1.6-chizma.
Loyihani boshqarishning funktsional tarkibi
Ushbu tarkib doirasida boshqaruv apparatining funktsional ixtisosligini
chuqurlashuvi hisobiga samaradorligi anchagina oshadi. Ammo bunda funktsional
32
muvofiqlashtirishlar o„rtasida muammo vujudga keladi. Bu muammoni hal qilish
esa boshqaruvning eng yuqori darajasidagina mumkin bo„ladi. O„zlariga
yuklatilgan vazifalarning juda ko„pligi sababli yuqori darajadagi rahbarlar bunday
muvofiqlashtirishni doimo ham amalga oshirish imkoniyatiga ega emaslar.
Shuning uchun, agarloyihani boshqarishda shunday tip qo„llanilsa, bunday
holdaqoidaga binoan funktsional bo„linmalar o„rtasida aloqalarni amalga
oshiruvchi bir yoki bir necha muvofiqlashtiruvchilar turli darajadagi
boshqaruvchilarga bo„ysunishlari mumkin va chiziqli rahbar bilan birgalikda
ishlaganlari holda bir yoki bir necha loyihalarga tegishli ishlarni
muvofiqlashtiradilar.
Loyihani boshqarishda yuzaga keluvchi kundalik turli-tuman masalalarni hal
qilishda to„g„ridan-to„g„ri ishtirok etish imkoniyatlarining cheklanganligi sababli
muvofiqlashtiruvchining harakatlari har doimham muvaffaqiyatli bo„lavermaydi.
Tarkibning bunday tipi, qoidaga binoan ish rejasi bir xil bo„lgan, tashqi
muhitga bog„liqligi nisbatan kam bo„ladigan, ishlab chiqarishning ixtisosligi
o„zgarmas xarakterga ega bo„lgan, tashkilotning rivojlanish sur‟ati bir xil
xarakterda bo„lgan tashkilotlarda qo„llaniladi. Ammo yuqorida sanab o„tilgan
shart-sharoitlarning bittasining buzilishi, masalan, ixtisoslikning o„zgarishida, ish
hajmlarining birdaniga ko„payib ketishida, ishlab chiqarishning yangi
texnologiyaga o„tishida bunday tarkib kamsamarali bo„ladi.
Matritsali tarkib (1.7-chizma) funktsional tarkibning bazasida yaratiladi.
Bunda munosabat rahbarlik– bo„ysunishlikning turli vertikal aloqalariga
asoslanadi. Aniq muammolarni hal qilish uchun vaqtinchalik loyiha guruhlari
yaratiladi. Ularga loyiha rahbarlari boshchilik qiladi. Bu guruhlar boshqaruvning
turli darajalarida bo„lgan tegishli funktsional bo„limlardagi mutaxassislar hisobiga
shakllantiriladi.
Loyiha rahbarlarining funktsional bo„limlar bilan o„zaro harakati gorizontal
bo„yicha amalga oshiriladi va bu aloqalarrahbarlik–bo„ysunishlikning an‟anaviy
vertikal aloqalariga mos tushgani holda matritsali o„zaro harakatni vujudga
keltiradi.
|