \

    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish