O„quv qo„llanma TEMPUS dasturining GE-UZ– “Geoinformatika




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

O„quv qo„llanma TEMPUS dasturining GE-UZ– “Geoinformatika:
O„zbekistonda barqaror rivojlanishga erishishni ta‟minlash” loyihasining 
bevosita ko„magida nashrga tayyorlandi.
 
 



 
KIRISh 
O„tgan qirq yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda loyihalarni
boshqarish mustaqil fan va bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyatning o„ziga 
xos bo„lgan kasbiy sohasi sifatida shakllandi. Keng ko„lamli maxsus
adabiyotlari va turli-tuman davriy nashrlari,xalqaro va milliy jamiyatlarga
birlashgan ko„p sonli ekspertlari va kompaniyalari, butunjahon
kongresslari,xalqaro,mintaqaviy va milliy simpoziumlari, dasturiy mahsulotlar
va xizmatlarning keng ko„lamli bozori, ta‟lim, malaka oshirish, sertifikatlash
va boshqa rivojlangan tizimi bilan o„ziga xos bo„lgan «loyihalarni boshqarish
dunyosi» vujudga keldi. 
Bugungi kunga kelib loyihalarni boshqarish (LB) loyihaviy- yo„naltirilgan
faoliyatning butun dunyoda eng yuqori darajada tan olingan metodologiyasiga
aylandi. Hozirgi kunda hech bir katta loyiha yoki dastur loyihalarni
boshqarish metodologiyasisiz amalga oshirilmaydi. 
Loyihani boshqarish tizimi to„g„risida gap ketganda, ayniqsa, geoaxborot
tizimlari (GAT) asosida ishlab chiqilgan loyihalarni tashkil etish va 
boshqarishni alohida e‟tirof etish zarur, negaki bugungi bozorda muvaffaqiyat
bilan faoliyat olib borayotgan har qanday tashkilot yoki kompaniyaning
faoliyati u yoki bu jihatdan loyihalar bilan bog„liq bo„lmoqda. Bunday
loyihalarni GAT asosida ishlab chiqish yuqori samara beradi. GAT – bu 
istalgan turdagi axborotlarni yig„ish, saqlash, qayta ishlash, ulardan
foydalanish va yoritishni ta‟minlaydigan, hayot faoliyatimizda, sayyoramizdagi
ob‟ektlar, shuningdek, voqeliklarni kartalashtirish va tahlil qilish uchun
zamonaviy kompyuter texnologiyasi sifatida e‟tirof etiladi. 
Bugungi kunda GAT iqtisodiyot tarmoqlarining barcha jabhalarida 
muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda, unga dunyo bo„yicha yuz minglab odamlar 
jalb qilingan. GAT texnologiyalari inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida – 
aholi sonining keskin oshib ketayotganligi, o„rmonlarning ifloslanishi, tabiiy 
ofatlar kabi global muammolarni ham, maqbul transport yo„nalishlarini qidirish, 



ofis uchun qulay joyni tanlash kabi kichik, xususiy muammolarni ham tahlil
qilishda qo„llaniladi. Shunday ekan, respublikamizda ham geoinformatika
sohasida jahon andazalariga mos keluvchi mutaxassislar tayyorlashda «Loyihani
tashkil etish va boshqarish» fanini o„rganish ularning ushbu soha bo„yicha
kasbiy bilim va ko„nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega
bo„ladi. 
Ushbu o„quv qo„llanma magistrlargamo„ljallangan bo„lib, «Loyihani tashkil
etish va boshqarish» fanining o„quv dasturiga mos tarzda yaratildi. O„quv
qo„llanmani tayyorlashda loyihalarni tashkil etish va boshqarishning
respublikamizdagi holati va tajribalari hisobga olindi, ushbu sohaga oid
zamonaviy adabiyotlardan, shuningdek, xorijiy davlatlar tajribalaridan
foydalanildi. 
Muallif qo„llanmani tayyorlashda katta o„quv-uslubiy yordam
ko„rsatganligi uchun TEMPUS dasturining «GE-UZ» loyihasi bo„yicha
hamkasb va hamkor, G„arbiy Vengriya universitetining professori Bela
Markosga o„zining chuqur minnatdorchiligini izhor qiladi.

Download 2,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„quv qo„llanma TEMPUS dasturining GE-UZ– “Geoinformatika

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish