2.1-chizma.
Loyihani tuzishga tashabbus ko„rsatish jarayoni
Umuman olganda, loyihaningtashabbuskorlari quyidagilar bo„lishi mumkin:
muallif, buyurtmachi (yuridik va jismoniy shaxslar, davlat organlari, jamoat
tashkilotlari), rahbar, ijrochi. Bundan ko„rinadiki, loyihaningtashabbuskorlari
turlicha bo„lishi mumkin, ammo qanday bo„lgan taqdirda ham bunday
loyihalarning asosiy mohiyati iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, oqilona
boshqarish yoki korxonalar faoliyatini mukammal yo„naltirgan bo„lishi zarur.
Xususan, kompaniya yoki korxona rahbari o„zining korxonasidagi faoliyatni
takomillashtirish bo„yicha ishlab chiqiladigan loyihalarning tashabbuskori bo„ladi,
davlat organlari esa ma‟muriy tuman yoki viloyatdagi tarmoqlar, korxona,
muassasalar faoliyatlarini oqilona boshqarish bo„yicha ishlab chiqiladigan
loyihalarning tashabbuskorlari bo„ladilar va hokazo.
Shuni ham alohida e‟tirof etish zarurki, inson faoliyatining barcha jabhalari
tashabbusga bog„liq bo„lishi mumkin.
O„zbekiston Respublikasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha
o„zgarishlarning bosh sohalari loyihalar tashabbusining ob‟ekti bo„lishi mumkin.
Xususan, bu:
–mulkchilik munosabatlari;
–bozor munosabatlari;
–rang-barang tashkiliy shakllar;
–boshqarish vositalari va usullari.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda e‟tirof etish zarurki, keyingi yillarda iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish, xususan, kartografiya va analitik-tahlil sohalariga kirib
kelgan GAT texnologiyalari asosidagi turli-tuman loyihalarni initsiatsiya qilish,
Маҳсулот, хизматлар,
корхоналарнинг ўзаро
боғлиқ тадбирлари
ахсулот
46
ularni ishlab chiqish va amalga oshirish katta samara berishi shak-shubhasizdir.
Bunday loyihalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
–hududiy-ma‟muriy boshqaruv;
–aholi punktlarini rejalashtirish va ob‟ektlarni loyihalash;
–er, shaharsozlik, bino va inshootlar, lik kommunikatsiyalari va boshqa
kadastrlarni yuritish;
–texnogen-ekologik xarakterdagi favqulodda holatlarni boshqarish;
–transport oqimlari va shahar transport yo„nalishlarini boshqarish;
–ekologik monitoring tarmoqlarini tuzish;
–shaharni lik-geologik rayonlashtirish, telekommunikatsiyalar;
– telekommunikatsiya tarmoqlarini strategik jihatdan rejalashtirish;
–er osti kabel tarmoqlarini o„tkazish yo„nalishini aniqlash;
–tarmoqlar holatini monitoring qilish;
–lik tarmoqlarini loyihalash;
–transport infratuzilmalari va ularning rivojlanishini boshqarish;
–harakatni boshqarish, yo„nalishlarni maqbullashtirish va yuk oqimlarini tahlil
qilish;
–geologik qidiruv ishlari;
–magistral quvur tarmoqlarini loyihalash;
–tabiiy atrof-muhit holatini baholash va monitoringi;
–o„rmon xo„jaligida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish;
–qishlok xo„jalik mahsulotlarini va mineral o„g„itlarni tashishni
maqbullashtirish va hokazolar.
Albatta, loyihani ishlab chiqish uchun tashabbus o„z-o„zidan bo„lmaydi. Uni
yaratish va hayotga tatbiq qilish uchunma‟lum bir sabablar etilishi zarur. Odatda,
loyihaning paydo bo„lishiga quyidagi sabablar turtki bo„lishi mumkin:
–qondirilmagan talab;
–resurslarninghaddan tashqari ortiqchaligi;
–tadbirkorlar tashabbusi;
–investorlar manfaatlari;
47
–raqobatchilik shart-sharoitlari;
–ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy holatlarning o„zgarishi va hokazolar.
