26
–sifat;
–inson resurslari, kommunikatsiyalar;
–tahlikalar;
–shartnomalar va etkazib berish.
Rejalashtirishda loyihani rejalashtirish printsiplari muhim ahamiyatga
egadir.Loyihalarning turli-tumanligi sharoitida loyihalarni rejalashtirishning
umumiy yondashuvlari va printsiplari mavjud. Rejalashtirishning umumiy
printsiplari loyihani boshqarish bo„yicha tipik faoliyatni ko„zda tutadi. U quyidagi
umumiy masalalarni uzluksiz ravishda hal qilishga yo„naltirilgan:
Nima qilish zarur?
Kim va nima qilish kerak?
Kim kim bilan birgalikda harakat qiladi?
Qachon va nima qilinishi zarur?
Qancha va qanday resurslar zarur, nima maqsadda?
Qachon va qaerlardan resurslar etib kelishi zarur?
Nima qancha turadi?
Nima va qachon to„lanishi kerak? Ular qanday resurslar va qaerlardan keladi?
Resurslar va byudjet limitlari qanday?
Qanday sifat talab qilinadi?
Loyiha qanday tahlikalarga ega?
Ushbu muddatda nimalar bajarilgan, nimalar bajarilmagan?
Kimlar tomonidan qanday muddatlarda tuzilgan?
Loyiha o„z vaqtida bajarilishi uchun nimalar amalga oshirilishi zarur?
Shunday qilib, rejalashtirishning umumiy printsiplariga quyidagilarni kiritish
mumkin: