3-kadam.
Ma‟lumotlarni tahlil qilish.
Ma‟lumki, GATda ma‟lumotlarni tahlil qilish oddiy kartalashtirishdan to
murakkab fazoviy modellarni yaratishgacha farqlanadi. Model– bu jarayonlarni
imitatsiyalash uchun foydalaniladigan real dunyoni aks ettirish, natijalarni prognoz
qilish yoki muammoni tahlil qilishdir. GAT funktsiyalarining bittadan to
uchtagacha toifalarini bir qator fazoviy ma‟lumotlarga qo„llash fazoviy
modellashtirish deb tushuniladi. Bu quyidagi funktsiyalardir:
–geometrik modellashtirish funktsiyalari;
–masofalarni o„lchash, buferlar yaratish hamda maydonlar va parametrlarni
hisoblash;
–qiymatlarni modellashtirish funktsiyalari;
–qiymatlari bir-biriga mos keluvchi uchastkalarni qidirish uchun ma‟lumotlar
to„plamini birlashtirish;
–yaqinlikni modellashtirish funktsiyalari–hududlarga bo„lish, o„zgartirish
yo„llarini qidirish, joylashtirish.
GAT yordamida ilgari bajarish mumkin bo„lmagan yoki qo„lda uzoq
muddatlarda bajariladigan tahlilni tezda bajarish mumkin bo„ladi. Usullar va
parametrlarni o„zgartirgan holda va tahlilni qaytadan bajarib, alternativ ko„rinishni
vujudga keltirish mumkin.
40
4-qadam.
Natijalarni taqdim qilish.
GAT tahlilining natijalarini asosan kartada aks ettirish odat tusiga kirgan.
Natijalarni aks ettirishning yana ikkita usuli mavjud: tanlangan ma‟lumotlar
bo„yicha grafiklar va hisobotlar. Hisobotlar va grafiklarni alohida yaratish, boshqa
ilovalarda yaratilgan hujjatlarga qo„yish yoki ularni kartalarda joylashtirish
mumkin.
Shunday qilib, yuqorida GAT loyihalarini tuzish bosqichlarining ketma-
ketligi bilan tanishdik. Bunday tanishuv asosida endi aynan GAT loyihalarini
rejalashtirish ishlariga kirishish mumkin. Loyihani rejalashtirishni yuqoridagi
qadamlar asosida aniq misol keltirgan holda amalga oshirishga harakat qilamiz.
Misol tariqasida Toshkent shahrining oqova suvlarini tozalash uchun yangi
stantsiya qurish loyihasini keltirishni lozim topdik.
Rejalashtirish har qanday GAT loyihasining muhim qadamidir, u ma‟lumotlar
bazasini yaratish, tahlil qilish va kartalarni tuzishga mumkin qadar kam mehnat
va vaqt sarflashga yordam beradi. Loyihalash qadamlari bo„yicha loyihaning
asosiy vazifalari, tahlil qilish qirralari va tahlil qilish ishini bajarish uchun zarur
bo„ladigan ma‟lumotlar to„plami aniqlanadi. Shu bilan birga ushbu vaqtda tahlilga
yondashuvlar hamda yakuniy mahsulot turini ham tanlash mumkin. Ushbu ishlar
bajarilganidan so„ng loyihaning ma‟lumotlar bazasini shakllantirish jarayonini
boshlash, keyingi navbatda uncha katta bo„lmagan analitik GAT loyihalari ustida
ishlash mumkin. Uni bajarish jarayonida qanday qilib GAT loyihalarini
rejalashtirishni va ArcMap va ArcCatalog dasturlaridan foydalanishni bilib olish
mumkin. Yangi qurilish uchun joyni topish, tahlil qilishning ma‟lum bir turlarini
bajarishda amalga oshiriladigan qadamlar hamda foydalaniladigan vositalar
ko„pchilik GAT loyihalari uchun tipik bo„ladi. Oqova suvlarni tozalash
stantsiyasini qurish uchun yaroqli joyni tanlash loyihaning asosiy mazmuni
bo„ladi. Toshkent shahri yildan-yilga o„sib, kengayib va obodonlashib bormoqda.
Uning shunday darajada o„sishini ta‟minlash uchun oqova suvlarni tozalash yangi
stantsiyasini qurish va takroriy suv ta‟minotini yo„lga qo„yish zarur. Shahar
kengashi kutilayotgan suv iste‟molini qondirish uchun suv resurslarini muhofaza
qilish va takroriy suv ta‟minotidan foydalanishni rejalashtirgan.