Aynan yuqoridagi sabablardan bittasining yuzaga kelishi loyihani yaratish
tashabbusiga turtki bo„lishi mumkin.
Shuni e‟tirof etish zarurki, ma‟lum bir loyihaning maqsadiga to„la mos
keluvchi g„oya, fikr paydo bo„lishi bilanoq uni darhol oldindan ekspertizadan
o„tkazish va to„g„ri kelmagan holatlarda keyingi harakatlardan olib tashlash zarur.
Albatta, amaliyotda holatni «loyiha bilan» yoki «loyihasiz» tahlilqilishhamda u
yoki bu holatdagi natijalarni, foyda yoki zararlarni taqqoslash zarurligi to„g„risida
fikrlar mavjud. Bunday yondashuv oldingi an‟anaviy «loyihagacha» va «loyihadan
so„ng»gi holatlarni taqqoslash asosidagi yondashuvlardan farq qilgani holda yaxshi
samara beradi, negaki oldingi, an‟anaviy yondashuvda ko„pincha loyihaning
hisobiga kiruvchi foyda va xarajatlarni hisob-kitob qilishda xatoliklarga yo„l
qo„yilgan.
Har qanday loyihani, GAT loyihalari ham bundan mustasno emas, amalga
oshirish bo„yichaqaror qabul qilishdan oldin birinchi galda barcha holatlarni
o„rganish va har tomonlama tahlilqilish zarur. Bundaylarga quyidagilarni kiritish
mumkin.
–texnik;
–moliyaviy;
–tadbirkorlik;
–ekologik;
–tashkiliy;
–ijtimoiy;
–iqtisodiy.
Loyihani ishlab chiqish uchun tashabbus ko„rsatishdan oldin albatta
buyurtmachiningloyihaqaysi jihatlari bilan u yoki bu tomondan talab va istaklariga
to„la javob berishini aniqlab olish, agar bitta variantdagi
loyihaning ko„rsatkichlari boshqa variantdagi ko„rsatkichlardan past bo„lsa-yu,
boshqa ko„rsatkichlar esa ikkinchi variantda birinchiga nisbatan past bo„lsa,qay
48
birini tanlash bo„yichaqaror qabul qilish juda muhimdir. Bunday holatlarda barcha
mavjud tajriba va bilimlarni bir joyga to„plagan hamda ishlab chiqarish-iqtisodiy
tizimni ko„rib chiqishga tizimli yondashgan holda ma‟lum bir darajada aqliy fikr
bilan qaror qabul qilish zarur bo„ladi. Odatda, bunday holatlar loyihalar ishlab
chiqish va ayniqsa,ularni tanlash paytida juda ko„p uchraydi.
Loyihani tahlil qilishga ko„p qirrali yondashuv oldindan ogohlantirmasdan
turib ushbu holat uchun anchagina maqbul keladigan loyiha variantini tanlash
imkonini beradi. Aynan ushbu loyihalar amaliyotda ancha sekinlik bilan amalga
osha boshlaydi, asta-sekinlik bilan «kuch» oladi, amalga oshish harakati past
bo„ladi, ammo shu bilan birga ular juda katta miqdorlarda uzoq muddatli foyda
keltiradi.
Har qandayloyihadagi bir xildagi resurslar va bir xildagi mahsulot uchun
xarajatlar va natijalar tengbo„ladi.
