5
1-bob. LOYIHANI BOShQARIShNI TAShKIL ETISh VA UNING
BIZNES JIHATLARI
1.1. Loyihani boshqarish tushunchasi, uning zamonaviy kontseptsiyasi
Ma‟lumki, korxona va muassasalar ma‟lum bir maqsadga yo„naltirilgan
faoliyatni amalga oshiradilar. Bu faoliyat qoidaga binoan bir xildagi mahsulot
ishlab chiqarishni va bir xil operatsiyalarni yoki loyihalarni o„z ichiga oladi.
«Loyiha» tushunchasi qator umumiy xususiyatlari bilan tavsiflanadigan turli
xildagi faoliyatlarni birlashtiradi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
–
aniq bir maqsadga, belgilangan natijalarga erishishga yo„naltirilganligi;
–o„zaro bog„liq juda ko„p harakatlarning
muvofiqlashtirilgan tarzda
bajarilishi;
–ma‟lum bir chegaralangan muddatga egaligi.
Loyihaning ishlab chiqarish tizimidan asosiy
farqi shundan iboratki, loyiha
bir marotabalik faoliyatdir. Mahsulot ishlab chiqarish esa vaqt bo„yicha
oldindan
belgilangan muddatga ega emas va u talabning miqdoriga bog„liq. Mahsulotga
talabning tugashi ishlab chiqarishni to„xtatishga olib keladi.
Operatsiya va loyiha ham o„xshash, ham bir-biridan farq qiluvchi qator
tavsiflarga egadir.
O„xshash bo„lgan tavsiflar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
–ular ma‟lum maqsadga ega;
–kishilar tomonidan bajariladi;
–miqdoriy chegaralangan ma‟lum bir resurslarni talab qiladi;
–
boshqariladi, ya‟ni rejalashtiriladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
Asosiy farqi shundan iboratki, operatsiyalar uzoq vaqt mobaynida doimiy
ravishda takrorlanib turadi, loyiha esa operatsiyadan farqli o„laroq,
muvaqqat,
yakka tartibdagi tadbirdir. Bundan ko„rinadiki, loyiha o„ziga xos yangilikka va
takrorlanmaslikka hamda qat‟iy belgilangan boshlanish va tugallanish vaqtiga ega.
Loyiha va operatsiyalarning farq qiluvchi jihatlarini quyidagi misollarda
ko„rib o„tish mumkin:
Operatsiyalar:
–go„sht mahsulotlarini, ya‟ni kolbasa ishlab chiqarish texnologik liniyasining
ishi;
6
–issiqlik elektrstantsiyasini ekspluatatsiya qilish;
–kartalarni ko„pnusxada nashr etish texnologik liniyasining ishi.
Loyihalar:
–
sut mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishbo„yicha
texnologik
liniyani ishlab chiqish va ishga tushirish;
–issiqlik elektrstantsiyasini qayta qurish;
–
GATdan foydalanish asosida ma‟muriy tumanning mavzuli kartalarini
yaratish.
Loyihaning bir qator qoidalari bo„lib, ularning har biri mutaxassisning oldiga
qo„yilgan aniq vazifasiga ko„ra mavjud bo„lish huquqiga egadir. Umumiy
ko„rinishda loyiha (inglizcha
project)
-«o„ylab ko„rilgan
yoki rejalashtirilgan
nimadir, masalan, yirik korxona, tadbir»(«Webster» izohli lug„ati) demakdir.
Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan loyiha qator cheklanish va mexanizmlar
ishtirokida boshlang„ich holatdan yakuniyga, ya‟ni natijaga o„tish jarayoni sifatida
qaralishi mumkin(1.1-chizma).