• Faollik tamoyili.
  • Nazariyaning o’qitish amaliyoti bilan bog’liqligi tamoyili.
  • Informatika o’qitish uslubiyoti  kursining  o’rganish ob’ekti




    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana03.08.2024
    Hajmi385,24 Kb.
    #269104
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-mavzu. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni


    Informatika o’qitish uslubiyoti 
    kursining 
    o’rganish ob’ekti
    informatika tushunchalaridan iborat bo’lganligidan, 
    kurs ularning xususiyatlarini hisobga oladi, ya’ni ixtiyoriy materialni bayon qilinishi 
    asosiy: axborot, model, algoritm tushunchalarga mos holda olib boriladi.
    Sinfda ishlashning uslub va shakllarini tanlashda o’quvchilarning sub’ektiv 
    psixologik xarakteristikalarini hisobga olinishi zarur. Bunday bilimlarni psixologiya 
    fani taqdim etadi. Uslub didaktikaning qismi bo’lib, o’z navbatida pedagogikaning 
    qismidan iborat. Shuning uchun unda pedagogikaning tadqiqot uslublari 


    foydalaniladi, didaktikaning qonun va tamoyillari (faollik; o’qitishda nazariya bilan 
    amaliyotni bog’liqligi; ko’rgazmalilik; o’qitishning tarbiyalovchi xarakteri
    ilmiylik; o’qitishda muntazamlilik va izchillik; o’qitishning tushunarli bo’lishi;
    namunalardan foydalanish; o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish; 
    bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxta bo’lishi va didaktik 
    reduktsiya tamoyillari) bajariladi.
    Faollik tamoyili.
    O’quvchilar har bir darsga faol qatnashishi kerak, chunki 
    o’quvchi qandaydir ish bajarsa, bilimni ongli o’zlashtiradi va u xotirasida chuqur 
    o’rnashib qoladi. Natijada o’quvchi bilimni yaxshiroq va chuqurroq o’zlashtiradi, 
    eslab qoladi va uning fanga qiziqishi ortadi.
    Nazariyaning o’qitish amaliyoti bilan bog’liqligi tamoyili. 
    Ilmiy bilimlar 
    faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni 
    egallash uchun ularning mazmunini o’zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarni 
    amalda qo’llay bilish ham zarur. 
    O’quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlar berish 
    jarayonida boshlanadi, keyinchalik u tajriba va amaliy mashg’ulotlarda davom 
    ettiriladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajribadan olingan 
    bilimlarning ishonarli ekanligini tekshiradilar, ularni mustahkamlaydilar hamda 
    ularda shu bilimlarni amalda qo’llash ko’nikmalari va malakalari hosil bo’ladi.

    Download 385,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika o’qitish uslubiyoti  kursining  o’rganish ob’ekti

    Download 385,24 Kb.
    Pdf ko'rish