Ushbu GAT tahlilining asosiy maqsadi – oqova suvlarini tozalash stantsiyasi
uchun to„g„ri keladigan joyni aniqlashdir. Shahar kengashi bunday masalani hal
qilish uchun hech qachon GATdan foydalangan emas. Bugungi kunda mavjud
41
bo„lgan stantsiyaning joyi ko„p yillar oldin qog„ozdagi karta yordamida uning
ustiga shaffof sxemalarni qo„ygan holda va shahar kengashining shaharning bosh
muhandisi bilan maslahatlashuvi asosida aniqlangan. Bu jarayon zaruriy natijani
bergan, ammo ko„p vaqtni egallagan hamda qaror qabul qilishga keng
jamoatchilikni jalb qilishga imkon bermagan. Bugungi kunga kelib shaharda
qurilishlar ko„payganligi va atrof-muhitni hamda kishilar salomatligini muhofaza
qilish talablari kuchaytirilganligi sababli masala ancha murakkablashdi. Shahar
kengashi jarayonni tezlashtirish va barcha talablarningto„la bajarilishiga
ishonchlilikni oshirish uchun GATdan foydalanishga qaror qildi. Kengash yaxshi
tushunadi–oqova suvlarni tozalash stantsiyasini joylashtirish keng muhokama
qilinadigan masala, u barcha yaroqli bo„lgan er uchastkalarini,keyinchalik esa
ancha qat‟iy mezonlar asosida eng yaroqli bo„lgan uchastkalarni aniqlashni
xohlaydi. Barcha mumkin bo„lgan er uchastkalarini muhokama qilishga
jamoatchilik jalb qilinadi. Shuning uchun qaysi er uchastkalari ushbu masalalar
uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini yorqin aks ettiruvchi karta tayyorlanishi
zarur. Kengash yaroqlilik mezonlarining ro„yxatini tavsiya qiladi. Ushbu mezonlar
quyidagilar bo„lishi mumkin:
–suv oqimi harakati qiyin bo„lmasligi uchun u dengiz satxidan 400 mdan
yuqori bo„lmasligi kerak;
–suvlar chiqib ketishi normal bo„lishi uchun suv mintaqasidan tashqarida
bo„lishi zarur;
–suv oqimining quvurdan oqib ketish qiymatini mumkin qadar kamaytirish
uchun u daryodan 1000 m dan uzoqda bo„lmasligi kerak;
–shahar aholisi uchun noqulaylikni kamaytirish uchun u yashash joylari va
istirohat bog„laridan kamida 150 m uzoqlikda bo„lishi zarur;
–er va qurilishlarni sotib olish qiymatini kamaytirish uchun u qurilishlar ruxsat
beriladigan bo„sh erda bo„lishi zarur.
Bulardan tashqari, keyingi muddatlardagi qiymatlarni kamaytirish uchun er
uchastkasining o„rni quyidagilarga javob berishi kerak:
–oqova suvlarini tashlash tarmoqlaridan 1000mgacha uzoqlikda (eng kami 500
m gacha );
–mavjud yo„l tarmoqlaridan 50 m gacha masofada.
42
Stantsiyani joylashtirish uchun kamida 200000m
2
er maydoni talab qilinadi.
Mavjud kartalarni oldindan o„rganish va qarab chiqish shuni ko„rsatadiki, bunday
joyni shaharning janubidan topish mumkin, u joy daryoga yaqin, pastlikda
joylashgan. Aynan shu loyihaning ishchi hududi bo„ladi. GAT tahlili to„g„ri
keladigan uchastkani qidirish uchun barcha mezonlarni birlashtirishga imkon
beradi.
Keyingi, ya‟ni navbatdagi qadam–bu 2–qadam, ya‟ni loyihaning ma‟lumotlar
bazasini yaratish qadami bo„ladi.
Yuqoridagi loyiha uchun ma‟lumotlar bazasini yaratish ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda mavjud ma‟lumotlarni to„plash va ularni qarab chiqish, keyingi
navbatda esa ma‟lumotlarni tahlilga tayyorlash zarur. Ba‟zi ma‟lumotlardan
foydalanish mumkin,boshqalari esa qo„shimcha qayta ishlashni talab qiladi.
Ma‟lumotlarni topish, ularni tahlil qilish jarayonlari o„ta muhimdir, negaki aynan
shular masalani ijobiy hal qilishda asosiy o„rinni egallaydi.
Shahar boshqaruvining bir necha departamentlarida yoki idoralarida GAT
ma‟lumotlari mavjud bo„lishi mumkin va ulardan GAT loyihalarida foydalanish
imkoniyati mavjud. Ushbu ma‟lumotlardan ba‟zi birlari bugungi kunda shahar
boshqarmasining ma‟lumotlar bazasida saqlanayotgan bo„lishi mumkin. Bulardan
tashqari, zaruriy ma‟lumotlarni belgilangan tartibda olish uchun shahar
boshqarmasiningqator mintaqaviy va respublika idoralari bilan kelishuvi ham
bo„lishi mumkin. Zaruriy axborotlarning ma‟lumotlar bazasi mavjud ekan,
loyihalash va loyihaning ma‟lumotlar bazasi uchun ma‟lumotlarni kiritish
endiunchalik ko„p vaqtni olmaydi. Shunga qaramasdan, loyihaning ma‟lumotlar
bazasini loyihalash bo„yicha bir qator qo„shimcha ishlarni o„tkazish zarur bo„ladi.
Ma‟lumotlar to„plash va har bir mezon uchun mavjud atributlarni aniqlash zarur.
Keyin mavjud ma‟lumotlar ko„rib chiqiladi va qatlamlar tanlanadi. Kengashning
har bir mezonni tahlil qilish uchun ma‟lumotlar qatlami talab qilinadi.
Shuningdek, ma‟lumotlar bazasida loyihalanadigan parkning skanerlangan tasviri
ham mavjud. Undan parkning chegaralarini raqamlashda foydalanish mumkin. Shu
bilan birga yakuniy kartaga balandliklar otmetkalarini ham qo„shish mumkin.
«Ma‟lumotlar bazasini tuzish» bo„limida ma‟lumotlarni to„plash va ularni tashkil
etish zarur, chunki keyinchalik loyihalar papkasidan ularga to„g„ridan-to„g„ri
43
imkon bo„lishi kerak. Keyin ma‟lumotlarni yana bir marta ko„rib chiqish va qaysi
kartalarni qo„shimcha qayta ishlash talab qilinishini aniqlash mumkin.
|