Loyihalarni ishlab chiqishga tashabbus ko„rsatish asosida ularni yaratish bilan
bir qatorda shu narsani esda saqlash zarurki, har qandayloyihani hamma
vaqthamma joyda qo„llab bo„lmaydi. Shu nuqtai nazardan loyihalarning mos
kelishlik mezonlarini bilish kerak. Shuni e‟tiborga olgan holdaloyiha g„oyalari
mosligining quyidagi mezonlarini alohida e‟tirof etish muhim:
–texnik va texnologik jihatlardan amalga oshirilishi mumkinligi;
–uzoq muddatli hayotiyligi;
–iqtisodiy samaradorligi;
–ekologik jihatdan himoyalanganligi;
–bajarilish muddatlarining haqqoniyligi;
–loyihaning tashkiliy-huquqiy ta‟minlanganligi;
–loyihadan foydalanuvchilar uchun uning ijtimoiy jihatdan mos kelishi;
–siyosiy barqarorlik kafolati.
Loyihalarni ishlab chiqish va amalda qo„llash bo„yicha tajribalar shuni
ko„rsatadiki, loyihani ishlab chiqishning loyihaoldi bosqichi o„ta muhimdir, negaki
bu bosqich investitsiyalash jarayoni boshlangunga qadar bo„lishi mumkin
49
bo„ladigan noaniqliklarning oldini oladi va natijada loyihabo„yichaxarajatlarni
hamda uni amalga oshirish bo„yicha kutiladigan tahlikalarni kamaytiradi.
Tadqiqotlarning asosiy vazifasi loyihadan voz kechishga olib keladigan
ushbu loyihaning foydali emasligi to„g„risidagi xulosalarni asoslashdan iborat.
Ammo loyihalarni ishlab chiqish bo„yicha bizning amaliyotda moliyalashga
qadar tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlarni bekordan - bekor yo„qotmaslik
uchun loyiha parametrlarini to„g„rilashning ijobiy variantlari mavjud.
Loyihadan voz kechishning asosiy mezonlari quyidagilar bo„lishi
mumkin:
–Loyiha xarajatlarining qoplanish muddati, ya‟ni loyihani amalga oshirish
natijasida undan kelib tushadigan sof daromadlar loyihaga boshlang„ich tarzda
qo„yilgan investitsiya hajmidan oshib ketgan davr. Ushbu ko„rsatkich asosida
loyihaga qo„yilgan xarajatlarning qaytarilish tezligi to„g„risida xulosa qilinadi:
xarajatlarning qoplanish davri qanchalik kam bo„lsa, loyiha shunchalik
jozibador bo„ladi.
–Loyihani moliyalashga qadar va moliyalangandan so„nggi diskontirlangan pul
oqimlarining summasi. Agar sof joriy qiymat umumiy xarajatlardan ko„p bo„lsa,
loyiha qabul qilinadi, kam bo„lsa, loyiha rad qilinadi, chunki loyihadan kelib
tushadigan foydaning miqdori qo„yilgan kapitalni tiklash uchun etarli
bo„lmaydi va ushbu kapitalning eng kam talab qilinadigan daromadlik
darajasini ta‟minlay olmaydi.
Loyihaoldi bosqichida buyurtmachi (investor) o„zining asosiy maqsadlaridan
kelib chiqqani va mavjud holatni tahlil qilgani holda xususiy mulohazalari
asosida deklaratsiya tayyorlaydi. Ushbu hujjatda asosan investorning asosiy
mulohazalari beriladi. Uni tayyorlash jarayonida quyidagilar tahlil qilinadi:
–yakuniy natijalarga talab;
–mavjud resurslar miqdori;
–loyihaning atrof - muhitga ko„rsatishi mumkin bo„ladigan ta‟siri;
–umumiy investitsiya iqlimi;
–sifat darajasi va uning qiymati va hokazolar.
50
Odatda, fikrlarni shakllantirish darajasida bo„lg„usi xarajatlarning aniq
miqdoriy bahosiga zaruriyat bo„lmaydi. Ushbu hujjatni tayyorlashda ko„pincha
loyihani boshqarish sohasining maslahatchilari, shuningdek, maxsus masalalar
bo„yicha ekspertlar ishtirok etishadi.
