35
boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarining anchagina sekinlashishiga olib
keladi.
Tashkil etish masalalarining yo„nalishini o„zgartirish yoki ularga erishish
yo„llarining o„zgarishi bilan bog„liq muammoli masalalarnihal qilishda loyihaviy
boshqaruv deb nomlanadigan shakl anchagina samarali hisoblanadi. Ushbu
tashkiliy shaklda boshqaruvga tizimli yondashuv talablari anchagina keng darajada
tatbiq qilinadi. Aynan shunga mos tarzda ma‟lum bir muammolarni hal qilish yoki
yakuniy maqsadga erishishni ta‟minlovchi barcha ishlar majmuasi belgilangan
bo„ysunuv ierarxiyasi nuqtai nazaridan emas, balki aynan ushbu maqsadga erishish
yoki qayd qilingan muammoni hal qilish nuqtai nazaridan qaraladi. Aniq bir
loyihalar va dasturlarni ishlab chiqishni boshqarish uchun barcha zaruriy
kafolatlarga ega bo„lgan majmuaviy organlar tuziladi. Bu organlarga quyidagilar
yuklangan:
–ishlarning yakuniy natijalariga mas‟uliyatni oshirish;
–bir necha loyihalarni baravariga bajarish uchun harakatchan mexanizmni
ta‟minlash;
–tashkil etishningumumiy, global maqsadlarining funktsional xarakterli
xususiy, lokal maqsadlilaridan ustunligini ta‟minlash;
–tashqi va ichki shart-sharoitlar o„zgarishiga egiluvchan va tezkor ta‟sir
etishni ta‟minlagan holda tezkor masalalar echimini turli joylarga bo„lib tashlash.
Tashkil etish funktsiyasi loyihani bajarish bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„liqdir.
Ishlarning jamlanma rejasi uni boshqarish jarayoniga kiruvchi axborot
hisoblanadi. Uni bajarish jarayonida nazorat funktsiyasi vositasida olingan
axborotlar asosida to„g„rilanadi, loyihani bajarish jarayoni esa ishlab chiqarish
jarayonidan o„zgarishlarga ruxsat beruvchi to„g„rilanadigan ta‟sirni oladi.
Boshqarishning sanab o„tilgan funktsiyalarining birlashuvi tashkil etish jarayoni
tushunchasini beradi.