1.1-chizma.
Loyiha tizimining boshlang„ich holatdan yakuniy holatga o„tish
jarayoni
7
Cheklanishlar:
–moliyaviy;
–me‟yoriy-huquqiy;
–axloqiy;
–atrof-muhit;
–logistik;
–faollashtirish metodlari;
–vaqt;
–sifat darajasi;
–ikkilamchi ta‟sirlar;
–odatlar;
–bilim va tajriba;
–texnik vositalar;
–texnologiya.
«Loyihalarni boshqarish to„g„risidagi bilimlar kodeksi»da loyiha – hal qilish
usullarini o„zida jamlagan ma‟lum bir burch, maqsadga va talab qilinadigan
natijalarga ega bo„lganqandaydir vazifadir. Loyiha fikrni (muammoni), uni amalga
oshirish vositalarini hamda amalga oshirish jarayonida olinadigan natijalarni o„z
ichiga oladi (1.2-chizma).
1.2-chizma.
Loyihaning asosiy elementlari
Shunday qilib, loyiha deganda o„z maqsadlari doirasida shakllantiriladigan,
uni amalga oshirish uchun yaratiladigan yoki takomillashtiriladigan jismoniy
8
ob‟ektlar, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik va tashkiliy hujjatlar, moddiy,
moliyaviy, mehnat va boshqa resurslar, shuningdek, boshqaruv echimlari va uni
bajarish bo„yicha tadbirlar tizimi tushuniladi.
Har qandayloyihani barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli olib o„tish, ya‟ni
oqilona amalga oshirish uchun uni boshqarish talab qilinadi.
Loyihani boshqarish (inglizcha
project management
) keng ma‟noda– bu
zamonaviy ilmiy bilimlarga, ko„nikmalarga, usullar, vositalar va texnologiyalarga
asoslangan holda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishchilarga
ta‟sir ko„rsatish yo„li bilan samarali natijalar olishga yo„naltirilgan kasbiy
faoliyatdir.
«Boshqarish»(menejment) tushunchasiga quyidagi xususiyatlar kiradi:
–Alohida shaxs katta hajmdagi masalani hal qila olmaydi. Bu mutaxassislar
birlashuvini va mehnat taqsimotini talab qiladi. Bundan ko„rinadiki boshqaruv
tizimida ma‟lum bir maqsadlarni ko„zlash zarur.
–Ma‟lum maqsadga erishish uchun resurslar talab qilinadi, ularni ta‟minlash,
muvofiqlashtirish,bir-biriga moslash va foydalanish zarur.
–
Maqsadga erishishni ta‟minlash bo„yicha harakat «menejment» (boshqarish)
so„zi bilan belgilanadi. Bir tomondan, boshqarish tizimining tarkibi rejali tarzda
rivojlanishi
zarur,
ikkinchi
tomondan,
uning
ishlash
jarayonini,
kommunikatsiyalarini va tizimining ichida ham, tashqi muhitida ham qarorlar
qabul qilishni ma‟lum tartibda rasmiylashtirish zarur.
Boshqarishning yuqorida sanab o„tilgan belgilari barcha loyihalar uchun,
shuningdek, loyiha belgilariga ega bo„lgan tadbirlarga taalluqlidir.
Shunday qilib, loyihani boshqarish(LB) yoki projectmanagement(PM) –bu
ishlarning tarkibi va hajmi, qiymati, vaqti, sifati hamda loyiha qatnashchilari
talablarini qondirishga asoslangan loyihada aniqlangan natijalarga erishish uchun
zamonaviy usullar va texnikani qo„llash asosida loyihaning butun faoliyati
davomida odamlar va moddiy resurslarga rahbarlik qilish ilmi va san‟atidir.
Bugungi kundagi boshqarish mexanizmining xususiyatlari mamlakat
iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o„tish davri bilan belgilanadi. Bu esa, o„z
9
navbatida, xususiy mulkchilikka va nisbatan erkin baholashga asoslangan bozor
tizimi uchun ham, umumxalq mulkchiligiga asoslangan rejaviy-taqsimotli
iqtisodiyotda ham o„ziga xos usullar va mexanizmlardan foydalanishni talab qiladi.
Shu nuqtai nazardan e‟tirof etish joizki, bugungi kunda ishlab turgan boshqaruv
mexanizmlari o„zining shakllanish bosqichidadir hamda ob‟ektiv ravishda kutilgan
natijani bera olmaydi.
O„tish davrining rivojlanish kontseptsiyasi va hal qilinadigan vazifalar tarkibi
boshqarish mexanizmiga ikkita asosiy yondashuv to„g„risida so„z yuritishga imkon
beradi. Birinchi yondashuv iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlatni
mumkin qadar chetlab o„tish hamda boshqaruv tizimini iloji boricha tarqatishni
ko„zda tutadi. Ikkinchi yondashuv esa bozor munosabatlarini shakllantirishni
hamda birlashgan tarzda iqtisodiy jarayonlarga davlatning faol ta‟sirini ko„zda
tutadi. Bunday yondashuvlar iqtisodiy rivojlanishning har bir aniq davri talablariga
moslashuvchan bozor mexanizmlaridan tashkil topib boraveradi. Bunda, albatta,
davlatning byudjet siyosati, soliq, moliya-kredit, davlat boji, baho, pul-emissiya,
tashqi iqtisodiy siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyihani boshqarish predmetlararo fan bo„lgani uchun boshqa predmetlar bilan
umumiylikka ega. Loyihani boshqarish korxona ichida amalga oshiriladigan
o„zgarishlar bilan bog„liq bo„lganligi bois, boshqarish faoliyatining turli sohalari
o„rtasida qanday umumiylik va farqlar borligini aniqlash juda muhimdir. Bunda
boshqarishning quyidagi sohalarini alohida ajratish zarur:
–boshqarishning umumiy nazariyasi;
–ishlab chiqarishni boshqarish;
–loyihani boshqarish;
–ijtimoiy- psixologik fanlar.
Ushbu 4 guruh sohalar bir-birlari bilan kesishadi hamda LB ushbu o„zini
o„rab turgan sohalardagi elementlarni o„z ichiga oladi (1.3-chizma).
|