22
Korxonaning rivojlanishi
Vaqt
1.5- chizma.
Loyiha
va korxona
Korxonaning o„zining, ya‟ni «loyihaning yaqin muhiti» omillarining loyihaga
ta‟sirini ko„rib chiqamiz.
Korxonaning rahbari loyihaning maqsadi va asosiy talablarini aniqlaydi.
Korxona rahbariyati korxonani strategik rivojlantirish nuqtai nazaridan
ekspertlarning alohida talablarini umumlashtiradi hamda unga, masalan,
quyidagilarni qo„shadi:
–loyihaning natijalariga talablar;
–loyihani amalga oshirishga talablar;
–korxona bo„limlari va mutaxassislari tomonidan
loyihaning maqsad va
talablariga kiritiladigan tuzatmalar uslubiyati hamda tartibi.
Moliya sohasi ishlarning bajarilishi va loyihaga sarflangan xarajatlarni
qoplash uchun kalkulyatsiyani hisobga olgan holdaloyihaning byudjetini,
shuningdek, uni moliyalash usullari va manbalarini aniqlaydi. Ishni to„la va
Лойиҳани
амалга
ошириш
Лойиҳанинг
бошланиши
Ривожланишга
умумий харажатлар
нихоясига етказиш
23
yuqori sifatda bajarish kuchli raqobatchilik sharoitida buyurtmachining xulosalari
bilan aniqlanadigan loyihaning muhim talablari va shartlarini shakllantiradi.
Ishlarni boshqarish sohasi ishlabchiqarish vositalari bozori bilan bog„liq va u
ham o„ziga xos talablarini qo„yadi.Xususan:
–texnologiyalar va qurilmalardan foydalanish bo„yicha tavsiyalar;
–ma‟lum bir texnologik jarayonlardan voz kechish;
–ishlabchiqarish va mehnat vositalarining bozor
imkoniyatlari bilan loyiha
talablarining kesishishi.
Infratuzilmalar sohasi xizmatlar bozori bilan bog„liq hamda u ham loyihaga
va uni ta‟minlashga o„zining talablarini qo„yadi. Bunga asosan reklama, transport,
aloqa vositalari, telekommunikatsiya tizimlari, axborot
va turli xildagi lik hamda
boshqa xildagi ta‟minotlar kiradi. GAT asosidagi loyihalarda bu tuzilma o„ta
muhim hisoblanadi, negaki barcha loyihalar ushbu tizim ma‟lumotlari va
axborotlaridan foydalangan holda vujudga keladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda korxonaning turli bo„limlari tomonidan
boshqa talablar ham qo„yilishi mumkin.
Tashqi muhit loyihaga va uni boshqarishga
ham korxona orqali,
hamto„g„ridan-to„g„ri katta ta‟sir ko„rsatadi. Qayd qilish zarurki, loyiha qanchalik
yirik bo„lsa, tashqi muhit shunchalik katta ta‟sir ko„rsatadi.
Quyida loyiha va uni boshqarishga hal qiluvchi yoki katta ta‟sir ko„rsatishi
mumkin bo„lgan tashqi muhit omillarini ko„rib chiqamiz.
Siyosiy tavsifnomalar va omillar:
–siyosiy barqarorlik;
–loyihaning hukumat tomonidan qo„llab -quvvatlanishi;
–harbiy ittifoqlarda qatnashish.
Iqtisodiy omillar:
–milliy iqtisodiyotning tarkibi;
–majburiyatlar turlari va mulkiy huquqlar, shu jumladan erga bo„lgan
huquqlar;
–soliqlar va baholar;
25
–tabiiy va iqlim sharoitlari (harorat, yog„ingarchilik, namlik, shamollar,
dengiz
sathidan balandlik, zilzilabardoshlik, landshaft va topografiya va
boshqalar);
–tabiiy resurslar;
–atrof-muhitni muhofaza qilish bo„yicha qonunchilik.
Demak, yuqoridagilar
asosida xulosa qilish mumkinki, loyihani tuzish,
uni amalga oshirish va umuman,
uni boshqarishga turli tabiiy, ijtimoiy–
iqtisodiy va ekologik shart–sharoitlar o„zining ma‟lum ta‟sirini o„tkazadi.