13
YoPILIShI
–loyihaning ma‟muriy nihoyalanishi;
–shartnomalarning yopilishi.
Loyihani boshqarishning mazmuniga oid asosiy masalalarni yoritish bilan bir
qatorda uni nima uchun boshqarish zarurligi to„g„risidagi savol oldimizda
ko„ndalang bo„lib turaveradi. Agar ushbu savol loyiha menejeriga berilsa, u oddiy
ravishda: «Loyihani o„z vaqtida, o„zining smetasi doirasida va uning o„ziga xos
talablarga mos tarzda bajarish uchun», deb javob beradi.
Ammo har doim ham va barcha loyihalar uchun ham LBning usullari va
vositalarini qo„llayverish o„zini oqlaydimi? Bu katta sarf xarajat talab etadi.
Shuning uchun ham bunday muammolarga duch kelmaslik maqsadida har bir
loyihaga alohida e‟tibor bergan holda ularni har tomonlama tahlil qilish va aynan
qaysi loyihani boshqarishga maxsus usullar va vositalarni qo„llash zarurligini
aniqlash maqsadga muvofiq bo„ladi.
Ma‟lumki, uncha katta bo„lmagan korxonalar va firmalardagi kichik loyihalar
har bir loyihani boshqarish uchun maxsus tashkilotlar va rasmiy usullarni
qo„llashni talab qilmaydi. Loyiha uchun mas‟ul bitta menejer hatto o„zining
«boshqarishning norasmiy usullari»ni qo„llagani holda ushbu ishni to„la bajara
oladi. Ammo juda yirik loyihalarni boshqarishda albatta boshqarishning rasmiy
usullari va vositalaridan foydalanish zarur.