|
Ma‟lumotlarni tahlilga tayyorlashBog'liq LOYIHA ISHINI BAJARISH babajanov a uzMa‟lumotlarni tahlilga tayyorlash
. To„plangan va qayta ishlangan
ma‟lumotlarni ko„rib chiqish asosida qanday ma‟lumotlar foydalanishga tayyor,
qaysi birlarini qo„shimcha qayta ishlash talab qilinishi aniqlanadi. Ma‟lumotlarni
tahlilga tayyorlashning bir necha bosqichlari quyida keltiriladi:
–sifatni tekshirish (ma‟lumotlarning aniqligi va dolzarbligi);
–ma‟lumotlar formatini o„zgartirish;
–ma‟lumotlarni kiritish: raqamlash, skanerlash, o„zgartirish, geografik
jihatdan bog„lash;
–koordinata sistemasini aniqlash;
–qatlamlarni koordinatalarning yangi sistemasiga loyihalash;
–qo„shni qatlamlarni bir-birlariga birlashtirish.
Yuqorida qayd qilingan operatsiyalarning bir nechtasini shunday bajarish
mumkin. Masalan, tarixiy yodgorlik atrofida rejalashtiriladigan parkning
chegarasini raqamlash zarur. Shaharning geografik ma‟lumotlar bazasidagi
skanerlangan kartaning chegaralari ro„yxatga olinadi va uchastkaning qatlamlari
podlojka (tagiga qo„yish) sifatida foydalangan holda raqamlanadi. Yangi ob‟ekt–
park esa park ob‟ektlarining mavjud sinflariga, shaharning geografik ma‟lumotlar
bazasiga qo„shiladi. Shu bilan birga keyinchalik tahlilni bajarish oddiy bo„lishi
uchun uchastkalarning ikkita varag„ini yagona qilib birlashtirish talab qilinadi.
Mavjud ma‟lumotlar ko„rib chiqilganidan so„ng qanday qatlamlarga oldindan
qayta ishlov berish talab qilinishini aniqlash mumkin. Loyiha uchun zarur
bo„ladigan ma‟lumotlarning katta qismi qatlamlarda, sheyp-fayllarda, geografik
ma‟lumotlar bazasida yoki rasmli formatlarda, ya‟niArcGiS foydalanishi mumkin
bo„ladigan formatlarda bo„ladi. Ammo qator holatlarda ma‟lumotlarni bir
formatdan boshqasiga o„tkazish zarur bo„ladi (masalan, geoaxborotlarning mavjud
bazasidasaqlash uchun vektor formatdan rastr formatga, sheyp - fayllardan
ob‟ektlar sinfiga). Agar har bir qatlamning koordinatalash sistemasi ma‟lum bo„lsa,
ArcGiS turli koordinatalar sistemasidagi qatlamlarni bir-birlarining ustiga
qo„yishga va yoritishga imkon beradi. Notanish manbalardan olingan ma‟lumotlar
uchun, ayniqsa, buni tekshirib ko„rish zarur.
|
| |