• 1. Loyiha rahbari: Gafurova Dilshoda Ramazanovna
  • 2. Loyiha ishtirokchisi: Muradova Nargiza Uljayevna
  • 3. Loyiha ishtirokchisi: Usmanova Zumrad Islamovna
  • 4. Yusupov Temur Xasanovich
  • Loyiha pasporti




    Download 105.45 Kb.
    bet5/9
    Sana30.11.2022
    Hajmi105.45 Kb.
    #32451
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    LCDB (2)
    BOSHLANGICH TALIM 2 SINF DARS ISHLANMA OT SOZ, mexatronika, Эрон Писта кўчат етиштириш фойдалари хақида қисқача малумот, 1573312411, 1403096573 43433, mateamtika, Dasturlash 2 fani 1- amaliy, Firdavs, BIJG’ISH MAHSULOTLARINI TEXNIK Ўқув қўлланма тайёр, SHahloxon deformatsiya, 1 мавзу маъруза, 55, ad1, Mustaqil ishi urganch 2021 Opåratsion tizimlar xavfsizligi reja
    LOYIHANING BIZNES-REJASI


    1. REZYUME Lizing xizmatlari bozorining raqamli marketpleysi.
    A.Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (Toshkent shahri).
    LCDB (Leasing Customers Database) – Lizing xizmatlari bozorining raqamli marketpleysi


    2. LOYIHANING BARCHA IJROCHILARI HAQIDA MAʼLUMOT
    1. Loyiha rahbari: Gafurova Dilshoda Ramazanovna, 14.05.1983 yil. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Menejment va marketing” kafedrasi dosenti v.b., 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo’yicha iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD). Dissertasiya mavzusi: “O’zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida innovasion jarayonlarni boshqarish”.
    2. Loyiha ishtirokchisi: Muradova Nargiza Uljayevna, 10.03.1984 yil. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Marketing” kafedrasi dosenti v.b., 08.00.11 – “Marketing” ixtisosligi bo’yicha iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD). Dissertasiya mavzusi: “O’zbekistonda lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish samaradorligini oshirish”.
    3. Loyiha ishtirokchisi: Usmanova Zumrad Islamovna, 25.06.1973 yil. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Marketing” kafedrasi dosenti, 08.00.05 – “Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo’yicha iqtisod fanlari falsafa doktori (PhD). Dissertasiya mavzusi: “O’zbekistonda turistik-rekreasion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tendensiyalari”.
    4. Yusupov Temur Xasanovich, 19,12,1988 y. SP AO Uzbek Leasing International A.O. "O‘zbekiston lizing assotsiatsiyasi" Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Logistika kafedrasi katta o‘qituvchisi.



    1. BIZNES-LOYIHA HAQIDA MAʼLUMOT

    LCDB (Leasing Customers Database) – loyiha sifatida lizing beruvchilar raqobatbardoshligini oshirish va lizing xizmatlari bozori ishtirokchilari xarakatining faolligini istiqbolli rivojlantirish bilan birga biznes-sherikchilik siyosatini hisobga olgan.
    LCDB loyihasining joriy etilishi mijozlar haqida to’liq ma’lumotni olishga, xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga, mehnat va vaqt xarajatlarini optimallashtirgan holda manfaatli bo’g’inlar o’rtasida ma’lumot almashinuviga, xususan O’zbekiston lizing Assosiasiyasi bilan aloqani o’rnatishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. On-line va off-line rejimi bilan ishlay oladigan LCDB yordamida mijoz har doim, ish vaqtidan qat’iy nazar xabar qoldira oladi.
    LCDB loyihasi quyidagi maqsadlarga ega:

    • informasion texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish; lizing xizmatlari bilan informasion texnologiyalarning o’ziga xos mosligini mijozlarga taqdim eta olish;

    • mijozlar ehtiyojlari to’g’risida vaqtida ma’lumotga ega bo’lish hamda lizing kompaniyalari marketing strategiyasini ishlab chiqishda tahlillarni o’z vaqtida taqdim eta olish;

    • xizmat ko’rsatish sifatini oshirish va innovasion lizing xizmatlarini ishlab chiqish.

    LCDB loyihasini amalga oshirish orqali quyidagilar, ya’ni yuqori texnologiyalar, aloqadorlik, mijozning talabi va masalalariga zamonaviy yechim topish, har bir mijoz bilan samarali yondashuvni tashkil etish, ma’lumotlarni yangilash borasida yuqori tezlikdagi operasiyalarni amalga oshirish, shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilib borish, CRM tizimidan kompleks foydalanish, vaqt va marketing xarajatlarini qisqartirish, marketing nazoratining uzluksizligi, marketing tahlillarini o’z vaqtida o’tkazish imkoniyati ta’minlanadi.
    LCDB – lizing xizmatlari bozorining raqamli marketpleysi loyiha g’oyasi O’zbekiston Lizing Assosiasiyasi tomonidan ilmiy takliflar joriy qilish uchun qabul qilingan (03.09.2020 yildagi 1150-sonli ma’lumotnomasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi №DGU-14053 sonli guvohnomasiga ega.
    Loyiha g’oya bosqichida bo’lib, uning platformasini shakllantirish maqsadida hamda tayyor bo’lgan platformani siljitish tadbirlari uchun ... so’mlik mablag’ga ehtiyoji mavjuddir.
    LCDB – lizing xizmatlari bozorining raqamli marketpleysi ni joriy etish natijasida lizing xizmatlari ishtirokchilarining bozordagi xarakati yanada faollashib, bozorning jozibadorligini oshiradi.




    1. Download 105.45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 105.45 Kb.