Deklaratsiyalar, ayniqsa, qurilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish
chog„ida zarurdir. Bunday holatda u quyidagi ma‟lumotlarni o„z ichiga oladi:
–investor va uning manzili;
–ob‟ektning joylashgan o„rni;
–ob‟ektning tavsifi;
–ko„zdatutiladigan faoliyatning zarurligini asoslash;
–qurilishda va qurilgan ob‟ektlarni ekspluatatsiya qilishda resurslarga
bo„lgan talab;
–asosiy inshootlar ro„yxati va ularning qurilish tavsiflari;
–transport ta‟minoti;
–atrof - muhitga ta‟sir;
–moliyalash manbalari;
–belgilangan qurilish muddatlari.
Ushbu deklaratsiyalar er uchastkasini tanlash, ajratib berish huquqiga ega
bo„lgan mahalliy davlat boshqaruvorganiga yuboriladi. Deklaratsiya bo„yicha
ijobiy qaror va ob‟ektni qurish uchun maydon yoki trassani joylashtirish
to„g„risida bir qancha variantlardagi takliflarni olganidan so„ng buyurtmachi
(investor) uni texnik-iqtisodiy asoslash bo„limini ishlab chiqish to„g„risida qaror
qabul qiladi.
Quyida
biz
sanoat
korxonasini
qurish
bo„yicha
mulohazalar
deklaratsiyasining mazmunini keltiramiz:
1.
Investor (buyurtmachi)ning manzili.
2.
Qurilishi ko„zda tutilgan sanoat korxonasining joylashgan o„rni (tuman,
shahar, aholi punkti).
3.
Korxonaning nomi, uning texnik va texnologik ma‟lumotlari.
51
4.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish (xizmat ko„rsatish) hajmi – yalpi
qiymati va asosiy turlari bo„yicha, natural birliklarda.
5.
Ob‟ektni qurish va ishga tushirish muddatlari.
6.
Ko„zda tutilgan faoliyatning ijtimoiy–iqtisodiy zaruriyatini asoslash.
7.
Ishchi va xizmatchilarning nisbatan soni, ishchi kuchiga bo„lgan talabni
qondirish manbalari.
8.
Korxonaning xom ashyo va materiallarga bo„lgan talabi (tegishli
birliklarda).
9.
Korxonaning suv resurslariga bo„lgan talabi (hajmi, miqdori, suv
ta‟minoti manbalari).
10.
Korxonaning energiya resurslariga talabi (elektr energiyasi, issiqlik, bug„,
yonilg„i), ta‟minot manbalari.
11.
Transport ta‟minoti.
12.
Ishchilar va ularning oilalarining uy - joy kommunal va ijtimoiy -maishiy
ob‟ektlar bilan ta‟minlanishi.
13.
Korxonaning er resurslariga talabi.
14.
Suvni tashqariga chiqarib tashlash. Tozalash usullari, oqova suvlarning
sifati, suvni chiqarib tashlash sharoitlari, mavjud tozalash inshootlaridan
foydalanish va yangi inshootlarni qurish.
15.
Korxona, inshootning atrof-muhitga kutiladigan ta‟siri.
16.
Tabiiy muhit komponentlariga ta‟sir turlari (buzilishlar tiplari,
ifloslantiruvchilar nomlari va miqdorlari).
17.
Halokat holatlarining mumkinligi (masshtabi, ta‟sir etish davomiyligi).
18.
Ishlab chiqarish qoldiqlari (turlari, hajmlari, zararliligi), utillashtirish
usullari.
19.
Ko„zda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish manbalari, ta‟sischilar,
moliyaviy institutlar, hukumat, tadbirkorlik banklari, xom ashyo etkazib
beruvchilar kreditlari.
20.
Tayyor mahsulotdan foydalanish (taqsimlash).
52
Shunday qilib, loyihani tuzish va uni amalga oshirish jarayonida uni
yaratishga tashabbus ko„rsatish eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
|