• Loyiha 1.4 -chizma. Loyiha muhiti
  • Loyihani tashkil etish va boshqarish




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/83
    Sana25.05.2024
    Hajmi2,58 Mb.
    #253842
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
    Bog'liq
    LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

    1.4. Loyihaning muhiti 
    Har qanday GAT loyihasini amalga oshirish qandaydir bir o„zgaruvchan, 
    dinamik muhitda yuz beradi. Shunday ekan,ushbu muhit ham unga qandaydir ta‟sir
    o„tkazadi. 
    GATdan foydalanish jarayonida uning ma‟lumotlari va axborotlariga barcha 
    turdagi statik va dinamik holatlarni aniqlash va hisoblashni bilganimizdek, loyiha 
    uchun ham unga ta‟sir etishi mumkin bo„ladigan barcha iqtisodiy, ijtimoiy, 
    moliyaviy, tashkiliy va boshqa ta‟sirlarni aniqlash juda muhimdir. Ma‟lum bir 
    muhitda shunday ta‟siretuvchilarning har biri loyiha uchun hal qiluvchi ahamiyatga 
    ega bo„lishi va ushbu loyihani «qo„llash»ga olib kelishi mumkin. 
    Loyiha muhitining omillari har tomonlama tahlil qilingan bo„lishi, loyihaning 
    amalga oshirilishiga keskin ta‟sir etuvchilari alohida ajratilishi zarur.1.4-chizmada 
    loyiha muhitining sxemasi keltirilgan. 
    GAT loyihalarini muhit va uning tabiiy rivojlanishidan ajratish mumkin emas, 
    negaki aynan geografik axborotlarning o„zi ushbu muhitni tashkil etadi. Demak, 
    korxonaning o„zini hamda loyihaning uzoq muhitini oldindan o„rganish va 
    hisobga olish zarur. 


    20 
    Loyiha muhitining o„zgarishi keyinchalik muvaffaqiyatga erishishda muhim 
    va hal qiluvchi rolni o„ynashi mumkin. 
    Loyihani amalga oshirish vaqtida o„zining ishlab chiqarish mahsulotlarini 
    sotish va boshqarish tizimi bilan korxonaning kundalik hayot faoliyati davom 
    etadi. Ancha muddatdan beri normal ishlab chiqarish funktsiyasiga ega bo„lgan 
    korxonada vaqti-vaqti bilan turli o„zgarishlar va yangiliklar vujudga kelishi tabiiy 
    holdir. 


    21 
    Loyiha 
    1.4 -chizma. 
    Loyiha muhiti
     
    Buning natijasi loyihaning vujudga kelishiga olib keladi. Loyiha haqiqiy 
    ravishda boshlanganda, u mustaqil hayotni boshlaydi. Loyihani amalga oshirish 
    paytida uning ishtirokchilari o„zlarining asosiy vazifalarini bajarishga butun 
    diqqat-e‟tiborlarini qaratadilar. Ular o„zlarining loyihalari dunyosida yashaydilar, 
    fikr yuritadilar va harakat qiladilar. Uzoq muddatli tashkilot-korxona doirasida 
    kichkina, nisbatan qisqa muddatli tashkilot–«loyiha» vujudga keladi ( 1.5-rasm). 
    сиёсат 
    фан ва техника 
    қонун ва ҳуқуқ 
    табиат ва экология 
    жамият 
    иқтисод 

    Download 2,58 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




    Download 2,58 Mb.
    Pdf ko'rish