GAT loyihalarini boshqarish funktsiyalari




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/83
Sana25.05.2024
Hajmi2,58 Mb.
#253842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uz

1.3. GAT loyihalarini boshqarish funktsiyalari 
Loyihani boshqarish nuqtai nazaridan boshqarish funktsiyasi deganda loyiha 
komandasining ushbu loyihani boshqarish bo„yicha funktsiyasi tushuniladi. 
Bazaviy funktsiyalar quyidagilar: 


18 
– loyihaning predmet sohasini boshqarish(mazmuni va mohiyati); 
–sifatni boshqarish (natijalarga talablar, standartlar); 
–vaqt resurslarini boshqarish (vaqt byudjeti); 
–qiymatni boshqarish (moliyaviy va moddiy sarf- xarajatlar byudjeti). 
Loyiha uchun quyidagilarni aniqlash zarur: 
–loyihaning predmet sohasi; 
–loyiha sifati (tashkiliy va texnik echimlar, bajarilgan ishlar, oraliq va 
yakuniy natijalar); 
– loyihaning muddati (bosqichlar va ishlar grafigini ishlab chiqish va nazorat 
qilish); 
–loyihaning qiymati (loyihaning to„la smetasi va moliyaviy byudjetini ishlab 
chiqish). 
Loyihani boshqarishning integrallashgan funktsiyalari quyidagilar: 
–loyiha personalini boshqarish (ishni tanlash, tayyorlash, tashkil etish); 
–kommunikatsiyalarni boshqarish(ishning ketishi va natijalarini monitoring
va prognoz qilish ); 
–shartnomalarni boshqarish (bajaruvchilar, materiallar va boshqa 
kontraktatsiyalar); 
–tahlikani boshqarish (loyihadagi noaniqlik darajasini pasaytirish). 
Boshqarish faoliyatining beshinchi turi–nazorat, ya‟ni o„z vaqtida 
ogohlantirish uchun chetga chiqishlarni prognoz qilishdir. 
Tibbiyotda eng asosiy muammo kasallikni davolash emas, balki uning 
oldiniolishdir. Shifokorlar kasallikdan qanchalik ko„p marta ogohlantirsalar, 
bemorlar soni shunchalik kam bo„ladi. Asosiysi –bu profilaktika!Loyihani 
boshqarishda ham shunday. «Natija»dan keyin emas, loyihaning bajarilish 
jarayonini oldindan aytib berish va chetga chiqishga yo„l qo„ymaslik o„ta muhim. 
Aynan shu haqiqiy nazoratdir. 
Loyihani 
boshqarish 
boshqaruv 
funktsiyasini 
amalga 
oshirishda 
majmuaviylikni ko„zda tutadi. Buning uchun quyidagilar nazarda tutiladi: 
– loyihani boshqarish mazmunini tashkil etuvchi funktsiyalar butun 
yig„indisini ko„rib chiqish hamda loyiha oldida turgan maqsad va vazifalarning 
ushbu yig„indiga moslik darajasini aniqlash; 


19 
– faoliyat turlari bo„yicha har bir funktsiyani amalga oshirishni ko„rib chiqish, 
agar funktsiyalar turli bajaruvchilar tomonidan bajarilsa, ularni bir-birlariga 
moslashtirish, mehnat sarfining teng sarflanishini hisobga olgan holda ishlarning 
mehnat hajmini o„rnatish; 
– bajarilish texnologiyalarini soddalashtirish va takomillashtirish maqsadida 
har bir ish turining bajarilishini ko„rib chiqish. 
Har bir funktsiyani amalga oshirish samaradorligini tahlil qilish boshqarish 
apparati xodimlari huquq va majburiyatlarining ancha haqqoniy ravishda 
aniqligiga va shu asosda menejmentning anchagina oqilona tizimini loyihalashga 
imkon beradi. 
Funktsiyalar loyihani boshqarish mazmunini va boshqaruv tizimi tarkibining 
asosini tashkil etadi. Umuman, boshqaruv apparatining soni va tarkibi ham, unga 
kiruvchi bo„linmalar tarkibi va soni ham boshqarish funktsiyalari hamda uni 
tashkil etuvchi operatsiyalar bilan aniqlanadi. 

Download 2,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 GAT loyihalarini boshqarish funktsiyalari

Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish